Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIB QUYILMAYDIGAN ORTODONTIK APPARATLARNI FOYDALANILGANDA TISH-JAG' TIZIMINIDAGI O’ZGARISHLARGA ZAMONAVIY YONDASHUV.
ZAMONAVIY YONDASHUV. · Barotov Iftixor Mustaqimovich · Buxoro Innovatsion Ta'lim · Ibrohimova Feruza Ikromovna
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarni ishlatishda tish- jag' tizimini o'zgartirishiga individuallik bir nechta muhim jihatlarga asoslanadi, bu jihatlar ushbu mavzuning zamonaviy stomatologiyada ahamiyatini belgilaydi. Ushbu tadqiqot klinik amaliyotni takomillashtirish va yangi davolash usullarini rivojlantirish extiyoji bilan bog'liq. Zamonaviy olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarni o'rganish, ularning afzalliklari va cheklovlarini aniqlashga yordam beradi, shuningdek, ularni qo'llashning eng samarali strategiyalarini aniqlashga yordam beradi. Bu klinik amaliyotda bunday apparatlarni optimal qo'llash uchun tavsiyalar va standartlarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin va ortodontik davolash sifatini oshiradi. Umuman olganda, olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlariga individual yondoshuv tadqiqoti stomatologiyaning rivojlanishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun muhimligini ta'kidlaydi. Kalit so’zlar: Ortodontik apparatlar, tish-jag' tizimi, olib qo’yilmaydiganapparatlar, individual yondoshuv, davolash. Tadqiqot maqsadi. Ushbu ishning maqsadi olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlariga individual yondoshuvlar va innovatsiyalarni ko'rib chiqish hamda ularning tish-jag' tizimini o'zgartirishga ta'sirini o'rganishdir. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot 102 nafar bemor, turli anomaliyalar bilan og'rigan va olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlar bilan davolangan bemorlarni tekshirish asosida o'tkazildi. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi usullar qo'llanildi: 408 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Har bir bemor ortodont stomatolog tomonidan ortodontik patologiyaning darajasini baholash maqsadida klinik ko'rikdan o'tkazildi, shu jumladan tish va tish qator anomaliyalari, tish holati anomaliyalari, jag'larning anomaliyalari va boshqa nuqsonlar. Barcha bemorlar tish-jag' tizimining tuzilishi va holati haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun rentgen tekshiruvidan o'tkazildi. Rentgen suratlari tish ildizlari, suyak to'qimasining holati va rivojlanish anomaliyalari haqida ma'lumot olish uchun ishlatildi. Har bir bemordan jag'larni antropometrik o’lchamlar uchun qoliblar olinib modellar quyildi. Ushbu modellardan olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarni tayyorlash va davolash rejasini tuzish uchun foydalanildi. Olib qo’yilmaydigan apparatlar o'rnatilgandan so'ng, bemorlar ularning tish-jag' tizimining holatini muntazam kuzatib borildi. Tishlarni holati, tishlarning joylashishini o'zgartirish va funksional yaxshilanishlarni o'z ichiga olgan davolash samaradorligini baholash uchun tizimli baholashlar o'tkazildi. Ushbu usullar olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarning samaradorligini va ularning tish-jag' tizimi o'zgarishlariga ta'sirini o'rganish imkonini berdi. Olingan ma'lumotlar davolashni yanada takomillashtirish va ortodontik anomaliyalarning tuzatishiga individual yondoshuvlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqot va ma'lumotlarni tahlil qilish natijasida quyidagi natijalar olindi: 78% bemorlarda olib Qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarni ishlatishdan so'ng tishlarni o'rnatishda yaxshilanish kuzatildi. Ulardan 42% bemorlarda tishlar to'liq tekislandi, 36% bemorlarda esa tishlar joylashuvining sezilarli yaxshilanishi kuzatildi. 64% bemorlarda jag'larning o'sish anomaliyalari davolanishdan so'ng yaxshilanish kuzatildi. Ulardan 28% bemorlarda jag'larning to'liq tiklanishi amalga oshdi, 36% bemorlarda esa sezilarli yaxshilanishlar kuzatildi. 409 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Olib qo’yilmaydigan apparatlar ishlatilgandan so'ng, 82% bemorlarda tish- jag' tizimining funksionalligi, shu jumladan, chaynash, gapirish va nafas olish funksiyalarining yaxshilanishi kuzatildi. Xulosa. Olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarini ishlatishda tish-jag' tizimining o'zgarishlariga individual yondoshuvni o'rganish quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi: Olib Qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarining qo'llanilishi turli ortodontik muammolarni, masalan, noto'g'ri prikuslar va tish-jag’ tizimi anomaliyalari tuzatishida yuqori samaradorlikni ko'rsatdi. Bu esa funksional o'zgarishlar bo'yicha davolashning effektini tasdiqlaydi. Olib qo’yilmaydigan apparatlar bilan davolangan bemorlar tish-jag' tizimining funksional yaxshilanishini, shu jumladan, chaynash, gapirish va nafas olishda sezilarli yaxshilanishni ta'kidladilar. Bu esa faqatgina davolashning samaradorligini emas, balki bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta'sirini ham tasdiqlaydi. Tadqiqotning ijobiy natijalarini hisobga olib, olib Qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarni turli bemorlar guruhlarida qo'llash samaradorligi va xavfsizligini yanada o'rganish zarur. Qo'shimcha tadqiqotlar uzoq muddatli kuzatishlar va davolashning uzoq muddatli natijalarini baholashni o'z ichiga oladi. Umuman olganda, o'tkazilgan tadqiqotga asoslanib, olib Qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarning ortodontik muammolarni tuzatishda va
Доказательный фрагмент
«Olib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarni ishlatishda tish- jag' tizimini o'zgartirishiga individuallik bir nechta muhim jihatlarga asoslanadi, bu jihatlar ushbu mavzuning zamonaviy stomatologiyada ahamiyatini belgi…»
Образец извлечения
Демо-превьюOlib qo’yilmaydigan ortodontik apparatlarni ishlatishda tish- jag' tizimini o'zgartirishiga individuallik bir nechta muhim jihatlarga asoslanadi, bu jihatlar ushbu mavzuning zamonaviy stomatologiyada ahamiyatini belgi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- olib qo’yilmaydiganapparatlar, individual yondoshuv, tish-jag' tizimi, Kalit so’zlar: Ortodontik apparatlar, davolash.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026