Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
REVMATOID ARTRIT RIVOJLANISHIDA PATOGENETIK VA ETIOLOGIK OMILLARNING ROLI
ETIOLOGIK OMILLARNING ROLI · Axmedova Firangiza Kaxramonovna
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada revmatoid artrit (RA) kasalligining asosiy xususiyatlari, uning rivojlanish omillari va davolash usullari yoritilgan. Revmatoid artrit surunkali yallig‘lanish jarayoni bilan kechuvchi tizimli kasallik bo‘lib, avvalo qo‘llar, barmoqlar va bilaklardagi mayda bo‘g‘imlarni zararlaydi. Kasallik patogenezi autoimmun mexanizmlarga asoslangan bo‘lib, immun tizimining gomeostazining buzilishi natijasida rivojlanadi. Shuningdek, maqolada RA diagnostikasi, klinik belgilari va zamonaviy terapevtik yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: kalsiy, revmatoid artrit, bo‘g‘imlar, immun javob, suyak to‘qimasi, yallig‘lanish, genetik predispozitsiya. KIRISH. Revmatoid artrit (RA) – autoimmun xastalik bo‘lib, bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi bilan kichadi, Aasosan bo‘g‘imlarning shikastlanishi bilan tavsiflanadigan tizimli yallig‘lanish kasalligidir. Kasallikning nomi qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, "bo‘g‘im yallig‘lanishi" degan ma’noni anglatadi. RA etiologiyasi hali to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa-da, uning rivojlanishida genetik moyillik, infektsion agentlar hamda immun tizimi disfunksiyasi yetachi omillar sifatida e’tirof etiladi. Kasallik patogenezi va etiologiyasini tushunish RA diagnostikasi hamda davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga egaErta bosqichdagi RA bilan og‘rigan bemorlarning prognozini eng aniq baholash imkonini beruvchi testlar va diagnostika vositalari hanuzgacha aniq belgilanmagan. Shuningdek, turli dorivor muolajalarga bemorlarning javobini oldindan bashorat qilishga imkon beruvchi o‘zgaruvchilar haqida ham to‘liq ma’lumot mavjud emas.So’ggi yillarda RAda umr ko’rish davomiyligining pasayishining asosiy sababi ateroskleroz bilan 301 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. bog’liq bo’lib, yurak-qon tomir tizimida asoratlar rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. RA bilan og’rigan bemorlarda qon tomir tizimida kasalliklarni tez-tez namoyon bo’lishi lipid almashinuvining buzilishi bilan bog’liqligi shifokorlarga malum, ammo bu kasalliklarning rivojlanish mexanizmlari to’liq ochib berilmagan. Ushbu muammoni hal qilishda RA bilan og’rigan bemorlarda maqsadli diagnostika va davolash muhim rol o’ynaydi. RA bilan og’rigan bemorlarda bazis davo fonida statinlarni qo’llash sogayishni tezlashtiradi, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishga yordam beradi. Patogenez va etiologik omillar Revmatoid artrit rivojlanishida asosiy rolni autoimmun reaktsiyalar egallaydi. Ushbu jarayon quyidagi bosqichlarda namoyon bo‘ladi:1.Genetik redispozitsiya:Autoimmun kasalliklarga moyillik irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa HLA-DR1 va HLA-DR4 antigenlarini kodlovchi MHC II sinfi genlari muhim ahamiyat kasb etadi. Infektsion omillar:RA rivojlanishiga virus va bakteriyalar sabab bo‘lishi mumkin. Jumladan, Epstein-Barr virusi, parotit virusi, herpes viruslari va T- limfotrop viruslari autoimmun mexanizmlarni qo‘zg‘atishi mumkin.Atrof-muhit omillari:Chekish, ekologik ifloslanish, chang va zararli kimyoviy moddalarga ta’sir RA patogenezini kuchaytirishi mumkin.Ichki mikrobiom holati ham immun javobning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.Immunologik mexanizmlar:Kasallik patogenezida revmatoid omillar (RF) va modifikatsiyalangan proteinlarga (ACPA, AMPA, aCarP, AAPA) qarshi autoantitanalar muhim ahamiyatga ega.T va B- limfotsitlarining sinovial to‘qimalarga migratsiyasi yallig‘lanish jarayonining davomiyligini ta’minlaydi.Sitokinlar (IL-1, IL-6, TNF-α) va araxidon kislotasi metabolitlari bo‘g‘im to‘qimalarida degenerativ o‘zgarishlarni kuchaytiradi. Klinik manzarasi. RA odatda bilak, qo‘l va barmoqlarning mayda bo‘g‘imlaridan boshlanadi va simmetrik tarzda rivojlanadi. Kasallikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 302 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Bo‘g‘imlarning og‘rishi va shishishi.rtalabki harakat cheklanganligi (jutish sindromi)Charchoq va mushak og‘rig‘i, tana haroratining biroz oshishi,remissiya va zo‘rayish fazalarining almashishi,kamqonlik, ishtaha pasayishi va vazn yo‘qotish, sekretsiya bezlari disfunksiyasi (quruq ko‘zlar va og‘iz qurishi). Kasallik rivojlangan hollarda xaftaga va suyak to‘qimalari shikastlanib, og‘ir deformatsiyalar va harakat cheklovlariga olib keladi. Diagnostika Revmatoid artritni aniqlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: Laborator tahlillar: Revmatoid omil (RF) va anti-CCP antitanalar Eritrositlar cho‘kish tezligi (ECHT) va C-reaktiv oqsil (CRP) darajasi Tasviriy diagnostika: Rentgenologik tekshiruvlar,MRI va ultratovush teshiruvlari (sinovial yallig‘lanishni baholash uchun) Davolash. RA davolash strategiyasi kasallikning bosqichiga qarab belgilanadi va quyidagi asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi:Dori vositalari bilan davolash:Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYQD) – simptomlarni yengillashtirish uchun.Glyukokortikosteroidlar – yallig‘lanish jarayonini bostirish maqsadida. Bazisli immunosupressiv terapiya: Metotreksat, leflunomid,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada revmatoid artrit (RA) kasalligining asosiy xususiyatlari, uning rivojlanish omillari va davolash usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada revmatoid artrit (RA) kasalligining asosiy xususiyatlari, uning rivojlanish omillari va davolash usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yallig‘lanish, suyak to‘qimasi, genetik predispozitsiya., Kalit so‘zlar: kalsiy, revmatoid artrit, immun javob, bo‘g‘imlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024