Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK ADABIYOTIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR MASALASI (XURSHID DO’STMUHAMMAD HIKOYALARI MISOLIDA)
Jalilova Zarina Sadriddinovna
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yetakchi vakili Xurshid Do’stmuhammadning hikoyalaridagi ruhiy tahlil, psixologizm masalalari yoritilgan. Uning hikoylaridagi qahramonlar ruhiy holari ramziy obrazlar orqali ochib ko’rsatilgan. Hikoyalaridagi modern adabiyot unsurlari tahlilga tortilgan. Kalit so’zlar: hikoya, ijodiy uslub, ruhiy tahlil, modernizm, badiiy obraz, obrazlilik, detal, realizm, shartlilik, tabiiylik. Kirish: Xurshid Do’stmuhammad bugungi o’zbek nasrining,prozasining yangi uslubga va tasviriy izlanishlarga o’z hissasini qo’shib kelayotgan ijodkorlardan biri. U A. Kamyu, L Tolstoy, Kafka va Edgar Po ijodini puxta o’rgangan. Buyuk so’z ustalarining asarlarida o’ziga yetarli tajriblar orttirgan adib o’z asarlarida modern an’analarini ham davom ettirib kelmoqda. U o’z asarlarida jumladan hikoyalarida bugungi kun ,ayniqsa, jamiyatdagi muammolarni shahar adabiyoti mansabga egalik kasali, o’zbek millatiga xos bo’lgan ma’naviy qadriyatlarning bugungi kunda oqsab borayotgani haqida o’z asarlarida zamonaviy tahlillar orqali tasvirlab beradi. Insonlarning ma’naviy salohiyati, ularning ma’naviy bo’shlig’i, ijtimoiy hayotdagi nohaqliklar, riyokorlik, ikkiyuzlamachilik kabi muammolar keskin tanqid qilinadi. Bu esa zamonaviy jamiyat voqea-hodisalariga va muammolariga yozuvchining o’z munosabatini aks ettiradi. Muallif har bir yaratgan asarlarida zamonaviylik unsuri bor ekanligini uchratish mumkin. Hikoyalarida an’anaviylik va zamonaviy dunyo o’rtasidagu kurash doimo aniq tasvirlanadi. Bu esa insonlarning o’zini anglashiga,oila va jamiyat doimo uyg’unlikda faoliyat olib borishi zarur ekanligini tasdiqlaydi. Ijodkorning zamonaviy ruhda yozilgan hikoyalari talaygina, biz tahlilga 580 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. tortayotgan ‘’Otamning oshnasi’’ hikoyasi ham ayni zamonaviylik mavzusi ufurib turgan asarlardan biri hisoblanadi. Hikoyada bosh qahramonni tilidan aytilgan ushbu iqtibosni keltirsak: ‘’Otam futbolga qiziqmaydi, shuning uchun oshnasi kechikayotganiga parvo qilmay ko’prik panjarasiga bemalol suyanib turibdi. Men esa gurra-gurra stadion tomon oshiqayotgan ishqibozlar oqimini ko’rib ichim tatalab ketyaoti. Anhorga qarayman – to’lib oqayotgan o’ynoqi suv ham futbol tomoshasiga shoshayotgandek. Otamdan ruxsat tegsa jonim boricha stadion tomon yuguraman-a’’[1]. Ushbu hikoyadan shunday mazmun anglashiladiki, bolaning otasi sportga qiziqmasligi,bolaning o'zi esa sportga qiziqishi kuchli ekanligini ko'rishimiz mumkin. Qolaversa, ushbu hikoya o’zbek adabiyotida insoniy munosabatlar, mehr-oqibat, hayot haqiqati kabi masalalarni to’la namoyon eta olgan asarlar sirasiga kiradi. Hikoyada muallif bosh qahramon ham hikoyachi hisoblanib, bolalik xotiralarini hikoya qiladi hamda otasining oshnasi bilan yuz bergan uchrashuvlari va ularning o’rtasidagi munosabatlar haqida so’zlab beradi. Asarda insoniylik, sadoqat, o’tganlarga hurmat kabi tuyg’ular chuqur badiiy tasvirlar orqali aks ettirilgan. Xurshid Do’stmuhammad hikoyalarida asosiy e’tibor inson ruhiyati masalasiga qaratiladi. Sababi adabiyotning bosh maqsadi ham insonni tasvirlash,uchun ichki olami-kechinmalarini tahlil qilishdan iborat. Muallif asarlarida o’ziga xos teranlik, falsafiy mushohada,realizm alomatlarini uchratish mumkin. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Zamonaviy nasrning yetuk vakili Xurshid Do’stmuhammad ijtimoiy hayotning eng dolzarb mavzularida ijod qilib kelmoqda.Muallifning zamonaviy ruhda yozilgan hikoyalari hamisha kitobxonlarga qiziqish uyg’otyapti. ‘’Otamning oshnasi ‘’ nomli hikoyasi haqida ko’plab taniqli adabiyotshunos olimlarning fikr-mulohazalari mavjud bo’lib ulardan birining iqtibosini adabiyotlar sharhi sifatida keltirib o’tsak: ‘’Otamning oshnasi ‘’ nomli hikoysi o’ta zamonaviy ruhda yozilgan bo’lib, o’z navbatida, falsafiylikka ham moyil. Bu falsafiylik, eng avvalo, yozuvchining o’ziga xos 581 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. mahorati orqali bayon etilgan voqea bayonining tabiiy tasvirida ko’zga tashlanadi. Muallif badiiy ijodga aloqador adabiy makon va zamon, badiiy detal va personajlarga yuklatilgan vazifani juda o’z o’rnida taqsimlagan ‘’[2]. Yozuvchining fikricha har bir hikoya uchun yangicha ijodiylik, kayfiyat va g’oya kerak bo’ladi. Muallifning har bir yaratgan hikoyalarida yangicha uslub jilolari borligi ko’rinib turadi. Bu esa adibning ijodiy uslublari rang-barang ekanligi eng asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Muhokama va natijalar. Xurshid Do’stmuhammad hamisha yangilikka intilayotgan adib sifatida tanilgan. O’z asarlarida ezgulik va razolat, xoinlik kabi muammolarning badiiy talqinini yaratadi. Ijodkor ‘’Beozor qushning qarg’ishi ‘’ nomli hikoyalar to’plamiga kiruvchi asarlarda realistik alomatlari ko’rinib turadi. Hikoyachi ba’zi hikoyalarda voqeani to’la –to’kis bayon etmaydi, aksincha, kitobxonga qanday xulosa chiqarishni havola etadi. Bu esa kitobxonning tafakkur mahsulini oshishiga xizmat qiladi. Shunday hikoyalardan biri muallifn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yetakchi vakili Xurshid Do’stmuhammadning hikoyalaridagi ruhiy tahlil, psixologizm masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o’zbek adabiyotining yetakchi vakili Xurshid Do’stmuhammadning hikoyalaridagi ruhiy tahlil, psixologizm masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy obraz, detal, tabiiylik., obrazlilik, modernizm, realizm, ruhiy tahlil, shartlilik, Kalit so’zlar: hikoya, ijodiy uslub
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014