К содержанию
РецензированоRU2025

PERIFERIK QON HUJAYRALARIDA KUZATILADIGAN O`ZGARISHLARNING SURUNKALI VIRUSLI GEPATIT BА ERTA DIAGNOSTIKASI BILAN BOG`LIQLIGI

DIAGNOSTIKASI BILAN BOG`LIQLIGI · Ilmiy izlanuvchi: Azimov Azizbek Bafojonovich · Ilmiy rahbar: Allamurodova Feruza Yoqubovna (Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti)

Всемирный научно-исследовательский журнал · 92 · 2025

Аннотация

Ushbu tezis gepatitning rivojlanishi, qon hujaylarining surunkali virusi haqida fikrlar bildirilgan. Gaptit B virusi surunkali jigar kasalligi va jigar sirrozini yuzaga keltirish xavfi yuqoriligi sababli butun jahon miqyosida sog`liqni saqlash sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo`lgan muammolardan biri hisoblanadi. Kalit so`zlar: jigar sirrozi, gepatit, profilaktik, jigar KIRISH. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) 2024 yilgi Global gepatit hisobotiga ko'ra, virusli gepatit tufayli o'lim soni ortib bormoqda, bu jahon miqyosidagi o`limga olib keluvchi infeksion kasalliklar orasida ikkinchi o`rinni egallaydi. JSSTning ma’lumotlariga ko`ra, 2030 -yilgacha ushbu ko`rsatkichni kamaytirish maqsadiga erishish hali ham mumkin, faqatgina tez va samarali choralar ko'rilishi kerak. Dunyoning 187 mamlakatidan olingan ma’lumotlarga ko`ra, virusli gepatitlar sabab bo`lgan o'limlarning taxminiy soni 2019- yildan 2022-yilgacha 1,1 milliondan 1,3 milliongacha oshgan. Ulardan taxminan 83 foizi gepatit B, 17 foizi gepatit C virusiga to`g`ri keladi. Har kuni 3500 kishi xalqaro miqyosda ushbu ikkala infektsiya bilan vafot etmoqda. Bundan tashqari, JSST 2022 –yildagi ma’lumotlariga ko`ra, taxminan 254 million kishi gepatit B bilan yashab kelmoqda. Surunkali gepatit B bilan kasallanganlarning o`rtacha yoshi 30- 54 yoshni tashkil qiladi. Emlash kabi profilaktik choralar kasallik qayd etilish holatlar sonining kamayishiga yordam berdi, ammo ular hali ham yetarli emas [3]. 188 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Gaptit B virusi surunkali jigar kasalligi va jigar sirrozini yuzaga keltirish xavfi yuqoriligi sababli butun jahon miqyosida sog`liqni saqlash sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo`lgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu virus ta’siri natijasida yuzaga kelgan jigar sirrozi dekompensatsiya bosqichiga o`tishi jigardagi surunkali kasalligi prognozining yomonlashishiga hamda bu bosqichdagi bemorlar uchun har 5 yilda yashovchanlikning 15 % ga qisqarishiga olib keladi. Bunday bemorlar uchun yagona davo yo`li jigar transplantatsiyasi hisoblanadi. Biroq, ushbu muolaja uchun donor yetishmovchiligi va bemorning yashab ketish ehtimoli kamligi, bundan tashqari transplantatsiya katta miqdorda mablag` talab qilishi sababli ko`plab bemorlar dekompensatsiyalashgan jigar sirrozidan vafot etmoqda. Shu sababli surunkali virusli gepatit B bilan kasallangan bemorlar uchun erta va aniq prognostik ko`rsatkichlarni aniqlash hamda ulardan foydalanish ushbu kasallikda samarali davoni erta boshlashga va gepatit B virusining og`ir asoratlarining oldini olib, bemor hayotchanligini uzaytirishga yordam beradi [5]. Organizm immun javobining holati gepatit B ning patogenezi va klinik natijalari bilan chambarchas bog'liq. Ko'plab immunitet hujayralari kabi limfotsitlar hujayra vositachiligidagi immunitetda muhim rol o'ynaydi. Oldingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, limfotsitlar sonining kamayishi immunitet hujayralarining apoptozi yoki disfunktsiyasi bilan bog'liq, bu bemor organizmining antivirus javobi susayganligini ko'rsatadi. Keefe va boshqa bir qator olimlar olib borgan tadqiqotlarining natijalari sirrozning rivojlanishi limfotsitlar sonining bosqichma-bosqich kamayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini ko`rsatadi. Shu bilan birga, jigar transplantatsiyasidan oldin past limfotsitlar soni retsipiyent organizmi uchun o'lim xavfini anglatuvchi omil hisoblanadi. So'nggi paytlarda limfotsitlarga asoslangan ko'rsatkichlarning foydaliligi, shu jumladan o'rtacha trombotsitlar hajmining limfotsitlar soniga nisbati, neytrofillar sonining limfotsitlar soniga nisbati, C-reaktiv oqsil miqdorining limfotsitlar soniga nisbati va monotsitlar sonining limfotsitlar soniga nisbati turli klinik tekshiruvlarda o`rganilib, ahamiyati yoritib berilgan [1]. 189 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Ko'plab virusli infektsiyalar suyak ko`migi o`zak hujayralarining yetishmovchiligi yoki giperproliferativ sindromlar bilan bog'liq o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Pansitopeniya barcha uch turdagi qon hujayralarining yetishmovchiligi: eritrotsitlar (anemiya), leykotsitlar (leykopeniya) va trombotsitlar (trombotsitopeniya) ko`rinishida yuzaga keladi [2]. Virusli gepatit B infektsiyasining dastlabki belgilari klinik jihatdan chalg`ituvchi bo'lib, faqat periferik qon trombotsitlari sonining pasayishi sifatida namoyon bo'lishi mumkin, bu esa klinik tashxis va davolash uchun katta qiyinchilik tug'diradi. 1986- yilda Zeldis va hamkasblari tomonidan nashr etilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, gepatit B virusini (HBV) o'z ichiga olgan zardobda yetishtirilgan suyak iligi gemapoetik ildiz hujayralarining koloniya hosil qilish qobiliyati pasaygan hamda HBV ni inaktivatsiya qilish yoki adsorbsiya orqali olib tashlash bu nuqsonni tuzatgan. Ushbu tadqiqot gepatotsitlarga qo'shimcha ravishda gepatit viruslari suyak iligi gemapoetik o`zak hujayralari funktsiyasiga bevosita ta'sir qilishi mumkinligini ko'r

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis gepatitning rivojlanishi, qon hujaylarining surunkali virusi haqida fikrlar bildirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis gepatitning rivojlanishi, qon hujaylarining surunkali virusi haqida fikrlar bildirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jigar, gepatit, profilaktik, Kalit so`zlar: jigar sirrozi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники