Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTON TABIATINI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI
Ziyoydinov Hasanboy Abdumajid oʻgʻli
Исследователь · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются основные проблемы охраны природы в Узбекистане, анализируются причины и последствия экологического дисбаланса. Особое внимание уделяется негативному воздействию промышленности и сельского хозяйства, а также необходимости повышения уровня экологической культуры населения. Рассматриваются роль государственной политики, законодательства и участия общественности в решении экологических проблем. Ключевые слова: экология, охрана природы, Узбекистан, окружающая среда, загрязнение, экологические проблемы, законодательство, устойчивое развитие. Annotation: This article explores the main environmental protection issues in Uzbekistan, analyzing the causes and consequences of ecological imbalance. It highlights the negative impact of industry and agriculture, and emphasizes the need to raise public ecological awareness. The role of government policy, environmental legislation, and community participation in addressing these issues is also examined. Keywords: ecology, environmental protection, Uzbekistan, environment, pollution, ecological problems, legislation, sustainable development. Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi. https://scientific-jl.com 2 1 6 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin. Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; https://scientific-jl.com 2 1 7 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 5) regionallik.Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются основные проблемы охраны природы в Узбекистане, анализируются причины и последствия экологического дисбаланса.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются основные проблемы охраны природы в Узбекистане, анализируются причины и последствия экологического дисбаланса. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ecology, environmental protection, Uzbekistan, environment, ekologik muammolar, ifloslanish, Kalit soʻzlar: ekologiya, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish., qonunchilik, Oʻzbekiston
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025