Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHANOQ-SON BO‘G‘IMI ENDOPROTEZLASH AMALIYOTIDAN KEYINGI OG‘RIQNI BOSHQARISHDA MULTIMODAL ANALGEZIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
ANALGEZIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH · Ramazanova Zarina Faritovna · Muralimova Ranogul Simai qizi · Xolxo‘jayev Sherzod Yunus o‘g‘li
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Ushbu tadqiqot chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash amaliyotidan keyin multimodal analgeziyaning (MA) samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot 40-60 yosh oralig‘idagi 30 bemorda o‘tkazildi. Ular ikki guruhga bo‘lindi: 1-guruh faqat opioid analgetiklar, 2-guruh esa NSAID + paratsetamol + opioid kombinatsiyasida multimodal analgeziya qabul qilgan. Og‘riqni baholash VAS shkalasi bilan amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, multimodal analgeziya og‘riqni kamaytirishda samaraliroq bo‘lib, opioidga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi. Kalit so‘zlar: multimodal analgeziya, opioid, NSAID, chanoq-son bo‘g‘imi, endoprotezlash, VAS, paracetamol. Mavzuning dolzarbligi: Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyalaridan keyingi og‘riqni boshqarish katta ahamiyatga ega, chunki kuchli og‘riq bemorlarning reabilitatsiya jarayonini sekinlashtiradi va asoratlar xavfini oshiradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 1,5 milliondan ortiq chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasi o‘tkaziladi va bu son yildan yilga oshib bormoqda[1,2] Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, operatsiyadan keyin bemorlarning 30-50% da og‘riq sindromi yuqori darajada saqlanib qoladi[3,4]. Jarrohlikdan keyingi og‘riqni adekvat 292 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. boshqarish erta reabilitatsiya,qon bosimi va yurak urishini barqaror saqlash,opioidlarga qaramlikni kamaytirishga olib keladi[5]. Tadqiqot maqsadi: Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasidan keyin multimodal analgeziya usulining samaradorligini baholash. Tadqiqot material va usullari: Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi 2-son Anesteziologiya va reanimatologiya boʻlimida 40-60 yosh oralig‘idagi chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasi o‘tkazilgan,hech qanday og‘ir surunkali kasalliklarga ega bo‘lmagan,opiatlarga, NSAIDlarga allergik reaksiyasi yoʻq boʻlgan 30 nafar bemorda o‘tkazildi. Ular ikki guruhga bo‘lindi: 1-guruh (kontrol): 7 erkak, 8 ayol, faqat opioidlar. 2-guruh (asosiy): 7 erkak, 8 ayol, NSAID, paratsetamol va opioid kombinatsiyasida multimodal analgeziya qilindi. Og‘riq baholashda VAS (Visual Analogue Scale) shkalasidan foydalanildi. Statistik tahlil Student t-testi yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari: Multimodal analgeziya qo‘llanilgan bemorlarda og‘riq darajasi tezroq pasaygan. Dastlab natija statistik jihatdan ahamiyatli emas (p > 0.05), ya’ni opioid va multimodal guruhlar o‘rtasida og‘riq kamayishi bo‘yicha sezilarli farq yo‘q. 6-soatdan boshlab multimodal analgeziya sezilarli ustunlik ko‘rsatgan (p < 0.05). 12-soatdan boshlab multimodal guruhda VAS ballari sezilarli darajada past bo‘lib, 24 soatdan keyin 39-44% kamayish kuzatilgan (p < 0.01). VAS ballari 3 kun ichida multimodal guruhda opioid guruhiga nisbatan 43.75% ga kamaygan va statistik jihatdan juda ahamiyatli(p < 0.01).1-guruhda o‘rtacha opioid doza 18.4 ± 3.2 mg ni tashkil qilgan.2-guruhda esa ushbu ko‘rsatkich 10.7 ± 2.6 mg gacha kamaygan (p < 0.01). Opioidga qo‘shimcha ehtiyoj 1-guruhda 46.7% (7/15) bo‘lsa, 2-guruhda bu ko‘rsatkich 20% (3/15) gacha pasaygan (p < 0.05). Ushbu natijalar multimodal analgeziyaning opioidga bo‘lgan umumiy ehtiyojni 42% gacha kamaytirganligini ko‘rsatadi. Bemorlarning opioidga qo‘shimcha ehtiyoji esa 2.3 barobar kamaygan, bu multimodal yondashuvning og‘riqni samarali boshqarishdagi muhimligini ko‘rsatadi. 293 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Multimodal analgeziyaning an’anaviy (opioid) analgeziyaga nisbatan samaradorligi quyidagicha baholandi: O‘rtacha samaradorlik farqi (VAS bo‘yicha): 25.02% yaxshiroq. Statistik ishonchlilik: p = 0.0046 (p < 0.05), ya’ni natija ishonchli. Bu multimodal analgeziya opioid monoterapiyasiga nisbatan 25% samaraliroq ekanini va ushbu farq statistik jihatdan ishonchli(p < 0.05) ekanini ko‘rsatadi. Xulosa: Multimodal analgeziyaning samaradorligi 6-soatdan boshlab statistik jihatdan ishonchli (p < 0.05), 12-soatdan keyin esa juda ishonchli (p < 0.01), ya’ni 99% ishonchlilik darajasiga ega.Multimodal analgeziya anʼanaviy analgeziya bilan solishtirganda 28.88%ga samarali va ishonchli (P<0.01) boʻldi.Qon bosimi va yurak urish tezligi multimodal guruhda stabillashgan, bu esa og‘riq darajasining pastroq ekanligini bildiradi. Multimodal analgeziya opioid ehtiyojiniini 42% ga kamaytirib, bemorlarning qo‘shimcha opioid talabini deyarli 2.3 barobar pasaytirgan. Bu multimodal yondashuvning ishonchli(p < 0.001) va xavfsiz ekanligini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1.WHO Guidelines for the pharmacological and radiotherapeutic management of cancer pain in adults and adolescents. World Health Organization, 2021. 2.Chou R., et al. (2016). Management of postoperative pain: a clinical practice guideline from the American Pain Society, the American Society of Regional Anesthesia and Pain Medicine, and the American Society of Anesthesiologists. The Journal of Pain, 17
Доказательный фрагмент
«Ushbu tadqiqot chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash amaliyotidan keyin multimodal analgeziyaning (MA) samaradorligini baholashga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tadqiqot chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash amaliyotidan keyin multimodal analgeziyaning (MA) samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: multimodal analgeziya, endoprotezlash, VAS, opioid, chanoq-son bo‘g‘imi, NSAID, paracetamol.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024