К содержанию
РецензированоUZ2026

FUQAROLIK PROTSESSIDA ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISHGA KOʻMAKLASHUVCHI SHAXSLARNING HUQUQIY MAQOMI

Ibragimova Rayxon Shodmon qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning o‘rni, huquqiy maqomi va ularning sud jarayonidagi muhim ishtiroki muhokama qilinadi. Fuqarolik protsessi doirasida ekspertlar, tarjimonlar, guvohlar, xolislar, dalil saqlovchilar va mutaxassis kabi odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning suddagi maqomi va ishtirokining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, maqolada fuqarolik protsessida odil sudlovni ta’minlash uchun sudga ko‘maklashuvchi shaxslarning huquqiy maqomini aniq belgilash, huquqiy mexanizmlar, malaka oshirish kurslari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurligi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, xalqaro tajriba asosida, sud tizimining samaradorligini oshirish uchun sudga ko‘maklashuvchi shaxslarning roli va huquqiy maqomini aniqlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: fuqarolik protsessi, odil sudlov, guvoh, mutaxassis, ekspertlar, tarjimonlar, dalil saqlovchilar, zamonaviy texnologiyalar. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini tan olish, ularga rioya qilish va himoya qilish davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga binoan, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi1 sifatida e’tirof etilgan. Ma’lumki, odil sudlovni amalga oshirilishi uchun barcha ma’lumotlar sudlar tomonidan batafsil o‘rganilishi kerak. Barcha sudlovga tegishli ishlarda, xususan fuqarolik ishining adolatli ko‘rib chiqilishi, birinchi navbatda, ishning holatlarini dalil vositalaridan foydalangan holda aniqlashning to‘g‘ri tuzilgan mexanizmiga bog‘liq bo‘lib, fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning ishtiroki masalasi bugungi kun uchun dolzarb sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar bilan bog‘liq masalalarni huquqiy tartibga solish 1 Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son https://scientific-jl.com 1 8 5 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali uchun bir qancha normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, “Fuqarolik protsessual kodeksi”2, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori3, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori4 va boshqalar bilan huquqiy tartibga solinadi. Nazariy jihatdan, fuqarolik protsessual jarayonda huquqiy munosabatlarga kirishuvchi subyektlar sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda odil sudlovni amalga oshirishga ko’maklashuvchi shaxslar guruhiga bo’linadi. Yuridik manbalarda esa olimlar protsess ishtirokchilarini vakolat va ishtirokining maqsadidan kelib chiqqan holda ham guruhlarga ajratishadi. Misol uchun, huquqshunos olim E. Egamberdiyev fikriga ko’ra, protsess ishtirokchilari quyidagicha : - Fuqarolik ishini ko’rish vakolatiga ega subyekt –sud; - Ko’rilayotgan ishning natijasidan bevosita manfaatdor subyektlar- da’vogar, javobgar, uchinchi shaxslar; - Sud va unda ishtirok etuvchilarga ko’mak beruvchi subyektlar – guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, ijro ishlarini yuritishda saqlovchilar5. Yana bir olim S.A.Yakubov esa fuqarolik protsessual munosabat ishtirokchilarini ikki guruhga ya’ni ishda ishtirok etuvchilar va odil sudlovni amalga oshirishda ko’mak beruvchilar6 kabi guruhlarga ajratadi. Protsessual nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak, Fuqarolik protsessual kodeksining 54-moddasiga binoan, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir7. Fuqarolik protsessining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda faqat sudyalar emas, balki sud faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ko‘maklashuvchi shaxslar ham odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar sifatida muhim o‘rin tutadi. Bunday shaxslar tarkibiga milliy qonunchiligimizga ko‘ra, tarjimonlar, ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlovchilar, ijro ishi 2 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03/22/759/0213-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son 3 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” qarori. Toshkent sh., 2020-yil 19-dekabr, 35- son. Available at : https://lex.uz/docs/-5185744 4 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning o‘rni, huquqiy maqomi va ularning sud jarayonidagi muhim ishtiroki muhokama qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning o‘rni, huquqiy maqomi va ularning sud jarayonidagi muhim ishtiroki muhokama qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
guvoh, odil sudlov, ekspertlar, zamonaviy texnologiyalar., mutaxassis, dalil saqlovchilar, Kalit so‘zlar: fuqarolik protsessi, tarjimonlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники