Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SLEEVE-REZEKSIYADA 3 BALLONLI OROGASTRAL BARIATRIK ZONDNING SAMARADORLIGI
ZONDNING SAMARADORLIGI · Xamidullayeva Zaynabxon Amangeldi qizi · Xolboʻtayeva Aziza Baxtiyor qizi · Ubaydullayev Javohir Lutfullo oʻgʻli · Toshkent Tibbiyot akademiyasi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada semizlikni davolashda qo‘llaniladigan laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasi jarayonida 3 ballonli orogastral bariatrik zonddan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 2020–2023 yillar oralig‘ida 195 bemor ishtirokida olib borilgan klinik kuzatuvlar asosida, zond qo‘llangan guruhda operatsiya davomiyligi qisqargani, qon ketish xavfi kamaygani, stenozlar bartaraf etilganligi va postoperatsion tiklanish tezlashgani aniqlangan. Maqolada EGDFS orqali olinadigan natijalar, asoratlar darajasi va statistik tahlillar orqali yangi texnologiyaning klinik afzalliklari asoslab berilgan. Ushbu yondashuv semizlikka qarshi jarrohlik usullarining samaradorligini oshirishda istiqbolli texnologiya sifatida tavsiya etiladi. Kalit so’zlar: Sleeve-rezeksiya, bariatrik jarrohlik, semizlik, 3 ballonli orogastral zond, intraoperatsion asoratlar, postoperatsion tiklanish, qon ketish, EGDFS, laparokoskopik operatsiya. Tadqiqotning dolzarbligi. Semizlik dunyo miqyosida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda 2020-yilda ayollarning 22% va erkaklarning 16% semizlik bilan kasallangani kuzatilgan. Prognozlarga ko‘ra, 2035-yilga kelib kattalarning 29% semizlik bilan kasallanadi. Bariatrik jarrohlik semizlikni davolashning samarali usuli bo‘lib, O‘zbekistonda 2022-yilda 614 ta bariatrik operatsiya bajarilgan. Shundan 399 tasi laparokoskopik me’da sleeve- rezeksiya (LMSR) hisoblanadi. 34 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Tadqiqot maqsadi. Semizlikda laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasini bajarishda texnik yondashuvlarni takomillashtirilgan yo‘llarini qo‘llab davolash natijalarini yaxshilash. Mavzuga oid adabyotlarning tahlili. Bariatrik jarrohlik sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar semizlikni davolashda sleeve-rezeksiya eng samarali usullardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Buchwald va Oien (2013) tomonidan olib borilgan tadqiqotda bariatrik jarrohlik usullarining uzoq muddatli natijalari tahlil qilingan bo‘lib, sleeve-rezeksiya bemorlarda tana massasi indeksini (TMI) sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergani aniqlangan[1,3]. Angrisani (2018) tadqiqotida sleeve-rezeksiya jahon miqyosida eng ko‘p bajariladigan bariatrik operatsiyalardan biriga aylangani ta’kidlangan. Bu operatsiyaning kam invazivligi, nisbatan qisqa tiklanish muddati va samaradorligi asosiy omillar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan[2,4,6].Parikh va boshqalar (2007) sleeve-rezeksiya jarrohligida staple chiziqlarini mustahkamlashning ahamiyati bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan. Ushbu tadqiqotda staple liniyalarini mustahkamlash intraoperatsion qon ketish va anastomoz oqish xavfini sezilarli darajada kamaytirishi ko‘rsatilgan[3,5]. Shu sababli, 3 ballonli orogastral zonddan foydalanish bu jarayonda qo‘shimcha xavfsizlik chorasini ta’minlaydi. Rosenthal va hamkorlar (2012) 12 000 dan ortiq bemor ishtirok etgan katta tadqiqotda sleeve-rezeksiya operatsiyalarining natijalarini o‘rganib, jarrohlik davomiyligini qisqartirish, qon ketish va anastomoz oqish xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish muhimligini ta’kidlagan[2,6].Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, sleeve-rezeksiya semizlikni davolashda samarali usul bo‘lib, operatsiya davomida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rish – intraoperatsion va postoperatsion asoratlarni kamaytirishga xizmat qiladi. 3 ballonli orogastral bariatrik zond esa bu yo‘nalishda muhim innovatsion texnologiya hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi Ushbu tadqiqot 2020-2023 yillar davomida olib borilgan bo‘lib, tadqiqot metodologiyasi retrospektiv va qiyosiy tahlil asosida tashkil etildi. Tadqiqotda jami 195 bemor ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilari 35 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. bemorlar ikki guruhga ajratildi: Nazorat guruhi (90 bemor): an’anaviy sleeve- rezeksiya bajarilgan. Asosiy guruh (105 bemor): operatsiya davomida 3 ballonli orogastral zond qo‘llangan. Tadqiqot bosqichlari 1. Jarrohlik amaliyoti: Bemorlar laparokoskopik sleeve-rezeksiya jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. 2. Postoperatsion kuzatuv: Operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni, qon ketish xavfi va boshqa asoratlar qayd etildi. 3. Instrumental tekshiruvlar: EGDFS (ezofagogastroduodenoskopiya) yordamida anastomoz joyida torayish yoki boshqa patologik o‘zgarishlar baholandi. 4. Statistik tahlil: Olingan natijalar statistik jihatdan qayta ishlanib, nazorat va asosiy guruh natijalari qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar va ularning tahlili. Jarrohlik davomiyligi: 3 ballonli zond ishlatilgan bemorlarda o‘rtacha 13 daqiqa qisqargan. (1-jadval). Nazorat guruhida (an’anaviy usul) har bir darajadagi semizlikda operatsiya vaqti asosiy guruhga (3 ballonli zond qo‘llangan) nisbatan sezilarli darajada uzun bo‘lgan. Ayniqsa, III- darajali semizlikda operatsiya o‘rtacha 20 daqiqa qisqargan (94 daqiqa o‘rniga 74 daqiqa). Bu natija 3 ballonli zond yordamida operatsion jarayonni tezlashtirish, vizual nazoratni oshirish va texnik yondashuvni soddalasht
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada semizlikni davolashda qo‘llaniladigan laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasi jarayonida 3 ballonli orogastral bariatrik zonddan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada semizlikni davolashda qo‘llaniladigan laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasi jarayonida 3 ballonli orogastral bariatrik zonddan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 3 ballonli orogastral zond, postoperatsion tiklanish, laparokoskopik operatsiya., EGDFS, bariatrik jarrohlik, intraoperatsion asoratlar, qon ketish, semizlik, Kalit so’zlar: Sleeve-rezeksiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014