К содержанию
РецензированоUZ2025

TUBERKULYOZ: ZAMONAVIY TASHXIS VA DAVOLASH YONDASHUVLARI

Kamolov Hamidjon Umidjonovich

Всемирный научно-исследовательский журнал · 14 · 2557-2559 · 2025

Аннотация

tadqiqotda destruktiv va nodestruktiv tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda qon ivish tizimi va yallig‘lanish biomarkerlarining o‘zgarishlari o‘rganildi. Destruktiv tuberkulyoz guruhida D-dimer, fibrinogen va prokalsitonin darajasi sezilarli oshgani aniqlandi (p<0.05). PSR va IGRA-testlar an’anaviy bakteriologik usullarga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo‘lib, PSR diagnostikasi 88.5% sezgirlik va 95.2% aniqlik ko‘rsatdi. Kompyuter tomografiyasi yordamida 90% holatda destruktiv jarayonlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari kompleks tashxis usullarining ahamiyatini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: tuberkulyoz, destruktiv tuberkulyoz, prokalsitonin, D-dimer, qon ivish tizimi, PSR, IGRA-test, diagnostika. Dolzarbligi: Tuberkulyoz (TB) – Mycobacterium tuberculosis tomonidan kelib chiqadigan, asosan o‘pka to‘qimalarini zararlaydigan yuqumli kasallik bo‘lib, insoniyat tarixida eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan infeksiyali xastaliklardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 10 millionga yaqin kishi TB bilan kasallanadi va 1,5 milliondan ortiq bemor ushbu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Har qanday infeksiyali kasallikni samarali nazorat qilish uchun uning erta tashxisi va maqsadli davolashi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda tuberkulyozning zamonaviy tashxis va davolash usullari tahlil qilindi. Materiallar va usullar: Tadqiqotda 2022-2024 yillar davomida tuberkulyoz tashxisi bilan davolangan 150 nafar bemor ma’lumotlari tahlil qilindi. Ularning 90 nafari destruktiv tuberkulyoz (DTB) bilan, 60 nafari esa infiltrativ tuberkulyoz 226 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. (ITB) bilan kasallangan. Barcha bemorlar quyidagi diagnostika testlaridan o‘tkazildi: Laboratoriya tahlillari: Prokalsitonin (PCT), C-reaktiv oqsil (CRP), qon ivish tizimi ko‘rsatkichlari (D-dimer, fibrinogen, FQTV, PV, HMN). Mikrobiologik tashxis: Bakteriologik tekshiruv (Sil-Nilsen bo‘yicha bo‘yash, mikrobakteriyalarni identifikatsiya qilish), PSR-diagnostika va IGRA- testlar. Instrumental usullar: Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, kompyuter tomografiyasi (KT), exokardiografik (ExoKG) tekshiruvlar. Klinik ma’lumotlar: Bemorlarning kasallik tarixi, simptomlari va davolash jarayoni tahlil qilindi. Natijalar va taxlillar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda qon ivish tizimi va yallig‘lanish biomarkerlarida sezilarli o‘zgarishlar aniqlandi. Destruktiv tuberkulyoz guruhida D-dimer darajasi 0.84±0.12 mkg/ml (p<0.05) ga oshgan, fibrinogen miqdori 4.8±0.7 g/l (p<0.05) ni tashkil etgan, hamda og‘ir kechishli bemorlarda prokalsitonin darajasi 1.2±0.3 ng/ml (p<0.01) bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichlar tuberkulyozning og‘ir kechishi va qon ivish tizimidagi o‘zgarishlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Shuningdek, tashxis qo‘yishda PSR va IGRA-testlarning yuqori sezgirligi aniqlandi: PSR-diagnostika 88.5% sezgirlik va 95.2% aniqlik, IGRA-testlar esa an’anaviy bakteriologik usullarga nisbatan 20-30% yuqori sezgirlik namoyon etgan. Shu bilan birga, bakteriologik tekshiruv sezgirligi 65-70% ni tashkil qilgan. Instrumental tashxis usullari tahlil qilinganda, kompyuter tomografiyasi (KT) orqali 90% holatda o‘pkadagi destruktiv jarayonlar aniqlangan, 35% bemorlarda ekssudativ plevrit, 40% bemorlarda esa o‘pka gipertenziyasi kuzatilgan. Ushbu natijalar tuberkulyoz tashxisida laboratoriya va instrumental usullarning birgalikda qo‘llanishi aniq tashxis qo‘yish va kasallik kechishini baholashda muhim ekanligini tasdiqlaydi. 227 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Xulosa: Tuberkulyoz tashxisida PSR va IGRA-testlar yuqori sezgirlikka ega bo‘lib, an’anaviy bakteriologik diagnostikaga nisbatan samaraliroqdir. Prokalsitonin, D-dimer va qon ivish tizimi ko‘rsatkichlari kasallikning og‘ir kechishi va asoratlarini baholashda muhim biomarkerlar hisoblanadi. Kompleks tashxis usullari esa tuberkulyozni erta aniqlash va samarali davolash imkoniyatlarini oshiradi.Tuberkulyozga qarshi kurashda yangi diagnostik va davolash yondashuvlarini tadbiq etish infeksiya tarqalishini kamaytirish va bemorlar uchun samarali davolash strategiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Ulugbekovich A. M., Haydarovich U. I. The study of the prognostic value of procalcitonin and changes in the blood coagulation system in the course of pulmonary tuberculosis //Journal of Survey in Fisheries Sciences. – 2023. – T. 10. – №. 1S. – S. 3217-3247. 2. Abdukarimov M. U., Usmonov I. Kh., Quantitative Changes in Procalcitonin Levels in Pulmonary Tuberculosis, American Journal of Medicine and Medical Sciences, Vol. 14 No. 10, 2024, pp. 2557-2559. doi: 10.5923/j.ajmms.20241410.24. 3. Abdukarimov M.U., Usmanov I.Kh. - Destruktiv o‘pka tuberkulyozi bilan kasallangan bemorlardagi sub’ektiv tekshiruv natijalari va komorbid xolatlar // Vestnik assotsiatsii pulmonologov sentralnoy Azii № 2 2024 – c.100-105 4. Abdukarimov

Доказательный фрагмент

«tadqiqotda destruktiv va nodestruktiv tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda qon ivish tizimi va yallig‘lanish biomarkerlarining o‘zgarishlari o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

tadqiqotda destruktiv va nodestruktiv tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarda qon ivish tizimi va yallig‘lanish biomarkerlarining o‘zgarishlari o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
PSR, IGRA-test, Kalit so‘zlar: tuberkulyoz, prokalsitonin, D-dimer, qon ivish tizimi, destruktiv tuberkulyoz, diagnostika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники