К содержанию
РецензированоUZ2025

ENDOKRIN OFTALMOPATIYADA QIYOSIY MORFOMETRIK TAHLILLAR

Yuldashov S.A. · Ahmedova S.M. · Bilalov E.N. · Nozimov A.E. · Respublika ixtisoslashtirilgan

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Endokrin oftalmopatiya (EOP) qalqonsimon bezning disfunksiyasi natijasida rivojlanadigan autoimmun kasallik bo‘lib, orbita yumshoq to‘qimalarining yallig‘lanishi va ekstraokulyar mushaklarning qalinlashishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning patogenetik asoslari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish, tashxis qo‘yishda va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy mahalliy va xorijiy adabiyot manbalarida EOPda ko‘z olmasi qavatlari, periorbital yumshoq to‘qimalarning morfologik o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks baholashga qaratilgan maʼlumotlar kamchilikni tashkil qiladi. OKT (optik kogerent tomografiya) va UTT (ultrtovush tekshiruvi) texnologiyasidan foydalanish EOPning o‘ziga xos xususiyatlarini baholashda, kasallik og‘irlik darajasini aniq belgilashda va davolash jarayonini samarali olib borishda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: endokrin oftalmopatiya, optik kogerent tomografiya, ultratovush tekshiruvi, xorioideal qalinlik, ekstraokulyar mushaklar, morfometrik tahlil. 405 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Tadqiqotning maqsadi: EOP tashxisli bemorlarda ekstraokulyar mushaklar (EOM) qalinlashishi, xorioidea qavatidagi morfometrik o‘zgarishlar va kasallikning og‘irlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash. Tadqiqot material va usullari: Tadqiqot Аkademik Y.X.Toʼraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʼona filiali (RIEIАTMFF)da 2023-2024-yillar davomida tireotoksikoz kasalligi bilan davolangan bemorlarda olib borildi. Klinik tаdqiqоt аsоsiу guruhini tirеоtоksikоz fоnidа еndоkrin оftаlmораtiуа rivоjlаngаn 72 nаfаr (n=72 уоki 144 tа kо‘z) bеmоrlаr tаshkil qildi va nаzоrаt guruhi sifаtidа 72 nаfаr tirеоtоksikоz bilаn kаsаllаnmаgаn bеmоrlаr (n=72 уоki 144 tа kо‘z) tаnlаb оlindi. EOM biometriyasi AQShda ishlab chiqarilgan Accutome B-ScanPlus qurilmasi yordamida amalga oshirildi. Shuningdek, bemorlarda OKT tekshiruvi yordamida xoroideaning morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijasi. Akustik jihatdan mushakning qalinligi oshib borishi patologik jarayonning rivojlanishi bilan parallel kechadi. EOP darajasi oshgan sari, xorioideal qalinlik (XQ) va EOMning qalinligi ham sezilarli darajada oshadi. Masalan, eng yengil darajadagi guruhga nisbatan eng og‘ir darajadagi guruhda XQ 19% va EOM qalinligi esa 42% ga ortgan. Ayollar orasida EOM qalinligi va XQ o‘rtasidagi Pirson bo’yicha korrelyatsiya koeffitsienti +0.72 ni tashkil qiladi, bu esa kuchli musbat bog‘liqlikni tasdiqlaydi (p < 0.001). Erkaklar guruhida esa bu ko’rsatkich biroz pastroq bo‘lib +0.61 ni tashkil etadi. Xulosa. Endokrin oftalmopatiya tashxisli bemorlarda ekstraokulyar mushaklarning ultratovush diagnostikasi va xoroideaning optik kogerent tomografiyasini bir vaqtda baholash orqali endokrin oftalmopatiyaning rivojlanish xavfini baholash mumkin. Bu esa endokrin oftalmopatiya rivojlanishini diagnostik baholash uchun qo‘shimcha mezon sifatida xizmat qiladi va kasallikning asoratlarini nazorati uchun klinik amaliyotda keng foydalanishga tavsiya etilishi mumkin. Bu esa klinik amaliyotda bu turdagi tadqiqot natijalari kasallikning rivojlanish dinamikasini va terapiya samaradorligini baholashga imkon beradi. 406 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.X.Shagazatova. Endokrinologiya: O‘quv darslik. Toshkent. 2019-yil. 2. Dave, T. V., Natarajan, R., Reddy, R. U., Kapoor, A. G., & Dave, V. P. (2021). Choroidal Thickness in Thyroid Eye Disease: Comparison With Controls and Application in Diagnosing Non-Inflammatory Active Disease. Cureus, 13(11), e19779. https://doi.org/10.7759/cureus.19779 3. Muralidhar, A., Singh, S., Das, S., Mondal, K., Kumar, B., Agarwal, M., & Majumdar, A. (2024). Choroidal thickness in thyroid eye disease and its correlation with disease activity. Indian journal of ophthalmology, 72(2), 281– 286. https://doi.org/10.4103/IJO.IJO_848_23 4. Chien, L., Go, C. C., Lahaie Luna, G. M., & Briceño, C. A. (2024). Changes in choroidal thickness and choroidal vascularity index in thyroid eye disease: a systematic review. Orbit (Amsterdam, Netherlands), 43(3), 399–407. https://doi.org/10.1080/01676830.2022.2146726 5. Mourits, M. P., Prummel, M. F., Wiersinga, W. M., & Koornneef, L. (1997). Clinical activity score as a guide in the management of patients with Graves’ ophthalmopathy. Clinical Endocrinology, 47(1), 9–14. https://doi.org/10.1046/j.1365-2265.1997.2331047.x 6. Gul, A., Basural, E., & Ozturk, H. E. (2019). Comparison of choroidal thickness in patients with active and stable thyroid eye disease. Arquivos brasileiros de oftalmologia, 82(2), 124–128. https://doi.org/10.5935/0004- 2749.20190019 7. Научный Руководитель Стяжкина Светлана Николаевна, Молокова Нина Федоровна, Бобылева Алина Леонидовна, Исупова Екатерина Александровна, & Полякова Анна Михайловна (2021). УЛЬТРАЗВУКОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ — ЭФФЕКТИВНЫЙ МЕТ

Доказательный фрагмент

«Endokrin oftalmopatiya (EOP) qalqonsimon bezning disfunksiyasi natijasida rivojlanadigan autoimmun kasallik bo‘lib, orbita yumshoq to‘qimalarining yallig‘lanishi va ekstraokulyar mushaklarning qalinlashishi bilan xara…»

Образец извлечения

Демо-превью

Endokrin oftalmopatiya (EOP) qalqonsimon bezning disfunksiyasi natijasida rivojlanadigan autoimmun kasallik bo‘lib, orbita yumshoq to‘qimalarining yallig‘lanishi va ekstraokulyar mushaklarning qalinlashishi bilan xara… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xorioideal qalinlik, morfometrik tahlil., ultratovush tekshiruvi, ekstraokulyar mushaklar, optik kogerent tomografiya, Kalit so‘zlar: endokrin oftalmopatiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники