Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VAGINAL CANDIDANING ZAMONAVIY MIKROBIOLOGIK DIAGNOSTIKASI
Boltayeva G.Sh. · Mamasoliyeva M.A. · Mirvaliyeva N.R. · Toshkent shahri
Всемирный научно-исследовательский журнал · 191 · 105-114 · 2025
Аннотация
Ayollarning vaginal mikrobiomasida uchrash ko‘rsatkichi yuqori va tur jihatidan eng faol bo‘lgan Candida albicans zamburug‘ining zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullari tahlil qilindi. Laborotoriya tekshiruv natijalariga asoslanib olib borilgan diagnostik tadqiqotlarda kultura, PCR, IFA usullarini amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi. Zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullarining samaradorligini tasdiqlovchi amaliy misollar keltiriladi. Bundan tashqari ayollar salomatligini yaxshilash va vaginal kasalliklarning oldini olish uchun mikrobiologik laborotoriya diagnostikaning integratsiyasiga urg‘u berildi. Ushbu tezisda ginekologiya va mikrobiologiya sohalari integratsiya asosida vaginal Candida albicans ning mikrobiologik diagnostikasi usullari o‘rganildi va yoritib berildi. Tadqiqot maqsadi: O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun qo‘llaniladigan labaratoriya metodlarining amaliyotdagi tahlil va natijalari o‘rganib chiqildi . Material va usullar: 2024 – yil oktabr oyi davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bakteriologik labaratoriyasida vaginal candida albicansning ayollarda uchrash darajasi va infeksiyaning antibiotiklarga sezgirligi tahlil qilindi. Candida albicansni aniqlashda tadqiqot davomida kultura usuli, PCR (polimeraza zanjiri reaktsiyasi), IFA (immuna ferment analiz) usullari o‘rganildi. Natija. Oktyabr oyida jami 26 nafar bemor ishtirokida tahlil o‘tkazildi.Vaginal kandidoz belgilari bo‘lgan ayollarni yoshi va oldingi davolanishidan qat’iy nazar kiritildi.Candida albicans infeksiyasi bo'yicha tashxis qo'yish jarayonida, bemorning vagina, uretra, uterus cervix qismlaridan tampon 154 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. namunalari olindi. To‘plangan tamponlar uchun tahlil statistik usul ma’lumotlariga ko‘ra: 6 nafar 10³(23,0%), 7 nafar 10⁵(27,0%), 13 nafar 10⁴(50,0%) bemorlar ko‘rsatkichlari aniqlandi. Candida albicansning uchrash darajasi bilan birgalikda quyidagi antibiotiklarga sezgirligi ham aniqlandi: dermazol, nistatin, flyukanazol, klotrimazol, futsis, mikoflyu, biflurin, siksan; Antibiotiklarga chidamlilik darajasini aniqlashda jami 56 nafar bemorlardan analiz tahlil natijalari olindi. Flyukanazol 5(8,9%) Mikoflyu 2(3,57%) Futsis 6(10,71%), Biflurin 8(14,28%) kabi antibiotiklar yuqori sezgirlikni ko‘rsatdi, bu esa ularni samarali davolash vositalari sifatida tavsiya etishga asos bo‘ladi.Antibiotiklarga sezgirlig ko‘rsatkichi past bo‘lgan antibiotiklar: Dermazol 12(21,42%), Nistatin 8(14,3%), Klotrimazol 5(8,92%),Siksan 10(17,85%) tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotda samarali davolash rejasini shakllantirishda, yuqori sezgirlikka ega antibiotiklarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa. Candida albicans bilan kasallangan bemorlardan olingan analiz (tampon orqali) natijalar tahlil qilindi.Bir oy davom etgan tadqiqot amaliyoti davomida candida albicansning antibiotiklarga sezgirligi quyidagi tartibda o’rganildi: 21 (37,46 %) nafar ayollarda ijobiy natijani qayd etildi. Uchrash darajasi bòyicha tahlillar shuni ko‘rsatadiki, amaliyotda 10⁵dan yuqori natijalar yuqori konsetratsiyali infeksiyalar mavjud emasligi aniqlangan. Bu esa bemorlarning holatini yanada o‘rganishni talab qiladi va ularning davolash strategiyalarini optimallashtirishga yordam beradi.
Доказательный фрагмент
«Ayollarning vaginal mikrobiomasida uchrash ko‘rsatkichi yuqori va tur jihatidan eng faol bo‘lgan Candida albicans zamburug‘ining zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullari tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAyollarning vaginal mikrobiomasida uchrash ko‘rsatkichi yuqori va tur jihatidan eng faol bo‘lgan Candida albicans zamburug‘ining zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullari tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- candida albicans, candida albicansning, uchrash darajasi, antibiotiklarga sezgirligi, zamonaviy mikrobiologik, mikrobiologik diagnostika, vaginal candida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026