Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RANGLARNING SEMANTIKASI
RANGLARNING SEMANTIKASI · Sayfulloyeva Gulobod Faxriddinovna · Kamolov Ixtiyor Nigmatullayevich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada lingvomadaniyatshunoslikda har bir rangning o'ziga xos semantik ma'noga ega ekanligi, turli madaniyatlar, tillar va kontekstlarda o'zgarishi mumkinligi, ranglarning madaniyatshunoslik, psixologiya va adabiyotdagi o’rni juda muhimligi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: semantika, lingvomadaniyatshunoslik, lingvistika, ranglar tasnifi, madaniyat, badiiy matn. Ranglarning semantikasi – bu ranglarning tilda va madaniyatda qanday ma'no ifodalashini o'rganadigan muhim soha. Ranglar orqali biz ijtimoiy va madaniy qarashlarni, ruhiy holatlarni va tabiatni anglatishimiz mumkin. Ranglarning semantikasi nafaqat lingvistik, balki madaniy va psixologik kontekstda ham o'rganilishi lozim. Ranglarning semantikasini o‘rganish adabiyotshunoslikda, madaniyatshunoslik va psixologiya kabi ijtimoiy sohalarda muhim ahamiyatga ega. Ranglar nafaqat obyektlarning tashqi ko‘rinishini ifodalabgina qolmay, balki ularning ramziy va madaniy ma’nolarini ham o‘zida aks ettiradi. Semantika - bu tilshunoslikning so‘zlar, iboralar, gaplar va matnlarning ma’nolarini o‘rganadigan bo‘limidir. Boshqacha qilib aytganda, so‘z va iboralarning nimani anglatishini, qanday ma’no yuklashini tadqiq qiladi. Lingvomadaniyatshunoslikda ranglar nafaqat tabiiy hodisa, balki insonning ruhiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta ahamiyatga ega. Har bir rang o'ziga xos semantik ma'noga ega bo'lib, turli madaniyatlar, tillar va kontekstlarda 756 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. o'zgarishi mumkin. Ranglarning tilda qanday ifodalanganini va ular qanday semantik ma'nolarni anglatishini tushunish juda muhim. Ranglarning semantikasi ko'pincha madaniyatlar va tarixga bog'liq. Mutaxassislar asosiy rang sifatida quyidagi 7 ta ranglarni e’tirof etishadi Qizil rang – ko'plab madaniyatlarda ehtiros va sevgi bilan bog'lanadi, ammo ayrim hududlarda bu rang xavf va ogohlantirishni anglatishi mumkin. Qizil rang - gʻalaba, xursandchilik, shodlik, tiriklik, olov va qon ramzi. U iliqlikni his qilishga chorlaydi, kayfiyatni koʻtaradi, tiriklik ramzi ham sanaladi. Yashil rang – tabiat, yangilanish va salomatlikni anglatadi, "yashil yo'l" – muvaffaqiyat yoki ruxsatni bildiradi. Yashil rang – tabiatni, tabiatning uygʻonishi, bahor, ishonch ramzi. Koʻpgina xalqlarda navqironlik, umid va shodimonlik timsoli hisoblanadi. Yashil rang deyishimiz bilan xayolan bahorni eslaymiz. Yashillik yozga ham xos. Ammo bahor va yashillikni bir butun sifatida tasavvur qilish ongimizga singishib ketgan. Bu tabiatning yashil rangga kirishi, tabiatning yangilanishini bildiradi. Demak, yashil rang – yasharish rangi. Ko’k rang – stressni kamaytiradi va tinchlantiradi. Tiriklik, mangu osmon, obi hayot, tinchlik, yomon koʻzdan asrash ramzi. Timsollar tilida bu yaxshilik, donishmandlik, halollik, shon-u shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur bayrogʻining rangi ham moviy rangda boʻlgan. Shuningdek, ushbu rangni yoqtiradiganlar tabiatan samimiy, tez kirishuvchan insonlar hisoblanishadi Sariq rang – quyosh, hayot, muqaddaslik ramziy maʼnosiga ega. Qadimgi xitoyliklarda baxt, Yevropada, aksincha, nafratlanish ramziy maʼnosiga ega. Shuningdek, ayriliq ramzi hamdir. Oq rang – pokizalik, tozalik, yorugʻlik, baxt, begʻuborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki goʻzallikka intilishni anglatgan. Azaldan kishilarimiz yangi uyga koʻchib oʻtishdan oldin uy ustunlariga va shiftiga un sepishgan. Samarqand va Buxoro viloyati toʻylaridagi rasm-rusumga koʻra, kelinning qoʻlini unga botirishadi. Bu ham momolar aqidasiga koʻra yangi kelinning kelgusi hayoti shu undek oq, sof, barakali, toza boʻlsin degan maʼnoda 757 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. oʻtkaziladi. Jang maydonida oq bayroqning ko‘tarilishi – mag‘lubiyatini tan olish ma’nosini bildiradi. Xalqimizda hammamizga tanish “oqsoqol” degan ibora bor bo‘lib, ko‘p bilim va tajribaga ega, donishmand, ulug‘ yoshdagi insonlarga nisbat berib qo‘llaniladi. Yana xalqimizda “Ko‘ngli oqning – dili pok” kabi rang bilan bog‘liq maqollar borki, ularda oq so‘zi yaxshi ma’noda ishlatiladi. Kulrang xosiyatlari. Kulrang – sovuqni his qilishga chorlashi, asabni davolashi, qon bosimini tushirishni taʼkidlaydilar. Qora rang xosiyatlari. Qora rang – motam, cheksizlik, qoʻrquv, oʻlim, noaniqlik ramzi. Qora rang koʻp oʻrinlarda yovuzlik, zulmat rangi deya hisoblansa-da, mumtoz adabiyotda yorning goʻzalligi, qahrining qattiqligi ham shu rang bilan ifodalanadi. Tasviriy san’at, kino, teatrda yovuz qahramonlar obrazini qora libos orqali ochib berish an’anasi mavjud. Masalan: xalqimizda ”ichi qora odam” iborasi mavjud bo‘lib, yomon niyatli, yaxshilikni kutib bo‘lmaydigan, salbiy xislatlarni o‘zida jamlagan kishiga aytiladi. Shunday qilib, ranglarning ma'nosi odamlar va jamiyatlar o'rtasidagi madaniy munosabatlarga bog'liq. Ranglarning semantikasi, ya'ni ranglarning ma'no va tasavvurlarni ifodalashdagi roli, lingvistik, madaniy, psixologik va ijtimoiy jihatdan juda keng va murakkab mavzu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada lingvomadaniyatshunoslikda har bir rangning o'ziga xos semantik ma'noga ega ekanligi, turli madaniyatlar, tillar va kontekstlarda o'zgarishi mumkinligi, ranglarning madaniyatshunoslik, psixologiya va ad…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada lingvomadaniyatshunoslikda har bir rangning o'ziga xos semantik ma'noga ega ekanligi, turli madaniyatlar, tillar va kontekstlarda o'zgarishi mumkinligi, ranglarning madaniyatshunoslik, psixologiya va ad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy matn., lingvomadaniyatshunoslik, lingvistika, ranglar tasnifi, Kalit so’zlar: semantika, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026