К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY JAMIYATDA BILINGVIZM VA BOLA NUTQI RIVOJI

Mamanazarova Xurshida Hakimovna · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

Исследователь · 2026

Аннотация

this scientific work is devoted to the observation of the phenomena of bilingualism, widespread in modern society, and the study of its impact on the functioning and development of children's speech. Specific types of bilingualism, the environment created in the formation environment, and the impact on the psycholinguistic development of children growing up bilingual. Keywords: Bilingualism, bilingualism, child speech, language development, psycholinguistics, multilingualism, language teaching, social culture, intercultural communication, pedagogical world. Kirish: Bugungi kunda globallashuv jarayonlari dunyo miqyosida insonlar o‘rtasidagi madaniy va ijtimoiy aloqalarni jadallashtirmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘p tillilik — bilingvizmning ahamiyatini oshirib, uni zamonaviy jamiyatning muhim xususiyatlaridan biriga aylantirmoqda. Turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish, ta’lim olish, xorijiy davlatlarda yashash yoki ishlash kabi ehtiyojlar natijasida ko‘p tilli muhitda yashovchi bolalar soni ortmoqda. Ko‘p tillilik — bu faqat kommunikatsiya vositasi emas, balki bola tafakkuri, nutqiy faolligi va dunyoqarashini kengaytiruvchi omil sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar erta yoshdan boshlab bir nechta tilni o‘rganish orqali madaniy xilma-xillikni o‘zlashtiradi, o‘zgalarning fikrini tushunish va hurmat qilishni o‘rganadi. Shu bilan birga, bilingvizm bolaning nutqiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lganidek, ayrim hollarda kechikishlar, til aralashuvi yoki chalkashliklarga ham olib kelishi mumkin.Nutq bolaning shaxsiyati shakllanishida muhim vosita hisoblanadi. Uning rivoji turli ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning orasida tilli muhit asosiy rol o‘ynaydi. https://scientific-jl.com 2 0 0 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Asosiy qism: Bilingvizm — ikki yoki undan ortiq tilda erkin muloqot qilish qobiliyatidir. Bu hodisa ikki tilda faol fikrlash va nutq qilishni ta’minlaydi. Bilingvizm o‘rganilgan tillar bilan bog‘liq psixolingvistik jarayonlarni anglatadi va jamiyatda ushbu tillarni qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi. Bilingvizmning bir nechta turlari mavjud. To‘liq bilingvizmda shaxs ikkita tilni mukammal darajada biladi va har ikkala tilda erkin muloqot qiladi. Bu turdagi bilingvizm bolalikdan ikki tilni bir vaqtning o‘zida o‘rganganlar orasida uchraydi. Qisman bilingvizmda esa shaxs ikkita tilda muloqot qila olsa-da, ular orasida ba’zi farqlar bo‘ladi. Bunda bir tilning ba’zi elementlari ikkinchi tilda yaxshi rivojlanmaydi. Ikki tilli ta’limda bola ikki tilda bilim oladi, lekin bu jarayon ba’zan qiyinchiliklarga olib keladi, chunki har ikkala tilni mukammal o‘rganish qiyin bo‘lishi mumkin. Passiv bilingvizmda shaxs faqat bir tilda faol ravishda muloqot qiladi, ikkinchi tilda esa faqat tushunadi. Bu ko‘pincha ko‘chib kelgan muhitda yoki o‘rganilgan ikkinchi tilda faqat ma’lumot olishda yuzaga keladi. Bola nutqining rivojlanishiga bilingvizmning ta’siri juda katta. Bilingvizm bolaning nutq rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sirlar ko‘rsatishi mumkin. Bilingvizmning birinchi va eng muhim ijobiy ta’siri — bu bolalarning kognitiv rivojlanishiga yordam berishi. Ikki tilda muloqot qilish bolaning miya faoliyatini yaxshilaydi, chunki u ikki tilda fikrlash va har bir tilda turli tushunchalarni tushunishga majbur bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, bolaning muloqot qobiliyatlarini oshiradi va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bilingvizm, shuningdek, bolaning nutq qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ikki tilda gaplashadigan bolalar ko‘proq so‘z boyligiga ega bo‘lishadi, chunki ular har ikkala tilda turli xil so‘zlarni va grammatik strukturalarni o‘rganadilar. Bu, o‘z navbatida, bolalarga har ikkala tilni mukammal darajada o‘rganishga imkon beradi va ularning nutqi boy va xilma-xil bo‘ladi. Bundan tashqari, bilingvizm bolaning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. Ikki tilni bilgan bolalar turli madaniyatlar va an’analar bilan tanishadilar. Ular turli tillarda muloqot qilish orqali kengroq ijtimoiy doiraga kirishadilar va muloqotda yanada moslashuvchan bo‘ladilar. Bu, albatta, ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bola nutqining rivojlanishida ota-ona va pedagoglarning roli juda muhimdir. Ular bolaning til o‘rganish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadilar va bu rivojlanishni to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim o‘rin tutadilar. Ota-ona va pedagoglarning o‘zaro muloqoti va ko‘rsatmalariga qarab, bola nutqi tezroq va samarali ravishda rivojlanishi mumkin. Ota-onalar, bolaning ilk o‘qituvchilari sifatida, uning nutqiy salohiyatini rivojlantirishda asosiy rolni o‘ynaydilar. Birinchi navbatda, ota-ona bola uchun to‘g‘ri nutq muhitini yaratishlari kerak. Bu, bolaning atrof-muhitida ko‘p marta va sifatli muloqot qilish, o‘qish va suhbatlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ota-onalar, o‘z farzandlariga yangi so‘zlarni o‘rgatish va jumlalarni

Доказательный фрагмент

«this scientific work is devoted to the observation of the phenomena of bilingualism, widespread in modern society, and the study of its impact on the functioning and development of children's speech.»

Образец извлечения

Демо-превью

this scientific work is devoted to the observation of the phenomena of bilingualism, widespread in modern society, and the study of its impact on the functioning and development of children's speech. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bilingualism, bilingualism, child speech, language development, pedagogik yondashuv., psixolingvistika, multilingvizm, til o‘rgatish, ijtimoiy omillar, ikki tillilik, til rivoji, Kalit so‘zlar: Bilingvizm, bola nutqi, madaniyatlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники