Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANOAT KORXONALARIDA AQLLI ISHLAB CHIQARISH TIZIMLARINI (SMART MANUFACTURING SYSTEMS) TATBIQ ETISHNING IQTISODIY-OPERATSION SAMARADORLIGI
ETISHNING IQTISODIY-OPERATSION SAMARADORLIGI · Donayeva Feruza Burxon qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada sanoat korxonalarida aqlli ishlab chiqarish tizimlarini tatbiq etishning iqtisodiy va operatsion samaradorligi tahlil qilinadi. Xususan, don ishlab chiqarish jarayonida ushbu texnologiyalarning qo‘llanilishi, ularning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri va texnologik rivojlanishning iqtisodiy foydalari tadqiq etiladi. Maqolada global va milliy darajadagi statistik ma’lumotlar asosida taqqoslashlar keltirilib, aniq tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: aqlli ishlab chiqarish tizimlari, iqtisodiy samaradorlik, operatsion samaradorlik, don ishlab chiqarish, sanoat 4.0, raqamli texnologiyalar. Mamlakatimizda sanoat tarmoqlarining raqamlashtirilishi va avtomatlashtirilishi iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, aqlli ishlab chiqarish tizimlari (Smart manufacturing systems) innovatsion texnologiyalar orqali ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va operatsion xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Jahon tajribasiga nazar tashlasak, AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlarida ushbu tizimlarning tatbiqi yildan-yilga oshib bormoqda. 2023-yilda global aqlli ishlab chiqarish bozorining qiymati 350 milliard AQSh dollaridan oshgani ma’lum27.Ushbu texnologiyalar don ishlab chiqarish sanoatida ham sezilarli natijalarga olib kelmoqda, bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 1-jadval Don ishlab chiqarishda aqlli ishlab chiqarish tizimlari28 Yil An’anaviy ishlab Aqlli ishlab Samaradorlik chiqarish (mln chiqarish (mln farqi (%) 27 https://www.statista.com/statistics/1187633/global-smart-manufacturing-market-size/ 28 Muallif ishlanmasi 773 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. tonna) tonna) 2 5,2 6,0 +15,4 019 2 5,1 6,3 +19,5 020 2 5,3 6,7 +26,4 021 2 5,4 7,0 +29,6 022 2 5,5 7,4 +34,5 023 Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aqlli ishlab chiqarish tizimlarining joriy etilishi don ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishiga olib kelgan. 2019- 2023 yillar davomida an’anaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan solishtirganda, aqlli tizimlar natijasida hosildorlik o‘rtacha 20-35% ga oshgan. Ushbu o‘sishning asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish jarayonlarining optimallashtirilishi, sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni tahlil qilish hamda real vaqt rejimida monitoring tizimlarining joriy etilishidir. Biroq, ushbu texnologiyalarni tatbiq etishda dastlabki investitsiya xarajatlari yuqori bo‘lishi mumkin. Shuning uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish va tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berish kabi mexanizmlar ishlab chiqilishi lozim. Yuqoridagi tahlildan kelib hciqqan holda quyidagi takliflarni keltirish mumkin: Don ishlab chiqarishda aqlli texnologiyalarni keng joriy etish uchun raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish zarur. Bu, ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida monitoring qilish va muammolarni avtomatik bartaraf etish imkonini beradi. Aqlli ishlab chiqarish tizimlariga yo‘naltirilgan investitsiyalarni oshirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bu esa, ilg‘or texnologiyalarni mahalliy ishlab chiqarishga joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. 774 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Davlat tomonidan innovatsion texnologiyalarni joriy etayotgan fermer va ishlab chiqaruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratish. Ushbu chora-tadbirlar ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilishga imkon beradi hamda kichik va o‘rta korxonalarning raqobatbardoshligini oshiradi. Oliy ta’lim muassasalarida aqlli ishlab chiqarish bo‘yicha maxsus kurslarni joriy etish va kadrlar tayyorlash dasturlarini rivojlantirish. Bu kelajakda sanoat tarmoqlarida yuqori malakali mutaxassislar yetishtirishga asos bo‘ladi. Raqamli tarmoqlar orqali ishlab chiqarish monitoringini avtomatlashtirish hamda sun’iy intellekt va IoT texnologiyalarini keng qo‘llash. Ushbu yondashuv don ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali boshqarish va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. IoT asosida don ishlab chiqarish monitoringi IoT (Internet of Things) texnologiyasi don ishlab chiqarish jarayonida operatsion samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Ushbu texnologiya dala maydonlarida o‘rnatilgan aqlli sensorlar orqali tuproq namligi, harorat, o‘simliklarning o‘sish holati va iqlim sharoitlarini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Sensorlar orqali yig‘ilgan ma’lumotlar real vaqt rejimida markaziy tizimga uzatiladi va sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi. Bu esa fermerlarga eng samarali qarorlarni qabul qilishga imkon yaratadi. 2-jadval IoT tizimining ishlash mexanizmi29 Texnologik Funksiyasi Natijasi komponent Aqlli sensorlar Tuproq va iqlim sharoitlarini Optimal ekish va sug‘orish o‘lchash rejalarini ishlab chiqish Ma’lumot yig‘ish Sensorlardan ma’lumotlarni Real vaqt rejim
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sanoat korxonalarida aqlli ishlab chiqarish tizimlarini tatbiq etishning iqtisodiy va operatsion samaradorligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sanoat korxonalarida aqlli ishlab chiqarish tizimlarini tatbiq etishning iqtisodiy va operatsion samaradorligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqtisodiy samaradorlik, operatsion samaradorlik, don ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar., sanoat 4.0, Kalit so‘zlar: aqlli ishlab chiqarish tizimlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025