Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UY-JOY QURILISHI SANOATINING RIVOJLANISHI
Majidov Saloxiddin Abdullayevich
Исследователь · 2026
Аннотация
Maqolada mamlakatimizda minglab yosh oilalar dastur doirasida qurilayotgan arzon koʻp kvartirali uylarda yaqin yillar ichida kvartira sotib olish istagini bildirib, hududiy komissiyalarga murojaat qilganliklari keltirilgan. Aholimiz, ayniqsa yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash masalalari va ular bilan bogʻliq muammolar bayon etilgan. Tayanch soʻzlar. Uy-joy fondi, isteʼmol krediti, ipoteka krediti, foizlar, imtiyozli shartlar, boʻlib-boʻlib toʻlash, ish xaqi fondi, uy-joy bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi. Tahlil va natijalar. Shuni alohida taʼkidlash joizki, dasturni shakllantirishni yanada takomillashtirish va uni bajarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqilishini taqozo etuvchi arzon uy-joylar qurilishini tashkil etish va oilalarni shunday uylar bilan taʼminlashda bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlangan: birinchidan, Toshkent shahrida (24 ta uy), Nukus shahrida (7 ta uy), Buxoro shahrida (6 ta uy) va Urganch shahrida (4 ta uy) jami 41 ta arzon koʻp kvartirali uylarda ishlarni bajarish jadvallaridan orqada qolingan; ikkinchidan, Nukus, Andijon, Buxoro, Termiz, Samarqand, Guliston, Olmaliq, Chirchiq va Bekobod shaharlarida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma obyektlari qurilishi hamda massivlar hududlarini obodonlashtirishda qoloqlik kuzatilgan; uchinchidan, shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining buzilishiga, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarilishiga, loyihadan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilgan, buning natijasida 761 ta (buyurtmachiga –205 ta, pudrat tashkilotlariga – 399 ta, loyiha tashkilot-lariga –157 ta) taqdimnoma berilgan, 34 ta obyekt boʻyicha bajarilgan ishlar hajmidan 1,0 milliard soʻmdan koʻproq mablagʻ olib tashlandi. Mazkur muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularning ijobiy yechimini topish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamdamazkur uy-joylar qurilishini rivojlantirish dasturini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari qarz mablagʻlarini jalb qilish masalasi ham bir qator xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik olib borildi. Jumladan, Osiyo taraqqiyot bankidan–700 mln. AQSH dollari, Islom taraqqiyot bankining–300 mln. AQSH https://scientific-jl.com 1 1 3 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali dollari, Quvayt arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasining–30 mln. AQSH dollari, Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasining–50 mln. AQSH dollari hamda “Ziraat” Turkiya davlat bankining–200 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari yoʻnaltirildi. Mamlakatimizda turar joy bilan taʼminlashda jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni 12,4 kvadrat metrdan 15,7 kvadrat metrga oshirilgani qulay hayot kechirish uchun muhim asos boʻlmoqda. Uy-joy fondining deyarli barchasi xususiy mulk sifatida aholi tasarrufida ekanligi ham oilalar manfaatlariga xizmat qiladi. Koʻplab rivojlangan davlatlarda oilalarning yarmidan koʻpi ijaraga olingan xonadonlarda yashashini hisobga olsak, mamlakatimizda oilalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning ahamiyati nechogʻli yuksak ekanligini anglash qiyin emas. Koʻpchilikka maʼlum, bugungi kunda Toshkent shahrida oddiy taʼmirdan chiqarilgan, kerakli jihozlarsiz 1 yoki 2 xonali uyni ijaraga olishning oʻrtacha narxi 800 ming soʻmdan boshlanib 1,5 million soʻmgacha borishi mumkin. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi koʻrsatkichlarini umumlashtirish natijasida, 2023-yil yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2465 ming soʻmni (ish haqiga ustama, mukofot, ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi toʻlovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurta va kasaba uyushmasiga toʻlovlar ham mavjud) tashkil etgan. Xalqaro ekspertlarning xulosasi ham bunga hamohanglik kasb etadi. Ularga koʻra, odamlarning uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasidan qoniqish hissi oilaviy baxt-saodatga eltuvchi asosiy omil sanaladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Xarob va fayzi yoʻq joyda yashayotgan aholining kayfiyati ham, kelajakka intilishi ham boʻlmaydi”. Prezidentimiz tashabbusi bilan uy-joy kommunal xoʻjaligi tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi aholining yashash sharoitini yaxshilash, turmush farovonligini yanada oshirish, shuningdek, yurtimizdagi barcha oilalarni munosib turar-joy bilan taʼminlashdan iboratdir. Amerikalik mashhur olim A.Maslou insonlarning ehtiyojlarini oʻrgangan holda piramidasida fiziologik asosga ega boʻlganligi uchun moddiy ehtiyojlar muhimliginuqtai nazaridan birinchi oʻrin berilgan. Tabiiyki, bunday ehtiyojlar ijtimoiy tizim shakli va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti darajasidan qatʼi nazar, har qanday jamiyat uchun xos va birinchi
Доказательный фрагмент
«Maqolada mamlakatimizda minglab yosh oilalar dastur doirasida qurilayotgan arzon koʻp kvartirali uylarda yaqin yillar ichida kvartira sotib olish istagini bildirib, hududiy komissiyalarga murojaat qilganliklari keltir…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada mamlakatimizda minglab yosh oilalar dastur doirasida qurilayotgan arzon koʻp kvartirali uylarda yaqin yillar ichida kvartira sotib olish istagini bildirib, hududiy komissiyalarga murojaat qilganliklari keltir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ipoteka krediti, foizlar, imtiyozli shartlar, ish xaqi fondi, uy-joy bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi., Tayanch soʻzlar. Uy-joy fondi, isteʼmol krediti, boʻlib-boʻlib toʻlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025