Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONKOLOGIK KASALLIKLARNI ANIQLASH UCHUN ONLAYN SKRINING TESTLARINI O‘TKAZISH
SKRINING TESTLARINI O‘TKAZISH · Masaidova Robiyabonu Oybek qizi · Djumaniyozova Zulxumor Farxadovna
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Breast cancer is one of the most common and significant oncological diseases among women. According to the data from the Republican Oncology Dispensary of Uzbekistan, more than 4000 new cases of breast cancer are detected annually. Addressing this oncological issue requires the development of new 522 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. methods of diagnosis, prevention, and treatment, as well as increasing public awareness and improving the quality of medical care. Keywords:Breast cancer, oncological disease, prevention, diagnosis, screening tests, exogenous factors. Tadqiqot maqsadi. Tibbiyot talabalari orasida onkologik profilaktika anketalari haqida xabardorlik darajasini aniqlash hamda ekzogen omillarning ta‘sirini o‘rganish. Tadqiqot materiallari va usullari. Tibbiyot talabalari orasida profilaktika bo'yicha bilim darajasini o‘rganish maqsadida, biz 20 ta savoldan iborat maxsus so‘rov anketasini ishlab chiqdik. Anketa ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavf omillari va talabalarining profilaktika tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarligi bilan bog‘liq savollarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida biz tarixiy, sotsiologik, anketaviy so‘rov va taqqoslash usullaridan foydalandik. Tadqiqot natijalari. 2022 yilda biz tibbiyot talabalari orasida ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorlik darajasini baholashga qaratilgan maxsus profilaktik anketa ishlab chiqdik. Ushbu so‘rovda O‘zbekiston va boshqa davlatlarning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Anketaning muhim savollaridan biri talabalar onkologik kasalliklarni dastlabki aniqlash uchun mavjud testlar va anketalar haqida ma‘lumotga egami yoki yo‘qligini aniqlashga qaratilgan edi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 58,8±9,3% talabalar bunday profilaktik anketalar haqida hech qanday ma‘lumotga ega emasligi aniqlandi. Faqatgina kichik bir qism talabalargina ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha testlar haqida xabardorligi aniqlandi. Ushbu natijalardan kelib chiqib, talabalar orasida skrining testlari haqida yetarli ma‘lumot berilmaganligi xulosasiga kelish mumkin. Ushbu masala tibbiyot talabalari ta‘lim jarayonida erta diagnostika usullari bo‘yicha bilimlarni kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Agar talabalar saraton kasalligini erta aniqlash usullari haqida ma‘lumotga ega bo‘lmasa, ular bu muammoning ahamiyatini yetarlicha tushunmasligi va bemorlarni zarur testlardan o'tkazishga yo‘naltirmasligi mumkin, bu esa kech diagnostika xavfini oshiradi. 523 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Shuningdek, bu kamchilik talabalar ishtirokida olib boriladigan profilaktik dasturlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyatlarini cheklashi va ularning professional rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Xulosa. Tibbiyot talabalari orasida ko‘krak bezi saratonining profilaktikasi va erta diagnostikasi bo'yicha bilim darajasi yetarli emas. Kelajakdagi shifokorlarning xabardorligini oshirish uchun qo‘shimcha o‘quv dasturlari va ma‘ruzalar tashkil etish zarur. Bu nafaqat ularning bilimlarini oshirishga yordam beradi, balki aholiga profilaktika va erta tashxis qo‘yishning ahamiyati haqida kengroq ma‘lumot berish imkonini yaratadi, natijada esa kasallanish va o‘lim holatlari kamayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, aholining ekzogen omillar ta‘siridan himoya qilinishini ta‘minlash uchun keng ko‘lamli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, poliklinika shifokorlari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ma‘rifiy tadbirlar o‘tkazish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Nurmatov, A. (2020). Onkologik kasalliklar va ularning profilaktikasi. Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti. 2. Mavlonov, A. (2019). Ko‘krak bezi saratoni diagnostikasi va davolashning yangi usullari. Tibbiyot ilmiy jurnali, 15(3), 45-52. 3. Xolmatova, G., & Iskandarov, R. (2021). Ekzogen omillar va ularning saraton rivojlanishidagi roli. Jurnal of Cancer Research, 23(7), 74-82. 4. Tashkent Oncology Dispensary (2022). Ko‘krak bezi saratoni statistikasi va profilaktika strategiyalari. O‘zbekiston onkologik muammolari, 1(1), 34-40. 5. Kadirov, Sh. (2022). Erta diagnostika va profilaktikaning tibbiyot talabalari orasidagi o‘rni. Oliy ta’lim jurnalida maqola, 12(4), 60-65. 524
Доказательный фрагмент
«Breast cancer is one of the most common and significant oncological diseases among women.»
Образец извлечения
Демо-превьюBreast cancer is one of the most common and significant oncological diseases among women. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Breast cancer, oncological disease, prevention, diagnosis, ekzogen omillar., diagnostika, profilaktika, Kalit so‘zlar: Ko‘krak bezi saratoni, onkologik kasallik, skrining testlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026