К содержанию
РецензированоUZ2025

ENSEFALAPATIYANI TASHXISLASHDA MRT TEKSHIRUVINING AHAMIYATI

Shukurova Sevara Ilhomovna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ensefalopatiyalar tushunchasi, ularning turlari,kelib chiqish sabablari, tashxislash usullari va davolashdagi zamonaviy yondashuvlarmuhokama qilinadi. Ensefalopatiyalar — markaziy asab tizimining shikastlanishinatijasida paydo bo‘ladigan patologik holatlar bo‘lib, ular inson hayoti sifatiga jiddiyta’sir ko‘rsatadi. Maqolada erta tashxis va davolash muhimligi, shuningdek, profilaktika choralari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ensefalopatiya, markaziy asab tizimi, tashxislash, avolash strategiyalari, profilaktika. Ensefalopatiya — markaziy asab tizimidagi funksional yoki struktur o‘zgarishlar bilan tavsiflanuvchi holatdir. Bu shikastlanish turli omillar, jumladan, toksik, ishemik, infeksion yoki metabolik jarayonlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Uning tarqalishi, xususan, zamonaviy stress va ekologiya holatlari bilan bog‘liq ravishda oshib bormoqda. Bu patologiyani erta aniqlash va davolashning zamonaviy strategiyalarini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Materiallar va metodlar Tadqiqot doirasi: 1.Markaziy asab tizimi patologiyasi bo‘lgan 150 nafar bemor tadqiq qilindi. 2.Diagnostika uchun MRT, KT va EEG (elektroensefalogramma) kabi usullardan foydalanildi. 3.Qon va biokimyoviy tahlillar orqali metabolik holatlar o‘rganildi. Analiz usullari: 1.Ensefalopatiyalarning turlari va sabablarini aniqlash uchun statistik tahlil qo‘llanildi. 2.Davolash samaradorligini baholash uchun 6 oylik monitoring amalga 268 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. oshirildi. Natijalar: 1. Ensefalopatiyalar tasnifi: Mazkur tadqiqotda ensefalopatiyaning tasnifiga ko‘ra, tashhis qo‘yib o‘rganilgan 150 nafar bemorlarni quyidagi turlarga ajratildi: 33 % bemorlarda tug‘ma ensefalopatiyalar, ya’ni genetik mutatsiyalar va homiladorlik vaqtidagi turli patologiyalar sababli paydo bo‘ladi.  77 % bemorlarda ortiqtirilgan ensefalopatiyalar, ya’ni ishemik, toksik, infeksion yoki travmatik jarayonlar natijasida rivojlangan. 2. Etiologik omillar: 1.Toksik ta’sirlar: alkogolizm, og‘ir metallar va kimyoviy moddalar. 2. Metabolik buzilishlar: qandli diabet, gipotireoz yoki giperglikemiya. 3. Ishemik holatlar: qon aylanishining buzilishi va gipoksiya. 4.Infeksion omillar: viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar. 5. Travmatik jarayonlar: bosh miya shikastlanishlari va postkontuziya holatlari. 3. Diagnostika imkoniyatlari. Muhokama Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ensefalopatiyalarning diagnostikasida integrativ yondashuv samaralidir. Zamonaviy instrumental va laboratoriya usullarini birlashtirish orqali yuqori aniqlikka erishish mumkin. Davolash imkoniyatlari 1.Toksik ensefalopatiya:zararli moddalarni detoksikatsiya qilish. 2. Metabolik ensefalopatiya:asosiy kasallikni davolash (masalan, insulin terapiyasi). 3. Ishemik ensefalopatiya: antikoagulyantlar yoki vazodilatatorlarni qo‘llash. 4. Infeksion ensefalopatiya: antibiotiklar, antivirus yoki antigribok vositalar. 269 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Profilaktika strategiyalari 1. Zararli odatlardan qochish. 2. Bosh miya shikastlanishlari xavfini kamaytirish 3.Metabolik kasalliklarni erta aniqlash va nazorat qilish. 4.Reyningga muvofiq to‘g‘ri ovqatlanish va faol hayot tarzi Xulosa Ensefalopatiyalar jiddiy nevrologik patologiyalar bo‘lib, ularning erta aniqlanishi va davolashi bemorning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Mazkur maqolada kasalliklarning patogenezi, tashxisi va davolash strategiyalari yoritilgan bo‘lib, ular tibbiy amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Tavsiyalar: Zamonaviy tibbiyotda profilaktika va erta tashxis strategiyalariga alohida e’tibor qaratish kerak FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 1. Shukurova, S., & Eshonkulov, а. (2025). Buxorodа oziq-ovqаt sifаtidа ishlаtilаdigаn bа'zi dorivor oʼsimliklаr. в central asian journal of education and innovation (т. 4, выпуск 1, сс. 146–148). zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14792383 2.Shukurov, I. B., & shukurova, s. i. (2025). O'tkir pankreatit rivojlanishi dinamikasida sitokin sistemasidagi o'zgarishlar va ularni sitoxrom c va sandostatin bilan korrektsiyalash. в central asian journal of education and innovation (т. 4, Выпуск 1, сс. 149–153). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14792401 3. Шукурова, С. (2024). Mетодология развития критического оперативного мышления через педагогическая коммуникация при преподавании науки медицинской радиологии в вузах медицинского образования. в central asian journal of academic research (Т. 2, Выпуск 10, сс. 5–9). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.13893029 270

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ensefalopatiyalar tushunchasi, ularning turlari,kelib chiqish sabablari, tashxislash usullari va davolashdagi zamonaviy yondashuvlarmuhokama qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ensefalopatiyalar tushunchasi, ularning turlari,kelib chiqish sabablari, tashxislash usullari va davolashdagi zamonaviy yondashuvlarmuhokama qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
avolash strategiyalari, markaziy asab tizimi, Kalit so‘zlar: ensefalopatiya, tashxislash, profilaktika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники