К содержанию
РецензированоRU2025

Функционально-семантические особенности литоты в лингвокультурном аспекте

Zulfiya DJABBAROVA · April -/© in Science LLC. (Andijan State Institute of Foreign Languages)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 331-334 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются функционально- литота, семантические особенности литоты в лингвокультурном лингвокультура, аспекте. Анализируются различия в употреблении литоты семантика, в разных культурах, её роль в национальном мышлении, функциональный стиль, стилистика, а также способы её выражения в художественной культурное мышление, литературе и устной речи. прагматика. So‘nggi yillarda konsept haqidagi tadqiqotlar lingvomadaniy hamda lingvokognitiv tomondan amalga oshirilib, ilm-fanda ancha muhim o‘rin egallamoqda. Kognitiv tilshunoslikda olib borilgan tadqiqotlar uzoq vaqt davomida bahs munozaralarga sabab bo‘lgan hamda o‘z yechimini topgan yondashuvlarga yangicha nazar tashlash va muayyan til hodisalarini o‘rganishning turli usullari va tajribalari bilan boyitildi. Yangi usullar tilshunoslarga lisoniy birliklarning olam to‘g‘risidagi ma’lum bilimlarni qayta ishlash natijasi sifatida tahlil qilish, ma’lum bir ma’no ortida turgan bilimlar shakllanishining umumiy tamoyillari va usullarini tadqiq qilish, bilimning muayyan tuzilishi orqali ma’noni tushuntirish, kognitiv va lisoniy tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni aniqlash imkonini yaratdi. Shu asnoda dunyo tilshunoslari konseptni lingvokognitiv va lingvokulturologik jihatdan tadqiq qila boshladilar [5]. Lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari hamkorligida, ammo tilshunoslikning ustuvorligida yuzaga kelgan eng yosh yo‘nalishdir, shuning uchun ham bu yangi yo‘nalish bevosita til haqidagi ilm bag‘rida dunyoga kelgan. Lingvokulturologiyada (kognitiv tilshunoslikda ham, umuman, antropologik paradigmada) “olamning lisoniy manzarasi”, “lisoniy shaxs”, “konsept” kabi bir qator asosiy tushunchalar mavjud [3]. Mazkur tushunchalar, terminlar haqida tilshunoslikda juda ko‘p yozilgan bo‘lishiga qaramasdan, hali-hamon ularning ayrimlari talqinida bir xillikka erishilgan emas. Masalan, “olamning milliy lisoniy manzarasi” terminini qo‘llashda va talqin qilishda deyarli bir to‘xtamga kelingan: “Tillar qancha bo‘lsa, olamning shuncha milliy lisoniy manzarasi mavjud, bu tillarning har biri jamoaviy etnik ongning koinotdagi inson mavjudligini anglash va kategoriyalashtirish borasidagi ko‘p asrlik faoliyatining noyob natijalarini aks ettiradi” [2]. Ammo “lisoniy shaxs”, “konsept” terminlari haqida bunday deb bo‘lmaydi [4]. A.M. Nadyojkin konsept haqidagi ilmiy talqinlarda juda ham mavhumlik, har xillik mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi, konsept nazariyasi metodologik jihatdan jiddiy tadqiq etishga muhtoj ekanligini aytadi. Til nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning madaniy tafakkurini aks ettiruvchi vositadir. Til birliklarining har biri muayyan semantik yuklama bilan birga, ma’lum madaniy kodni ham o‘z ichiga oladi. Bunda ifoda vositalari – metafora, metonimiya, litota, giperbola kabilar muhim rol o‘ynaydi [1]. Ayniqsa, litota orqali ma’no kuchsizlantirilgan holda estetik, kinoyaviy yoki ijtimoiy-siyosiy mazmun berilishi mumkin. Ushbu maqolada aynan litota ifoda vositasining lingvomadaniy jihatdan qanday ishlatilishi, uning funksional va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Litota (yunoncha "litos" – sodda, kamtar) – bu ifodaning kuchini sun’iy tarzda pasaytirish orqali teskari ma’no berish vositasidir. Ko‘pincha, bu vosita kinoya, muloyimlik, yoki yumshatish uchun ishlatiladi [2]. Litota – bu stilistik vosita bo‘lib, biror 332 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701 narsaning miqdor yoki sifatini ataylab kamaytirib ifodalash orqali kinoya, istehzo yoki muloyimlik kabi uslubiy ma’no hosil qiladi. Masalan: “Yomon emas” degan ibora aslida “yaxshi” degan ma’noni bildiradi. Bu ifoda vositasi ko‘pincha dialoglarda, badiiy matnlarda yoki ijtimoiy nutqlarda uchraydi. 1-rasm. Litotaning lingvomadaniy qatlamdagi asosiy funksiyalari Yuqoridagi rasmda litotaning lingvomadaniy qatlamdagi asosiy funksiyalari tasniflangan. Quyida har bir funksiyaga qisqacha izoh berilgan: 1. Estetik funksiya Litota badiiy adabiyot va nutqda obrazlilik yaratadi. “Yomon emas” kabi iboralar aslida ijobiy bahoni bildiradi, biroq yumshoq, kinoyaviy uslubda ifodalanadi. Misol: “U yomon yozuvchi emas” – ya’ni, aslida u yaxshi yozuvchi. 2. Ijtimoiy funksiya Bu turdagi litota madaniyatdagi muloyimlik va odob me’yorlarini ifodalaydi. “Oddiygina xizmat” iborasi kamtarlik belgisi sifatida ishlatiladi. Misol: “Oddiygina xizmat qilamiz” – bu yerda “oddiygina” so‘zi orqali xizmatning kamtarona, ammo ahamiyatli ekani bildiriladi. 3. Baholovchi funksiya Bu vazifada litota orqali bevosita salbiy baho berilmaydi, balki yumshoq shaklda ifodalanadi: “Uncha yaxshi emas” – tanqidiy, lekin mo‘’tadil ifoda. Misol: “Uncha ajoyib emas” – ya’ni, sifati past, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy baho emas. 4. Emotsional funksiya Litota ba’zan hissiyotlarni to‘liq ochmaslik, ularni yumshatish uchun ishlatiladi. Masalan, “Hammasi yomon deyish qiyin” iborasi umid va ehtiyo

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются функционально- литота, семантические особенности литоты в лингвокультурном лингвокультура, аспекте.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются функционально- литота, семантические особенности литоты в лингвокультурном лингвокультура, аспекте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, семантика, функциональный стиль, cultural cognition, культурное мышление, стилистика, madaniy tafakkur, litotes, литота, funksional uslub, лингвокультура, stylistics, semantika, linguistic culture, lingvomadaniyat, stilistika, pragmatics, functional style, semantics, litota, прагматика, pragmatika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники