Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
STABIL, NOSTABIL VA VAZOSPASTIK STENOKARDIYA TURLARI BO‘YICHA KLINIK TAHLIL
BO‘YICHA KLINIK TAHLIL · Nilufar R Muhsimova · Dinora M Orziqulova · Mushtariybonu A.
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Стенокардия является одной из актуальных тем в медицине, требующих постоянного изучения. Совершенствование методов диагностики, фармакотерапии и лечения данного заболевания способствует повышению качества жизни и увеличению продолжительности жизни человека. Ранняя диагностика стенокардии играет важную роль в предотвращении сердечной недостаточности и инфаркта. В настоящее время 180 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. это одно из наиболее распространенных заболеваний, характеризующееся различными этиологическими факторами. Клинически стенокардия подразделяется на стабильную, нестабильную и вазоспастическую формы. В данной статье проанализированы клинические особенности стабильной, нестабильной и вазоспастической стенокардии, рассмотрены этиологические факторы и электрокардиографические характеристики. Ключевые слова: стенокардия, стабильная, нестабильная, вазоспастическая, электрокардиография, эхокардиография, коронарная ангиография, бета-блокаторы, статины, антитромбоцитарные препараты, нитраты. Kirish. Stenokardiya - yurak mushaklarining yetarlicha kislarod bilan taminlanmasligi natijasida yuzaga keladigan yurak ishemik kasalliklaring asosiy ko‘rinishlaridan va yurak-qon tomir kasalliklarining eng keng tarqalgan va eng halokatli turlaridan biri bo'lib, KVH bilan bog'liq barcha o'lim holatlarining 45% ga sabab bo'ladi. IHD, toraygan yoki bloklangan arteriyalar tufayli yurakka qon ta'minoti kamayganida paydo bo'ladi [1]. Asosiy sabab, qon tomirlarning aterosklerotik shikastlanishi, spazmi yoki tromboz, emboliyalar oqibatida kelib chiqadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatgan ma’lumotlarga ko‘ra yurak- qon tomir kasalliklari bo‘yicha o‘lim ko‘rsatkichi birinchi o‘rinda turadi. Stenokardiya buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab stenokardiya bilan kasallangan bemorlar soni yildan – yilga ortib bormoqda. Masalan, 2018 – yilda 19,58 million bo‘lgan stenokardiya bilan tashxislangan holatlar soni 2028 – yilga kelib 22,79 millionga yetishi prognoz qilingan. 45 – 65 yoshdagi g‘arbiy erkaklarda stenokardiya bilan yillik kasallanish 1% ni tashkil qiladi, ayollarda esa bir oz ko‘proq. Tarqalishi har ikki jinsda ham yoshga qarab ortadi [2]. Stenokardiya bilan o‘g‘rigan bemorlarning asosiy yoshi erkaklar uchun 65 yosh va ayollar uchun 70 yosh. O‘zbekiston Respublikasida stenokardiya kasalligi so‘ngi 5 yilda sezilarli darajada ortgan. 2019- yilda stenokardiyaga 181 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. chalinganlar 170 mingga yaqin bemor qayt etilgan. Oxirgi 5 yilda stenokardiya bilan kasallanganlar 28% ga oshgan [3]. Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng reabilitatsiya qilishning zamonaviy tamoyillarini ishlab chiqish va qo‘llash dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Bemorlarni o‘qitish va ularning turli jismoniy reabilitatsiya dasturlarida ishtirok etish muhim ahamiyatga ega [4,5]. Shundan ko‘rinib turibtikiy stenokardiya rivojlanib borayotgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda stenokardiyani o‘rganishdan maqsad erta tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda 2025 – yil fevral va mart oylarida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi Respublika Kardioreabilitatsiya bo‘limida stenokardiya bilan og‘rigan 30 ta bemorda kuzatish olib borildi. Kuzatish olib borilganida ularda turlicha etalogik sabablar natijasida kelib chiqqanligi aniqlandi. Kuzatilgan bemorlardan 17 tasi ayol qolgan 13 tasi erkaklar tashkil qiladi. O‘rtacha yoshi bemorlar ichida 60 yoshni tashkil qildi. Bu ma’lumotlar stenokardiyani ko‘proq keksa yoshdagi insonlarda uchrashni ko‘rsatdi. 0% 20% Stabil stenokardiya 50% Nostabil stenokardiya 30% Vazospastik stenokardiya 1 – Diagramma. Sternokardiya kasalligi turlari bo‘yicha uchrash foizlari. 182 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Hozirda ko‘proq stabil stenokardiya uchrashini ko‘rishimiz mumkin. Bemorlarimiz ichida stenokardiya turlari yosh bo‘yicha ham farqlanishlar bo‘ldi. 1 Stabil stenokardiya 40-60-yosh 2 Nostabil stenokardiya 60 yoshdan yuqori 3 Vazospastik stenokardiya 20-40-yosh 1 – Jadval. Stenokardiya kasalligini turlari bo‘yicha yosh ko‘rsatgichlari Stenokardiya bilan kasallangan bemorlardan anamnez yig‘ildi. Bemorlardan stenokardiya alomatlari, xavf omillari va oilaviy anamnezi aniqlandi. Jismoniy tekshiruvlar ham o‘tkaziladi. Har bir bemorda yurak ritmi, qon bosimi va boshqa muhim belgilari o‘rganildi. Yurak mushaklarini va klapnlarining holatini baholash uchun bemorlarni exokardiografiyadan o‘tkazildi. Yurak arteriyalarining torayishini aniqlash uchun kontrast moddali rentgen tekshiruvi koronar angiografiyadan o‘tkazildi. Bu usul stenokardiya simptomlari bo‘lgan bemorlarda aniq tashxis qo‘yishimizga yordam beradi. Yana qo ‘shimcha tekshiruv usullarida
Доказательный фрагмент
«Стенокардия является одной из актуальных тем в медицине, требующих постоянного изучения.»
Образец извлечения
Демо-превьюСтенокардия является одной из актуальных тем в медицине, требующих постоянного изучения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- стенокардия, стабильная, нестабильная, antitrombositlar, statinlar, Kalit so‘zlar, nostabil, vazospastik, stabil, beto-blokatorlar, nitratlar, elektrokardiografiya, Stenokardiya, exokardiografiya, koronar angiografiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014