К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIYOT YO‘NALISHIDAGI PROFESSIONAL TAʼLIM MUASSASALARIDA SIMULYATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH AMALIYOTI

INTERDISIPLINAR YONDASHUVLAR: · MUASSASALARIDA SIMULYATSION TEXNOLOGIYALARNI · QO‘LLASH AMALIYOTI · Gaffarov O‘ktamjon Ravshanovich

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Mazkur tadqiqotda tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarida simulyatsion texnologiyalarni joriy etish amaliyoti, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganildi. Simulyatsion usullar orqali o‘quvchilarda klinik tafakkur, tezkor qaror qabul qilish va amaliy malakalarni rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: simulyatsion texnologiyalar, tibbiy ta’lim, kasbiy ko‘nikma, klinik mashg‘ulot, OSCE. XXI asrda tibbiy ta’limda nazariy bilimlarning amaliy ko‘nikmalarga aylanishi ta’lim sifatining asosiy mezonidir. An’anaviy usullar yetarli darajada real klinik vaziyatlarni yoritib bera olmagani bois, simulyatsion texnologiyalar joriy etilishi dolzarb masalaga aylandi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, simulyatsion texnologiyalar nafaqat xavfsiz muhitda amaliyot o‘tkazish imkonini beradi, balki o‘quvchining mustaqil fikrlashini, tezkor reaksiya berishini ham shakllantiradi. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan bu texnologiyalar bugungi kunda O‘zbekistonda ham joriy qilinmoqda. Tibbiy ta’limda simulyatsion yondashuvlar o‘quvchilarga og‘riq, xavf va real bemor bilan ishlashdagi stresssiz sharoitda klinik vazifalarni bajarishga imkon 528 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. beradi. Bu orqali ular tajriba orttiradi, xatolar ustida ishlaydi va real muhitga tayyorlanadi. Maqolaning asosiy maqsadi-simulyatsion texnologiyalar orqali tibbiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini chuqur o‘rganishdir. METODOLOGIYA Simulyatsion texnologiyalarning tibbiy ta’limda qo‘llanishi didaktik tamoyillar asosida shakllangan o‘quv jarayonini interaktiv tarzda olib borishni nazarda tutadi. Ushbu yondashuvda o‘quvchi faol ishtirokchi sifatida bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga o‘rganadi. Simulyatsion texnologiyalar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi: Texnik simulyatorlar: inson tanasining aniq modellarini takrorlaydi; Klinik vaziyatli mashg‘ulotlar: real hayotga yaqin sharoitda qaror qabul qilish; Virtual simulyatsiya: kompyuter dasturlari orqali klinik muammolarni hal qilish; Rolli o‘yinlar: talabalarning kommunikativ va etika ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Simulyatsion yondashuvlar asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarda muhim bosqichlardan biri – teskari aloqa (feedback) va refleksiya jarayonidir. Bu orqali o‘quvchi o‘z harakatlarini baholaydi, xatolarni aniqlaydi va takomillashtiradi. MUHOKAMA Simulyatsion texnologiyalar yordamida o‘quvchilarda klinik tafakkur, qaror qabul qilish, muomala madaniyati, komandada ishlash kabi kasbiy kompetensiyalar shakllanadi. Ular shuningdek, xavfsiz sharoitda turli xil klinik holatlarda harakat qilishni o‘rganadi. Tibbiyotda uchraydigan favqulodda holatlar, murakkab tashxislar va muhim qarorlar qabul qilish jarayonlari simulyatsion mashg‘ulotlar orqali o‘rgatiladi. OSCE (Objective Structured Clinical Examination) tizimi orqali baholash simulyatsion yondashuvlar samaradorligini belgilashda muhim vositadir. Bu tizim 529 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. o‘quvchining har bir ko‘nikmasini alohida baholaydi va obyektiv mezonlar asosida yondashishga imkon beradi. Tibbiy ta’limda simulyatsion texnologiyalarning muvaffaqiyatli tatbiqi uchun: O‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida yangilash; Malakali instruktorlar tayyorlash; O‘quvchilarni muntazam refleksiya va tahlilga o‘rgatish zarur. XULOSA VA TAKLIFLAR Simulyatsion texnologiyalar tibbiyot ta’limining ajralmas qismiga aylanmoqda. Ularni qo‘llash orqali: O‘quvchilarni real muhitga tayyorlash; Klinik xatolarni kamaytirish; Kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirishga erishiladi. Takliflar: 1. Har bir professional ta’lim muassasasida simulyatsion xonalar tashkil etilishi; 2. Metodik qo‘llanmalar bazasini kengaytirish; 3. O‘qituvchilarni xalqaro instruktor kurslari asosida tayyorlash; 4. OSCE tizimini barcha muassasalarda joriy qilish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Gabaeva O.A. Simulyatsionnaya medicina. — M.: Medpress, 2021. 2. Bashkirtsev A.A. Osnovy simulyatsionnogo obucheniya. — Kazan', 2022. 3. WHO. Simulation in medical education. Geneva, 2020. 4. O‘zbekiston Respublikasi SSV metodik qo‘llanmasi (2023). 530

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqotda tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarida simulyatsion texnologiyalarni joriy etish amaliyoti, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqotda tibbiyot yo‘nalishidagi professional ta’lim muassasalarida simulyatsion texnologiyalarni joriy etish amaliyoti, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: simulyatsion texnologiyalar, kasbiy ko‘nikma, tibbiy ta’lim, OSCE., klinik mashg‘ulot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники