К содержанию
РецензированоUZ2025

BYUDJET DAROMADLARINI TA’MINLASHDA HUDUDLARNING SOLIQ VA UNING MADANIYATINI OSHIRISH

Ikromova Dildora Akmalovna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri soliq siyosatini erkinlashtirishdir. Davlatimiz rahbarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruzalarining barchasida soliq salohiyatini oshirish asosida davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta’minlash masalalari muhim vazifalardan biri sifatida belgilab kelinayotganligi buning yaqqol dalilidir. Kalit so‘zlar: Soliq siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy byudjet, davlat byudjeti, byudjet daromadlari, bojxona, yig‘imlar. Asosiy qism: Davlat byudjetining, ayniqsa mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda hududlarning salohiyatini oshirish muhim ahamiyatga egadir. Umuman olganda, hududda ayniqsa soliq qonunchiligining amal qilishi sharoitida tahlil etilayotgan davrdagi soliq, boj to‘lovlarining ehtimol qilinadigan maksimal summasi, shuningdek soliq va bojxona organlarining nazorat ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq to‘lovlari summalari, ya’ni bu haqiqiy yig‘ilgan soliqlar miqdori bilan byudjet daromadlarini to‘plashning qobiliyati o‘rtasidagi farq hisoblanadi. 769 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Iqtisodda soliq bazalari orqali aniqlanadigan resurslar bilan ta’minlanganligi bilan xarakterlanadi hamda mahalliy byudjetlar daromad qismi bazasining shakllanishiga ta’sir qilib boradi. Hududlarda soliq bazasini baholashda hududning hududiy mulki daromadliligi va byudjet samaradorligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma sifati hamda hudud tarmoqlarining texnologik yangilashdagi ehtiyoji, transport ta’minoti kabilarni hisobga olish lozim. Shuningdek, soliqqa tortiladigan bazaga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator omillarni ham hisobga olish kerak. Bular: iqtisodiyotdagi to‘lovsizliklar, ish haqi bo‘yicha qarzdorlik va boshqalar. Asosiy soliq to‘lovchilarning soliq bazasining o‘zgarishiga, ularning moliyaviy ahvoliga, hisob-kitoblar shakllariga ta’siri albatta tahlil etilishi lozim. Soliq yordamida soliq daromadlarini rejalashtirish mahalliy davlat boshqaruvi organlariga quyidagi qo‘shimcha ustunliklarni berishi mumkin: - zamonaviy modellar asosida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini o‘rta va uzoq istiqbolli prognozlash imkoniyati; - soliq solish bazasini oshirish uchun va mahalliy byudjetlarga soliqlarga bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha daromad manbalarini ta’minlash maqsadida davlat mulkidan samarali foydalanish uchun bozor infratuzilmasini rivojlantirishni 770 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. rag‘batlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining manfaatdorligini oshirish (masalan, binolarni ijaraga berish, reklama xizmatlari va hokazolar); - mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni qisqartirishdan manfaatdorligini oshirish, chunki soliqlar yig‘ilishining pasayishi yuqori turuvchi byudjetdan moliyaviy tushumlarni oshirish bilan qoplanmaydi; - ro‘yxatga olinmagan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati subyektlarini aniqlash, hisobga qo‘yilmagan soliqqa tortish obyektlarini aniqlash orqali mavjud soliq bazasidan to‘liq foydalanishdan manfaatdorlikni oshirish va qo‘shimcha soliq daromadlarini olish; - yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, xarajatlarni optimallashtirish hamda moliyaviy va soliq organlarining resurs ta’minotini rivojlantirishdan manfaatdorlikni oshirish. Hududni yanada iqtisodiy rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun barcha mavjud resurslarni safarbar etish zarur, chunki hududning iqtisodiy o‘sish sur’atlari bilan ijtimoiy dasturlarning bajarilishi o‘rtasida optimal nisbatni ta’minlashni nazarda tutuvchi soliqqa oid samarali sa’y-harakatlar hisobga olingan potensial hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlari hududning daromad imkoniyatlarini hisobga olmasdan asosiy davrda yig‘ilgan soliq tushumlari to‘g‘risida ma’lumotlar asosida prognoz qilinadi. Soliq salohiyati va soliqlarning yig‘im ko‘rsatkichlari byudjet soliq prognozi va rejalashtirishning eng muhim asosiy vositasi bo‘lishi zarur. Buning uchun quyidagi omillar hisobga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi: ● o‘z-o‘zini idora qiluvchi tuzilmalarning tarmoq tuzilishi va iqtisodiy ri- vojlanish darajasi (iqtisodiy imkoniyatlar); ● soliq siyosati; ● o‘z-o‘zini idora qiluvchi tuzilmalar iqtisodiy faolligi umumiy o‘sishining o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi korxonalar rentabelligi o‘rtacha darajasi va rentabelli korxonalarning solishtirma (ajratilgan) salmog‘i, ulushi; 771 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. ● soliqlar yig‘ish bo‘yicha mahalliy o‘z- o‘zini boshqarish tashkilotlari va soliq idoralari tomonidan belgilangan chora- tadbirlar. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiy yuksalish va moliyaviy barqarorlik talablariga javob beradigan soliq tizimini yaratishda soliq islohotini amalga oshirish natijasida soliq yukini mumkin qadar past darajada bo‘lishiga erishish muhim r

Доказательный фрагмент

«Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri soliq siyosatini erkinlashtirishdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri soliq siyosatini erkinlashtirishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
https biti, biti konferensiya, konferensiya konferensiya, konferensiya index, index html, html апреля, salohiyatini oshirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники