К содержанию
РецензированоUZ2025

GEMODIALIZDAGI BEMORLARDA STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING KLINIK DIAGNOSTIKASI

GEMODIALIZDAGI BEMORLARDA STOMATOLOGIK · KASALLIKLARNING KLINIK DIAGNOSTIKASI · Olimova Dildora Vohid qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 21 · 112–119 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada gemodializdagi bemorlarda uchraydigan asosiy stomatologik kasalliklarning klinik diagnostikasi yoritilgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, bu bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida keng tarqalgan muammolar – kserostomiya, uremik stomatit, paradontal kasalliklar va osteodistrofiya – immunitetning pasayishi va metabolik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Maqolada kasalliklarning tashxislash usullari, ularni differensial tashxis qilish va asosiy diagnostik mezonlar batafsil bayon etilgan. Gemodializdagi bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarini erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu holatlarning rivojlanishi bemorning umumiy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kalit so‘zlar: Gemodializ, stomatologik kasalliklar, klinik diagnostika, uremik stomatit, kserostomiya, Paradontal kasalliklar, osteodistrofiya Kirish. Bugungi kunda gemodializga muhtoj bo‘lgan bemorlarning soni ortib bormoqda. Surunkali buyrak kasalligi (SBK) dunyo bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, uning oxirgi bosqichi – buyrak yetishmovchiligi bo‘lib, bunday bemorlar hayotini saqlab qolish uchun gemodializga muhtoj bo‘ladilar. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, SBK bilan kasallanganlar orasida gemodializga ehtiyoj sezadigan bemorlar soni har yili o‘rtacha 6-8% ga oshmoqda[1.2]. Gemodializ buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlar uchun eng keng tarqalgan muolajalardan biri bo‘lib, u tanadan ortiqcha toksinlar, elektrolitlar va suyuqlikni chiqarib tashlashga yordam beradi. Biroq, uzoq muddatli gemodializ muolajalari natijasida bemor organizmida turli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ayniqsa, elektrolitlar muvozanatining buzilishi, immunitetning pasayishi 244 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. va suyak to‘qimalarining zaiflashishi og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga bevosita ta’sir qiladi[3.4]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gemodializdagi bemorlar orasida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari juda keng tarqalgan: Kserostomiya (og‘iz qurishi) – 30-60% Paradontal kasalliklar (gingivit va parodontit) – 50-80% Uremik stomatit – 20-40% Osteodistrofiya va suyak rezorbsiyasi – 25-50% Kandidoz va boshqa qo‘ziqorin infeksiyalari – 20-35% Bunday kasalliklarning yuqori uchrash darajasi gemodializ bemorlarining umumiy salomatligi bilan bog‘liq bo‘lib, buyrak yetishmovchiligi natijasida immunitet zaiflashishi va metabolik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan izohlanadi[2.4]. Gemodializdagi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining yuqori darajada uchrashiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: 1. So‘lak ajralishining kamayishi – Dializ jarayoni tanadan ortiqcha suyuqlikni olib tashlagani sababli so‘lak ishlab chiqarish kamayadi. 2. Elektrolit disbalansi – Kaltsiy va fosfor muvozanatining buzilishi jag‘ suyaklarining zaiflashishiga olib keladi. 3. Uremik toksinlarning to‘planishi – Qon tarkibida to‘planib qoladigan toksik moddalarning ko‘payishi og‘iz shilliq qavati yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. 4. Immunitetning pasayishi – Gemodializ bemorlarida immun tizimi zaiflashgani sababli infeksiyalar tez-tez uchraydi. 5. Oziqlanish buzilishi – Temir, vitamin D, B12 yetishmovchiligi og‘iz bo‘shlig‘ining holatiga ta’sir qiladi. Yuqoridagi omillar sababli, gemodializdagi bemorlar stomatologik kasalliklarga nisbatan ancha moyil bo‘lib, ularni doimiy kuzatish va profilaktika tadbirlari amalga oshirilishi zarur. 245 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Gemodializdagi bemorlarda stomatologik kasalliklarning klinik diagnostikasi Gemodializ bemorlarida uchraydigan stomatologik muammolarni aniqlash uchun kompleks diagnostik yondashuv talab etiladi. Klinik tashxis qo‘yishning asosiy bosqichlari anamnez yig‘ish, vizual tekshiruv, maxsus laborator va instrumental tadqiqotlar yordamida kasalliklarni aniqlashdan iborat. Birinchi bosqichda bemorning umumiy ahvoli, gemodializ davomiyligi va stomatologik shikoyatlari o‘rganiladi. Og‘iz qurishi, milklarning qonashi, og‘riq yoki yallig‘lanish kabi belgilar bemorning klinik holatini baholashda muhim rol o‘ynaydi. Vizual tekshiruvda og‘iz shilliq qavatining rangi, strukturasi, til va milklarning shishishi hamda qonash darajasi aniqlanadi. Kserostomiya diagnostikasida bemorning sub’ektiv shikoyatlari bilan bir qatorda, ob’ektiv baholash ham amalga oshiriladi. So‘lak sekretsiyasining kamayishi maxsus testlar orqali aniqlanib, til va shilliq qavatning quruqlik darajasi baholanadi. Paradontal kasalliklarni aniqlashda Paradontal cho‘milgich yordamida milklarning qonash darajasi va gingival cho‘ntak chuqurligi o‘lchanadi. Ushbu usul yordamida gingivit va parodontitning rivojlanish bosqichi aniqlanadi. Tish kariesini tashxislash vizual baholash, rentgenografiya va maxsus indikator suyuqliklari yordamida amalga oshiriladi. Ayniqsa, rentgenografiya kariesning dastlabki bosqichlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Uremik stomatit tashxisida og‘iz shilliq qavatidagi o‘zgarishlar, eroziyalar va og‘riqning mavjud

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada gemodializdagi bemorlarda uchraydigan asosiy stomatologik kasalliklarning klinik diagnostikasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada gemodializdagi bemorlarda uchraydigan asosiy stomatologik kasalliklarning klinik diagnostikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kserostomiya, stomatologik kasalliklar, Paradontal kasalliklar, osteodistrofiya, uremik stomatit, Kalit so‘zlar: Gemodializ, klinik diagnostika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники