Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOLIQ FUNKSIYALARI VA ULARDAN IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDA FOYDALANISH MASALALARI
SOLISHDA FOYDALANISH MASALALARI · Xaydarov Bobir Qudratqulovich
Исследователь · 2026
Аннотация
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning funksiyasi uning mohiyati, ichki tarkibi va ahamiyatini ochib beradi. Soliq funksiyalari daromadlarni bir qismini davlat byudjetiga undirish va taqsimlash instrumenti sifatida jamiyatda oʻziga xos rolni amalga oshiradi. Tayanch soʻzlar. Egri soliqlar, soliq imtiyozlari, soliq turlari, soliq agenti, soliq munosabatlari, maxalliy byudjet, davlat byudjeti. Tahlil va natijalar. Soliqlar uchun toʻlovlarni byudjetga ajratishning majburiylik xarakteri oʻziga xos belgilaridan biridir, lekin aynan ularning barqarorligi yoki doimiyligi davlat daromadining asosini yaratadi, ular yordamida ijtimoiy talablarini qondirish imkonini beradi. Soliqning mazkur imkoniyati uning davlatchilik paydo boʻlgandan buyon amal qilib kelishining obyektiv zaruriyatini va soliq mohiyatining xarakterlovchi muhim xususiyati sifatida fiskal funksiyasining mavjudligi bilan asoslanadi. Totalitar va iqtisodiy jihatdan rivoj topmagan davlatlarda soliqning fiskal funksiyasi qolgan funksiyalaridan ustun boʻladi, lekin shu bilan soliq yukining haddan ziyod yuqorilig va soliqqa tortishning davlat manfaatlariga toʻliq tobeligi soliq toʻlovchilarning nafaqat oʻzlari zimasiga qoʻyilgan soliq majburiyatlarini bajarmasligiga olib keladi, balki soliqdan qochishning qonuniy va noqonuniy yoʻllarini qidiradi. Bu haqda klassik iqtisodchi olim D.Rikardo taʼkidlaganidek, “Bu holatda har bir soliq toʻlovchi oʻzidagi soliq yukini toʻlashni boshqaga oʻtkazishdan manfaatdordir. Bunday yukdan qutilish imkonini beradigan boshqa mamlakatga oʻz kapitali bilan koʻchib ketish taskini oxir oqibatda kishini yutib chiqadi, shu taskin bilan u oʻz vatanini va eski aloqalarni tark etadi” Soliq nazariyasining tarixiy-tadrijiy rivojlanish jihatidan qaralganda iqtisodiyot nazaraiyasini klassik namoyondalari (U.Petti, A.Smit, D.Rikardo) iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlardan foydalanish gʻoyasini faol iqtisodiy siyosat quroli sifatida foydalanishga umuman salbiy yondashganlar, ularning taʼlimotlarida iqtisodiyotga aralashuv shart emas, uni tabiiy-iqtisodiy qonunlar (“koʻrinmas qoʻllar”) tartibga soladi. Xuddi shu gʻoyani P.Lerua-Bolye, A.Sturm va boshqalar ham ilgari surganlar. Biroq, A.Vagner ijtimoiy-siyosiy yondashuvni ilgari surdi, bunga koʻra soliq siyosati nafaqat fiskal, balki tartibga soluvchi ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni ham koʻzda tutishi kerak. “Soliqlarga yaqin kelajakda, sof moliyaviy maqsad bilan bir qatorda, - deydi A.Vagner, - yana bir boshqa farqli maqsad – xalq daromadlari va mulkini taqsimlashda https://scientific-jl.com 1 2 2 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali soliqlar yordamida tartibga soluvchi aralashuvni amalga oshirish va shuning asosida, erkin ayirboshlash sharoitida yuzaga keladigan oʻzgarishlarni taʼminlash maqsadi qoʻyilishi mumkin. Men bu nuqtai-nazarni nafaqat turli ziddiyatlarga qarshi turib qoʻllayman, balki endi mazkur maqsadni alohida daromad va mol-mulkni isteʼmol qilinishida ham tartibga soluvchi mazmundagi aralashuv yoʻnalishida kengaytiraman. Koʻrsatilgan ushbu maqsadning bunday belgilanishidan kengaygan, yoki, aytish joiz boʻlsa, soliqning sof moliyaviy mazmuni bilan birgalikda, ikkinchi ijtimoiy-siyosiy mohiyati kelib chiqadi”. Soliqlarning iqtisodiyotni ragʻbatlantirishi fiskal vazifalarda ham mujassam, chunki soliq usuli bilan shakllangan byudjet resurslari noishlab chiqarish, ijtimoiy sohasini rivojlantirishga, fan talabini qondirishga, sogʻliqni saqlash va madaniyatga moʻljallangan. Byudjet resurslaridan ongli maqsadli foydalanish jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Lekin bunday ragʻbatlantirish bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshirilmaydi va faqat uzoq muddatdan keyin samarasi namoyon boʻlishi mumkin. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslar ishlab chiqarishda shakllanadi, aynan shuning uchun ham ishlab chiqarish soliqlar vositasida ragʻbatlantirishining bosh obyekti boʻlishi kerak. Taʼkidlash joizki, nazariy jihatdan soliq vositasida ragʻbatlantirish keng qamrovga ega boʻlishi mumkin. Lekin amalda xoʻjalik yurituvchi subyektlar har doim ham soliqlar vositasida ragʻbatlantirilgan yoʻnalishga burilib ketavermaydi. Bu eng avvalo soliq motivatsiyasi muammolari bilan bogʻliq. Bizningcha, sabablar va ragʻbatlarni uzviy bogʻliqlikda qarash kerak, chunki korxonalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ichki va tashqi omillarning yaxlit taʼsiri ostida shakllanadi. Sabab va ragʻbat oʻrtasida maʼlum bir boʻgʻinlar mavjud – davlat manfaatlar, mulkdor manfaatlari, yollanma ishchi manfaatlari, ijtimoiy rivojlanish, ularni amalga oshirish imkoniyatlari va usullari hamda pirovard natija. Soliqlar vositasida ragʻbatlantirish iqtisodiy manfaatlar bilan optimal taqqoslanishi kerak. Shunday qilib, soliq vositasida ragʻbatlantirishning konseptual asosida, taraqqiyotning iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib, manfaatlar uygʻunligi va ularni optimallashtirish gʻoyasi yotishi maqsadga muvofiq. S
Доказательный фрагмент
«Har qanday iqtisodiy kategoriyaning funksiyasi uning mohiyati, ichki tarkibi va ahamiyatini ochib beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar qanday iqtisodiy kategoriyaning funksiyasi uning mohiyati, ichki tarkibi va ahamiyatini ochib beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soliq agenti, maxalliy byudjet, soliq imtiyozlari, soliq munosabatlari, soliq turlari, davlat byudjeti., Tayanch soʻzlar. Egri soliqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025