К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIXIY OBIDALAR – O‘ZBEK XALQINING MILLIY BOYLIGI

Shamsiddinov Bahodir Mirzaxmad o’g’li · Toshkent KIMYO XALQARO

Исследователь · 2026

Аннотация

Maqolada tarixiy-madaniy boyliklar va ularga bo’lgan munosabat, ma'naviy va madaniy merosdan foydalanish, ularni asrab-avaylashga bo’lgan munosabat, horijiy sayyohlarni jalb qilish muammolari yoritiladi. Kalit so’zlar: Tarixiy madaniy meros, etnoan'ana, madaniyat, baxshichilik, milliy qadriyatlar, moddiy-madaniy meros ob'yekti, milliy madaniyat, yodgorlik va obidalar, madaniy qiymatga ega bo’lgan binolar. Har bir davlatda xalqining o’tmishi va ulug’vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa oladi, o’z davlatining tarixidan faxrlanadi va g’urur tuyg’usini his etadi. Dunyoda inson qo’li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o’z jozibasini yo’qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko’plab uchraydi. Ammo har birining alohida o’rni, nufuzi va ahamiyati bor. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go’zallikka intilib kelgan. Mana shu hislatlari orqali mohir qo’llari bilan aqlga sig’dirib bo’lmas darajadagi yangiliklarni yaratdi. Ular qatoridan fan yutuqlari, san’at sohasidagi ishlar va albatta me’morchilik joy oladi. Inson bugungi kun bilangina yashab moziyga nazar solmas ekan o’tmishi va an’analarini unutib qo’yadi. O’z tarixini bilmagan xalqning esa kelajagi yo’qdir. Qadimgi Misr tarixiga nazar tashlasak, ular o’z rivojlanishi davomida asriy an’ana va qadriyatlariga sodiq qolib, chetdan kirgan yangiliklarni o’z an’analariga moslab keraklilarinigina qabul qilganlar. Qurilish, fan, tabobat sohalarida ham qadriyatlariga sodiq qolganlar. Vatanimiz hududida ham o’tmishdan sado beruvchi ko’plab tarixiy me’moriy obidalar bizgacha yetib kelgan. Ular mahobati, o’ziga xos me’moriy uslubi va did bilan ishlangan naqshlari orqali nafaqat ichki sayyohlarni, balki xorijiy san’atsevarlarni ham jalb etmoqda. Ushbu obidalarni ziyorat qilish yosh avlod qalbida ham g’urur, ham iftixor tuyg’usini uyg’otadi. Vatanining o’tmishidan faxrlangan inson esa o’z oldiga ajdodlarga munosib avlod bo’lishni maqsad qilib oladi. Qadimda yaratilgan har bir tarixiy obida bizni kechagi kun bilan chambarchas holda bog’lab turadi va ana shu davr nafasini his etishimizga ko’maklashadi. Inson ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi kuchlar https://scientific-jl.com 3 3 6 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qatorida tarixiy obidalar o’rni alohida ta’kidlanayotgani bejiz emas. Bunday binolar inson qo’l mehnati, nozik didi va betakror g’oyalari mahsulidir. Inson omili esa bugungi kungacha jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholab kelinadi. Tarixda bunday loyihalarni qudratli davlatlargina mablag’ bilan taminlay olgan xolos. Sohibqiron Amir Temur aytganlaridek: “Kuch-qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan binolarga boq”. Bu jumlaning o’zi ham ulug’ davlatchilik tariximizni bizga eslatib turadi. Tarixiy obidalarga tashrif buyurgan inson xuddi o’tmishga, sehrli diyorga tushib qolgandek his qiladi o’zini va ana shu davr hayot tarzi ko’z oldida gavdalanadi. Tarixiy obidalar barpo etilishida ishlatilgan zarra qumdan tortib, mislsiz darajada betakror naqshlar va zarhal bezaklargacha bo’lgan barcha unsurlar go’yo tilga kirib ana shu davr haqida tashrif buyuruvchiga so’zlab bergandek tuyuladi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq tarixiy obidalarga bo’lgan e’tiborning yuqori darajada bo’lishi ham ularning kelajak avlod uchun nechog’lik ahamiyatli ekanligidan nishonadir. Yoshlarni ushbu obidalarning har bir qismini mukammal o’rganishi va qalban his etishiga imkon yaratish borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning talabalarning o’qish yili davomida amaliyot soatlarini oshirishga doir qarorlari ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’yicha tahsil olayotgan yoshlar uchun katta imkoniyatlar darvozasini ochib berdi. Bunday obidalarni ko’rish orqali har kim ma’naviy ozuqa oladi, shu bilan birga ruhan tetiklashadi. Birgina Samarqand misolida olib qarasak, u yerni “Sayqali ro’yi zamin” deb atalishi bejiz emas. Bu hududda Sherdor, Tillakori, Ulug’bek, Bibixonim madrasalari va ko’plab boshqa tarixiy binolar joylashgan. Ularning har biri takrorlanmas go’zallikka ega. Shu xususiyatlar orqali Registon maydoni butun dunyo xalqlarini o’ziga jalb etib kelmoqda. Ushbu maydonda joylashgan Tillakori madrasasi tarixiga nazar tashlasak, madrasa 1646-1660-yillar davomida qurib bitkazilgan bo’lib, qurilish ishlariga Samarqand hokimi Bahodir Yalangto’sh homiylik qilgan. Madrasa karvonsaroy asosi ustiga qurilgan. Dastlab “Yalangto’shbiy kichik madrasasi” deb nomlangan. Madrasa qurilishida yana boshqa bir maskan qurishga yetadigan miqdordagi mablag’ ishlatilgani uchun “ Tillakori” deb yuritila boshlangan. Madrasa aql bovar qilmas darajada serhashamligi bilan boshqalaridan ajrab turadi. Har bir peshtoq chuqur ravoqli qilib ishlangan va o’z navbatida bu katta mehnat va mahorat talab etgan. Qurilishda eng mohir pardozchilar, me’morlar ishtirok etgan. Yana bir ajib tomoni xonaqoh to’riga marmardan jimjimadar mehrob va zinapoyali minbar ishlang

Доказательный фрагмент

«Maqolada tarixiy-madaniy boyliklar va ularga bo’lgan munosabat, ma'naviy va madaniy merosdan foydalanish, ularni asrab-avaylashga bo’lgan munosabat, horijiy sayyohlarni jalb qilish muammolari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada tarixiy-madaniy boyliklar va ularga bo’lgan munosabat, ma'naviy va madaniy merosdan foydalanish, ularni asrab-avaylashga bo’lgan munosabat, horijiy sayyohlarni jalb qilish muammolari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniy qiymatga ega bo’lgan binolar., yodgorlik va obidalar, milliy madaniyat, baxshichilik, moddiy-madaniy meros ob'yekti, etnoan'ana, madaniyat, milliy qadriyatlar, Kalit so’zlar: Tarixiy madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники