К содержанию
РецензированоUZ2025

EKSPERIMENTAL HAYVONLARDA TIREOTOKSIKOZDA JIGARDA BO’LADIGAN MORFOLOGIK O’ZGARISHLAR

EKSPERIMENTAL HAYVONLARDA TIREOTOKSIKOZDA · Yodgorov Ulug’bek Ismatovich · Yo’ldosheva Mohinur Umedovna · Kalit so'zlar: Tajriba hayvonlari

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada eksperimental tireotoksikoz sharoitida hayvonlarning jigari to‘qimalarida ro‘y beradigan morfologik o‘zgarishlar yoritilgan. Tireoid gormonlarining haddan tashqari ko‘pligi jigar faoliyatiga ta’siri, gistologik va gistokimyoviy tahlillar asosida o‘rganilgan.. Kalit so'zlar: Tajriba hayvonlari, Tireotoksikoz, Triyodtironin, Tiroksin, Fitoterapiya Asosiy qism:Tireotoksikoz — bu tireoid bezining gormonlarini (triiodtironin - T3 va tiroksin - T4) ortiqcha ishlab chiqarishi yoki organizmda ularning yuqori darajada to‘planishi bilan kechadigan endokrin kasallikdir. Tireoid gormonlari organizmning deyarli barcha a’zolari va tizimlariga, ayniqsa, metabolik faol organlar — yurak, miya, mushaklar va jigar faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, jigar — bu metabolik va detoksikatsion jarayonlarning markaziy organi bo‘lib, organizmdagi umumiy gormonal holatga sezgir munosabat bildiradi. Tireotoksikoz holatida metabolizm darajasi ortadi, bu esa jigar faoliyatini ham kuchaytiradi. Tireoid gormonlari glukoneogenez, glikogenoliz, lipidlar va oqsillar almashinuvini faollashtiradi. Ammo bu jarayonlarning haddan tashqari faollashuvi gepatotsitlar (jigar hujayralari)da distrofik va hatto nekrotik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Tireoid gormonlarining ko‘payishi bilan birga jigar orqali ularning metabolizmi ham kuchayadi, bu esa jigar hujayralarida morfologik o‘zgarishlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 453 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Bugungi kunda tireotoksikoz va jigar patologiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik klinik amaliyotda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayrim klinik holatlarda jigar fermentlarining (ALT, AST) faolligi oshgan bemorlarda asosiy sabab sifatida tireoid gormonlarining yuqori darajasi aniqlanmoqda. Shu boisdan tireotoksikozni eksperimental modellar asosida o‘rganish, xususan jigar to‘qimalaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash zamonaviy tibbiyot uchun dolzarb masalalardan biridir. Ushbu tadqiqotning maqsadi — eksperimental hayvonlarda sun’iy tireotoksikoz modelini yaratgan holda, jigar to‘qimalarida yuzaga keluvchi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash, ularning gistologik xususiyatlarini baholash hamda bu o‘zgarishlarning tireoid gormonlar darajasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatishdan iborat. Material va usullar Tajriba 4 oylik nar va urg’ochi jinsli zotsiz laboratoriya kalamushlarida olib borildi. Hayvonlar 2 guruhga bo‘lindi: Tajriba guruhi (n=50) – kuniga 100 mkg/kg doza miqdorida L-tiroksin mushak orasiga yuborildi (28 kun davomida). Nazorat guruhi (n=50) – hayvonlarga xuddi shu sharoitda fiziologik eritma yuborildi. Eksperiment yakunida hayvonlar etiliyoz narkozidan so‘ng olib qo‘yildi va jigar to‘qimalari 10% formalin eritmasida fiksatsiya qilindi. Keyinchalik gistologik bo‘limlar tayyorlanib, gematoksilin-eozin, Romanovskiy-Gimza bo‘yoqlari bilan bo‘yaldi. Jigar to‘qimalarida gepatotsitlarning morfologiyasi, sinusoid holati, yadro o‘zgarishlari va sitoplazmadagi modda birikmalar o‘rganildi. Natijalar Nazorat guruhidagi kalamushlarda jigar strukturalari odatdagidek, normal morfologik tuzilishga ega edi. Gepatotsitlar ko‘p burchakli, yadro markazda joylashgan, sitoplazmasi bir hil bo‘yoqlanib, glikogen miqdori yuqori edi. 454 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Tireotoksikozli tajriba guruhida esa quyidagi o‘zgarishlar aniqlandi: Gepatotsitlar sitoplazmasida yog‘li degeneratsiya Romanovskiy-Gimza bo‘yoqlanishida ko‘p miqdorda yog‘li vakuolalar aniqlandi. Bu hujayralardagi lipid almashinuvi buzilganligini ko‘rsatadi. Yadro o‘zgarishlari:Gepatotsitlarning ko‘pchiligi yadro piknozi, karioreksis va kariolizis holatlarida bo‘lib, bu nekrotik jarayonlarga ishora qiladi. Ayrim joylarda gepatotsitlar guruh-guruh bo‘lib so‘rilgan. Gepatik sinusoidlar va markaziy venalardagi o‘zgarishlar: Sinusoidlar kengaygan, ular ichida turib qolgan qon va eritrotsitlar ko‘p edi. Markaziy venalar diametri oshgan, devorlari cho‘zilgan va ayrim joylarda endotelial qatlam ajralgan. Glikogen zaxiralarining kamayishi Bo‘yoqlanishda gepatotsit sitoplazmasida glikogen granulalari miqdori nazorat guruhiga nisbatan sezilarli kamaygan. Bu tireotoksikozda glikogenoliz kuchayganligini tasdiqlaydi. Yallig‘lanish belgilarining paydo bo‘lishi Ba’zi joylarda perivaskulyar infiltratsiya (asosan limfotsitlar) kuzatildi, bu esa jigar parenximasida yallig‘lanish jarayonlarini bildiradi. Mikroskopik kuzatuvlar jigar to‘qimalarida diffuz degenerativ va distrofik o‘zgarishlar ustunlik qilayotganini ko‘rsatdi. Tireotoksikoz gepatotsitlarning energetik muvozanatini buzadi, hujayra ichidagi mitoxondriya soni va faoliyati pasayadi, bu esa morfologik buzilishlarga olib keladi. Xulosa: Eksperimental tireotoksikoz jigar to‘qimalarida jiddiy morfologik va metabolik o‘zgarishlarga olib keladi. Bu holat klinik amaliyotda bemorlarda jigar faoliyatini baholashda tireoid gormonlari darajasini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Adabiyotlar ro’yxati: 1

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada eksperimental tireotoksikoz sharoitida hayvonlarning jigari to‘qimalarida ro‘y beradigan morfologik o‘zgarishlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada eksperimental tireotoksikoz sharoitida hayvonlarning jigari to‘qimalarida ro‘y beradigan morfologik o‘zgarishlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tajriba hayvonlari, Tireotoksikoz, Triyodtironin, Tiroksin, Kalit so'zlar: Tajriba hayvonlari, Fitoterapiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники