К содержанию
РецензированоUZ2026

XORIJIY MAMLAKATLARDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI OʻQITISHGA QARATILGAN METODLAR

Ahmadaliyev Boburbek · Ahadjonov Dovudbek · Abduxoliqov Mamarasul · Abdumannonov Hojimurod

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini xorijiy mamlakatlarda o‘qitish uslublari, metodik yondashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston oliy taʼlim tizimida qo‘llanilayotgan metodlar bilan taqqoslanadi. Maqola zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan tajribalarga e’tibor qaratadi. Shuningdek, maqolada o‘qitish samaradorligini oshirish, raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va innovatsion metodlarni joriy etish borasidagi takliflar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: informatika, axborot texnologiyalari, xorijiy tajriba, o‘qitish metodlari, oliy ta’lim, raqamli ta’lim, innovatsion texnologiyalar, STEAM ta’limi Informatika va axborot texnologiyalari (IT) zamonaviy jamiyatning muhim qismiga aylandi va shuning uchun ularni o'qitish ta'limning muhim yo'nalishi hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlarda informatika va ITni o'qitishga qaratilgan metodlar ta'lim tizimlari, madaniy xususiyatlar va texnologik rivojlanish darajasiga qarab farq qiladi. Globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari bugungi kunda butun dunyo ta’lim tizimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalari fanining ahamiyati keskin ortib bormoqda. Bu fan orqali yosh avlod zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, algoritmik va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, shuningdek, ijodkorlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xorijiy mamlakatlar bu borada ilg‘or tajriba va metodlarni ishlab chiqqan bo‘lib, ularni o‘rganish va milliy tizimimizga tatbiq etish O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning maqsadi – xorijiy tajribalarni tahlil qilish, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatish va zamonaviy o‘qitish metodlarini targ‘ib qilishdan iborat. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida informatika fanini o‘qitishdagi metodik yondashuvlar turlicha bo‘lsa-da, ularning barchasida umumiy xususiyat – innovatsion va interaktiv metodlarga asoslanishdir. AQSh metodi: Loyiha asosida o‘qitish (Project-Based Learning), kodlash klublari, interaktiv platformalar (Code.org, Khan Academy). “Computer Science https://scientific-jl.com 3 61-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Education Week” kabi tadbirlar orqali kompyuter fanini ommalashtirishga qaratilgan. Code.org kabi tashkilotlar dasturlashni o'rganish uchun bepul resurslar taqdim etadi. Xususiyat: Dasturlash, algoritmlash, sun’iy intellekt asoslari maktabdan o‘rgatiladi. Janubiy Koreya metodi: “Smart education” – raqamli qurilmalar orqali shaxsiylashtirilgan ta’lim. IT infratuzilmasi yuqori darajada rivojlangan. Onlayn ta'lim platformalari va moslashuvchan o'qitish tizimlari keng qo'llaniladi. Xususiyat: Bolalar bog‘chasidan boshlab IT savodxonligi, onlayn darslar keng joriy etilgan. Germaniya metodi: “Dual Education” – nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish. Xususiyat: Talabalar zavod/firma va universitetda bir vaqtda tahsil olishadi. Finlandiya metodi: Muammo asosida o‘qitish (Problem-Based Learning), integratsiyalashgan fanlar. Muammoli o'qitish va loyihalar asosida o'qitishga katta e'tibor beriladi. Talabalarning hamkorlik qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Xususiyat: Har bir o‘quvchi o‘z qiziqishiga mos yo‘nalishda IT loyihalarda ishtirok etadi. Estoniya metodi: Raqamli ta’lim ekotizimi – barcha maktablarda IT integratsiyalashgan. “ProgeTiiger” dasturi orqali boshlang'ich sinflardan dasturlash o'rgatiladi. IT ta'limi milliy o'quv dasturining muhim qismi hisoblanadi. Xususiyat: Bolalar 1-sinfdan kodlashni o‘rganadi, elektron hukumat (e- Government) tajribasi bilan bog‘langan. Bu metodlar o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, algoritmik tafakkur va raqamli savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. AQShda, masalan, o‘quvchilarga dasturlash asoslari, algoritmlar, sun’iy intellekt, robototexnika kabi yo‘nalishlar maktab bosqichidan boshlab o‘rgatiladi. Bu yerda asosiy e’tibor – loyiha asosida o‘qitish (Project-Based Learning) va STEAM yondashuvlariga qaratiladi. Har bir mavzu amaliy mashg‘ulotlar, guruhli muhokamalar va mustaqil tadqiqotlar orqali o‘zlashtiriladi. Janubiy Koreya tajribasida esa IT sohasiga oid bilimlarni maktabgacha ta’limdan boshlab singdirish amaliyoti mavjud. Ular 'smart education' kontsepsiyasi orqali har bir o‘quvchining individual ehtiyojiga moslashgan o‘quv rejalarini ishlab chiqqan. Raqamli ta’lim resurslari, mobil ilovalar, onlayn sinflar keng qo‘llaniladi. Germaniyada axborot texnologiyalarini o‘qitish sanoat ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lib, “Dual Education” tizimi orqali nazariya va amaliyot uyg‘unlashtiriladi. Bu tizimda o‘quvchi talabalar dars vaqtining bir qismini ishlab chiqarishda o‘tkazadilar. Bundan tashqari, Finlandiya, Estoniya, Yaponiya kabi davlatlarda ham https://scientific-jl.com 4 61-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammo yechish ko‘nikmalarini shakllantir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini xorijiy mamlakatlarda o‘qitish uslublari, metodik yondashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston oliy taʼlim tizimida qo‘llanilayotgan metodlar bilan taqqoslanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini xorijiy mamlakatlarda o‘qitish uslublari, metodik yondashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston oliy taʼlim tizimida qo‘llanilayotgan metodlar bilan taqqoslanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
STEAM ta’limi, xorijiy tajriba, o‘qitish metodlari, oliy ta’lim, innovatsion texnologiyalar, Kalit so‘zlar: informatika, raqamli ta’lim, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники