К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI: SO‘Z SAN’ATI MO‘JIZALARI

SAN’ATI MO‘JIZALARI · Mohizarbegim ERGASHEVA

Исследователь · 2026

Аннотация

This article analyzes the use of such artistic means of speech in Alisher Navoi's ghazals as metaphor, allegory, irony, and hyperbole. The article reveals the depth of meaning and spiritual beauty of ghazals through these arts. The magic of Navoi's words, his style of expression, and the uniqueness of his artistic reflections are demonstrated on the basis of examples. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, g‘azal, badiiy san’atlar, tashbeh, isti’ora, tajnis, tazod, kinoya, mubolag‘a, so‘z san’ati, mumtoz adabiyot, Navoiy ijodi, she’riyat, badiiy ifoda. Key words: Alisher Navoi, ghazal, artistic arts, metaphor, simile, allegory, irony, hyperbole, word art, classical literature, Navoi's work, poetry, artistic expression. Alisher Navoiy — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili bo‘lib, uning ijodi turkiy she’riyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shoir g‘azal janrini badiiy yetuklik, ma’naviy chuqurlik va so‘z san’ati orqali yangi bosqichga olib chiqqan. Navoiy g‘azallari o‘zbek adabiyotida ruhiy teranlik va badiiy mahorat timsolidir. So‘z san’ati va badiiy san’atlar Navoiy g‘azallarining go‘zalligini ta’minlovchi asosiy badiiy vositalardandir. Tashbeh, isti’ora, tajnis, tazod kabi san’atlar orqali shoir so‘zga ruh, mazmunga esa teranlik bag‘ishlaydi. Ular g‘azalni nafis, ta’sirchan va mazmunan boy qiladi. Badiiy san’at — adabiy asarda so‘z va ifoda vositalaridan estetik maqsadda foydalanish san’atidir. U matnga badiiylik, obrazlilik va ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Mumtoz she’riyatda badiiy san’atlar muhim o‘rin egallab, ular orqali shoir fikrini nafis tarzda yetkazadi. Bunday san’at turlariga tashbeh (o‘xshatish), isti’ora (majoz), tajnis (so‘z o‘yini), tazod (qarama-qarshilik), kinoya, mubolag‘a, iqtibos, talmeh kabi vositalar kiradi. Bu san’atlar g‘azalni boyitib, uni o‘quvchi qalbiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Badiiy san’atlar son jihatidan nihoyatda ko‘p va xilma- https://scientific-jl.com 2 0 3 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali xildir. Jumladan, metafora, metonimiya, allegoriya, simvol, sinekdoxa, istiora, perefraza, ironiya kabi umumiy san’atlar bilan bir qatorda, mumtoz adabiyotimizda o‘ziga xos yuzlab ko‘rinishlar ham mavjud. Ular orasida tashbeh, isti’ora, iyhom, tanosib, tazod, talmih, tazmin, husni ta’lil, irsoli masal, tajnis, tamsil, lajf va nashr, tardu aks, taqsim, tafriq kabi san’atlarni alohida ta’kidlash mumkin. Ushbu san’atlarning nazariy asoslari va turlari bo‘yicha Vahob Rahmonovning “She’riy san’atlar” (1962), “She’r san’atlari” (2001), Atoulloh Husayniyning “Badoy’u-s- sanoyi’” (1981), Shayx Ahmad Taroziyning “Funun al-balog‘a” (1996), Anvar Hojiahmedovning “Mumtoz badiiyat malohati” (1999), “She’r san’atlarini bilasizmi?” (2001) va To‘xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” (2002) kabi manbalarda batafsil yoritilgan.1 Qadimda bu ilm turli xalqlarda turlicha nomlangan: arablarda — Balog‘at ilmi, fors-tojik adabiyotida — Ilmi sanoyi’, bizda esa — San’at ilmi deyilgan. Bu ilm uch asosiy qismdan tashkil topadi: 1. Lafziy san’atlar – so‘zlarning tovushi, ohangi, shakli asosida hosil bo‘lgan badiiy san’atlar. Uning tardi aks, tasdir, takrir, tadrij, tajziya, tashtir, tasbe, tarse’, tadvir, ishtiqoq, raddi matla’, mukarrar, aks, saj’, qaytariq, muvozina, muzoraa, iltizom, nido, radif, hojib kabi ko‘rinishlari bo‘lib, «Lafziy go‘zalliklarning asosi uldirkim, alfozki ma’nog‘a tobe’ qilg‘aylar» (Atoulloh Husayniy), ya’ni shakliy bamolik mazmun go‘zalligining voqe bo‘lishiga xizmat qiladilar.2 2. Ma’naviy san’atlar – mazmun va ma’no ustiga qurilgan san’atlar. Ushbu san’atlar asarda chuqur g‘oya, falsafiy mazmun va ruhiy teranlik yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Ma’naviy san’atlarga iyhom, ittifoq, tadbix, faxriya, taqsir, irsoli masal, tashxis, intoq, tazod, husni ta’lil, iltifot, talmih, ruju’, tazmin, muqobala, ta’riz, tanosib, tajnis, laff va nashr kabi o‘nlab shakllar kiradi. 3. Lafziy-u ma’naviy san’atlar – so‘zning ham tovush, ham ma’no jihatlari bilan bog'liq badiiy san’atlardir. Uning tashbih, istiora, tanosub, tamsil, ta’riz, kinoya, tajnis kabi rang-barang ko‘rinishlari bor. Bu san’at turlarining har biri o‘ziga xos ifoda imkoniyatiga ega bo‘lib, she’riy nutqning obrazli, ta’sirchan va estetik jihatdan mukammal bo‘lishiga xizmat qiladi va ushbu san’atlar Navoiy ijodining ham estetik, ham falsafiy qatlamini tashkil qiladi. Navoiy g‘azallarida tashbeh va isti’oralar — so‘z san’atining eng muhim vositalaridan bo‘lib, ular orqali shoir go‘zallik, ishq va ma’naviy olam manzaralarini badiiy tasvir etadi. Tashbeh (o‘xshatish) orqali u sevgilining qiyofasini oyga, gulga, quyoshga qiyoslab, obrazlarni yorqinlashtiradi. Isti’ora (majoziy ifoda) esa narsani 1 Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. T., - 2004. 2 Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. T., - 2004. https://scientific-jl.com 2 0 4 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bevosita o‘z

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the use of such artistic means of speech in Alisher Navoi's ghazals as metaphor, allegory, irony, and hyperbole.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the use of such artistic means of speech in Alisher Navoi's ghazals as metaphor, allegory, irony, and hyperbole. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Alisher Navoi, ghazal, artistic arts, metaphor, simile, allegory, mumtoz adabiyot, g‘azal, tajnis, mubolag‘a, tazod, she’riyat, Navoiy ijodi, isti’ora, kinoya, tashbeh, badiiy ifoda., so‘z san’ati, badiiy san’atlar, Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники