К содержанию
РецензированоUZ2025

PSIXOLOGIYA VA TIBBIYOT: PSIXOTERAPIYA, PSIXOSOMATIKA YO‘NALISHIDAGI INNOVATSIYALAR

PSIXOSOMATIKA YO‘NALISHIDAGI INNOVATSIYALAR · Aymuratova Gulayim Raxatovna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy psixologiya va tibbiyot kesishmasida shakllanayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, psixoterapiya va psixosomatika yo‘nalishidagi texnologik yangiliklar, virtual reallik, sun’iy intellekt, onlayn terapevtik xizmatlar va psixofiziologik boshqaruv texnikalari, ularning ilmiy va amaliy jihatlari, zamonaviy texnologiyalar orqali erishilayotgan terapevtik natijalar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, ushbu holat yuzasidan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan salohiyatlar to’g’risida so’z yuritiladi. Kalit so‘zlar: psixoterapiya, psixosomatika, innovatsiya, sun’iy intellekt, virtual reallik, onlayn terapevtik xizmatlar. Inson salomatligi haqida zamonaviy tushunchalar jismoniy sog‘liq bilan bir qatorda ruhiy va psixologik holatni ham o‘z ichiga oladi. Bu yondashuv, ayniqsa, so‘nggi o‘n yilliklarda tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan tibbiyot va psixologiya fanlarining integratsiyasi natijasida shakllangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) salomatlikni “faqat kasallik yoki jismoniy nuqsonning yo‘qligi emas, balki to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati” deb ta’riflaydi [1]. Bu ta’rif salomatlikni multidisiplinar yondashuv orqali o‘rganish zaruratini taqozo etadi. Bugungi kunda tibbiyot va psixologiya bir-birini to‘ldiruvchi ikki muhim yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Xususan, psixoterapiya va psixosomatika yo‘nalishlari inson organizmidagi ruhiy va jismoniy tizimlarning o‘zaro ta’sirini chuqur tahlil qilish imkonini bermoqda. Psixoterapiya — bu ruhiy holat buzilishlarini davolash va psixologik yordam ko‘rsatishga qaratilgan tizimli yondashuv bo‘lsa, psixosomatika esa ruhiy omillarning jismoniy kasalliklar rivojiga ta’sirini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalishdir [2]. Zamonaviy davrda bu ikki 22 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. yo‘nalish innovatsion texnologiyalar bilan boyitilmoqda. Shuningdek, “biopsixososial model” doirasida inson salomatligiga yondashuv — ya’ni biologik, psixologik va ijtimoiy omillar uyg‘unligini hisobga olish — butun dunyoda sog‘liqni saqlash siyosatining muhim elementi sifatida qaralmoqda. Bu model asosida kasallikni nafaqat simptom darajasida, balki uning sabablarini chuqur tahlil qilish orqali davolashga intilish kuzatilmoqda [3]. Psixoterapiya yo‘nalishidagi innovatsiyalarga quyidagilar misol bo'ladi: - Onlayn psixoterapiya va mobil platformalar - texnologik rivojlanish psixoterapiya xizmatlarini jismonan mavjud bo‘lmagan holda ham taqdim etishga imkon berdi. “Talkspace”, “BetterHelp” kabi platformalar minglab foydalanuvchilarga qisqa vaqt ichida professional yordam olish imkonini yaratmoqda. O‘zbekiston sharoitida ham lokal platformalar va mobil ilovalar ishlab chiqish istiqbollari mavjud; - Virtual reallik (VR) terapiyasi - fobiyalar, post-travmatik stress buzilishi (PTSB), ijtimoiy xavotir kabi buzilishlarda VR orqali ekspozitsion terapiya amalga oshirilmoqda. VR orqali bemor xavotir uyg‘otuvchi holat bilan simulyatsion tarzda tanishtirilib, ruhiy bardoshlilikka erishish maqsad qilinadi; - Sun’iy intellekt asosida terapiya - AI asosidagi virtual terapevtlar foydalanuvchining so‘z va hissiyotlarini aniqlash orqali avtomatlashtirilgan maslahatlar berishga qodir. Ushbu usullar terapevt tanqisligi bo‘lgan hududlarda ayniqsa foydali bo‘lishi mumkin. Psixosomatika sohasidagi innovatsiyalar: - Biopsixososial modelning keng qo‘llanilishi - yurak-qon tomir kasalliklari, shqozon-ichak sindromlari, dermatologik muammolar va boshqa ko‘plab kasalliklar stress va psixologik omillar bilan bog‘liq. Biopsixososial model ushbu omillarni birgalikda ko‘rib chiqib, kompleks davolashni nazarda tutadi. - Neurofeedback va biofeedback usullari - bu texnikalar orqali bemor o‘zining fiziologik faoliyatini real vaqt rejimida kuzatadi va ongli boshqarish (masalan, nafas olish, yurak urishini sekinlashtirish) orqali simptomlarni 23 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. kamaytirishga erishadi. Bu usullar uyqusizlik, migren, xavotir kabi holatlarda qo‘llaniladi [4]. - Mindfulness va tanani anglash metodikasi - (ongli hozirlik) asosida tuzilgan mashqlar psixosomatik simptomlarni kamaytiradi. Meditatsiya, body scan (tanani his qilish) va diqqatni nafasga jamlash stress gormonlari darajasini kamaytiradi [5]. O‘zbekistonda psixoterapiya va psixosomatika sohasidagi innovatsion yondashuvlar kun sayin ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi so‘nggi yillarda psixologik xizmatlar sifatini oshirish, ruhiy salomatlik masalalariga e’tiborni kuchaytirish yo‘nalishida muhim islohotlarni boshlab berdi. 2022-yilda tasdiqlangan “Ruhiy salomatlik konsepsiyasi”da aholining psixologik holatini mustahkamlash, psixoterapevtik yordamni birlamchi tibbiy xizmatlarga integratsiya qilish kabi muhim chora- tadbirlar nazarda tutilgan [6]. 2022-yil yakuniga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ruhiy holat bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlar soni 1

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy psixologiya va tibbiyot kesishmasida shakllanayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy psixologiya va tibbiyot kesishmasida shakllanayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
virtual reallik, Kalit so‘zlar: psixoterapiya, innovatsiya, onlayn terapevtik xizmatlar., sun’iy intellekt, psixosomatika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники