Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARINI O’QITISH METODIKASI
Baxronova Sarvinoz Akbar qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Milliy qadriyatlarimizni, xalqimizning tuganmas merosi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan xalq og‘zaki ijodi orqali kelajakka intilish, orzu- havas, mehnatga chanqoqlik, kabi yuksak hislar paydo qilish hamda topqirlik va hozirjavoblik xislatlarini rivojlantirish. Ushbu tezis orqali bu jarayonning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “xalq og‘zaki ijodi” bo‘limiga oid mavzularni o‘rgatish mazmuni, metodlari va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. Kalit so‘zlar: farzand tarbiyasi, xulq-atvor, xalq og’zaki ijodi, tarbiya, kelajak avlod. Asosiy qism: Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida xalq og‘zaki ijodining ta`limiy–tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatib berish o‘qish darslarini takomillashtirishning yo‘llarini izlab topish, o‘quvchilar uchun xalq og‘zaki ijodining mazmunini tushuntirishni ta’minlaydigan ko‘rgazmalar, didaktik vositalarni ishlab chiqish va amaliy qo’llash. Boshlang’ich sinflarida о’qish fanini o’qitishning asosiy maqsadi: Milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o’qitish orqali о’quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, kо’nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish; o’quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni о’rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali о’quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat. 712 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. O’qish darslari oldiga qo’yilgan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o’rgatish, kitobga muhabbat uyg’otish, ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish. “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bо’yicha komissiya tuzish tо’g’risida”gi farmoyishi ijrosi, Farmoyishda tavsiya etilgan yil tanlovlari: - “Yilning eng yaxshi kitobi”, - “Eng yaxshi kitobxon oila”, - “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, - “Yilning eng yaxshi audio kitobi”, -“Yilning eng yaxshi elektron kitobi. Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’rganishdagi ijtimoiy omillar: -o’zining kasbiy hamda badiiy-ma’naviy barkamolligini oshirish uchun kitobni tanlay olish va о’zi uchun zarurini о’qish; -о’qigan kitobning asosiy mazmunini talqin qila bilish, uning fusunkor olamiga kira bilish; о’qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish; -kitobning kerakli, zarur joylarini yon daftarchaga kо’chirib olish, notanish bо’lgan sо’zlarni esda saqlab qolishga intilish; muntazam ravishda о’qish kо’nikmasiga ega bо’lish; -kitob bilan muomalada eng qadrdon dо’stingga munosabatda bо’lganday e’tibor bilan qarash: -kitobni yaroqsiz holiga keltirmaslik uchun undan tо’g’ri foydalana bilish; kitobni shoshilmasdan, о’ylab, diqqat-eʼtibor bilan о’qish malakasiga ega bо’lish, kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilishni о’rganish; -о’qigan kitobni dо’stlari bilan о’rtoqlashish, yaxshi kitobni ularga tavsiya qilib, uni boshqalar ham о’qib chiqishiga erishishdir. 713 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilarining amaliy ko’nikmalari: “Boshlang‘ich ta`lim konsepsiyasi“da e`tirof etilganidek, yeti yoshga to‘lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lganda, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta`lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o‘qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan yetti yoshli bolalarni o‘qitishga tayyor bo‘lganda ularni maktabga qabul qilish mumkin. Boshlang‘ich ta`lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatadi. Shu asosga ko‘ra boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning umumaxloqiy ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Xulosa. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, o‘z ona tilini, o‘z ona yurti tarixini mukammal bilgan shaxslar kelajagimiz poydevoridir. Zero, ona tilining buyuk ahamiyati, shundaki, u ma`naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek o‘z tilini, tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘quvchilar ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida til boyliklarini mukammal o‘zlashtirib borishlari, o‘z fikrlarini ona tilimizda ravon ifodalashga o‘rganishlari lozim. Bu fazilatlar o‘qish darslari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, birga olib borishgina o‘z samarasini ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Mirziyoyev Sh. Erki
Доказательный фрагмент
«Milliy qadriyatlarimizni, xalqimizning tuganmas merosi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan xalq og‘zaki ijodi orqali kelajakka intilish, orzu- havas, mehnatga chanqoqlik, kabi yuksak hislar paydo qilish hamda topqirlik v…»
Образец извлечения
Демо-превьюMilliy qadriyatlarimizni, xalqimizning tuganmas merosi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan xalq og‘zaki ijodi orqali kelajakka intilish, orzu- havas, mehnatga chanqoqlik, kabi yuksak hislar paydo qilish hamda topqirlik v… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, xalq og’zaki ijodi, xulq-atvor, kelajak avlod., Kalit so‘zlar: farzand tarbiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026