Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YOʻNALISHLARI
Toshmurodov Oybek Qorayevich · Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy tezisda soliq maʼmuriyatchiligini isloh etish, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish va rivojlanishi boʻlgan “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish, shuningdek, soliq nazorati sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish aks ettirilgan. Tayanch iboralar: Soliq nazorati, soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, resurs toʻlovlari, davlat byudjeti, davlat soliq xizmati organlari, investitsion iqlim, soliq nazorati tamoyillari, soliq maʼmuriyatchiligi, soliq monitoringi, kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi, soliq auditi. Tahlil va natijalar. Oʻzbekiston Respublikasida soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar vositasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Soliq maʼmuriyatchiligini isloh etish, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish va rivojlanishi boʻlgan “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish, shuningdek, soliq nazorati sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish belgilab olindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab koʻplab yangiliklar amaliyotga joriy etilishi taʼkidlab oʻtildi: «Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab koʻplab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish boʻyicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. https://scientific-jl.com 1 1 7 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Soliq kodeksi normalarini har bir soliq xodimi, tadbirkorlar va soliq toʻlovchilar puxta oʻzlashtirishi, buning uchun ularni muntazam ravishda oʻqitish zarur. Soliq xizmati xodimlari dunyoqarashini tubdan oʻzgartirish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi qoshida Fiskal institutini tashkil etishni taklif qilaman. Bu jarayonga katta tajribaga ega boʻlgan nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb etish zarur». Hozirgi kunda mamlakat iqtisodiyotini yetakchi soha va tarmoqlarining zamon bilan hamnafas faoliyat yuritishiga barcha zarur sharoit yaratib berilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochib berilayotgani, ilgʻor axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda soliq nazoratini hayotimizga izchillik bilan joriy etilayotgani erishilayotgan samarali yutuqlarimizning mustahkam poydevorini tashkil etmoqda. Soliq sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror suʼratlar bilan rivojlanib ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilanishiga zamin yaratmoqda. Mamlakatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq toʻlovchilarning soliq organlari bilan oʻzaro munosabatlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha kompleks chora- tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga soliq maslahati davlatning yangi soliq siyosatini samarali amalga oshirishning professional instituti va soliqlarni hisoblash va toʻlash masalalarida soliq toʻlovchilarning ishonchli yordamchisi sifatida yetarlicha shakllanmagan. Davlatning samarali soliq sohasidagi islohatlarni amalga oshirishda soliq tizimini rivojlantirish dasturlari ijrosi amaliyotining jahondagi ilgʻor tajribalari hamda bu borada Oʻzbekistondagi mavjud imkoniyatlarning tadqiqi asosida soliq nazoratini taʼminlashda mamlakatda va uning hududlarida, iqtisodiyot tarmoqlarida, yuridik va jismoniy shaxslarni soliq tortishda soliq nazorati metodologiyasining samarali vositalarini shakllantirish lozim. Soliq nazorati soliq toʻlovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat. Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni, byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida ham
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy tezisda soliq maʼmuriyatchiligini isloh etish, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish va rivojlanishi boʻlgan “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantir…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy tezisda soliq maʼmuriyatchiligini isloh etish, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish va rivojlanishi boʻlgan “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soliqlar, bilvosita soliqlar, soliq auditi., boshqa majburiy toʻlovlar, resurs toʻlovlari, soliq monitoringi, investitsion iqlim, Tayanch iboralar: Soliq nazorati, bevosita soliqlar, davlat byudjeti, davlat soliq xizmati organlari, soliq nazorati tamoyillari, soliq maʼmuriyatchiligi, sayyor soliq tekshiruvi, kameral soliq tekshiruvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026