Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻQUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHNING MUHIM SIFATLARI
Toshboboyeva Nozima Qudiratovna · Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek
Исследователь · 2026
Аннотация
Kasbga yo‘naltirish va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tushunchasi va uning sharxi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga kasbiy maslahat, kasbiy saralsh, kasb tanlash masalalari bo‘yicha yo‘nalishlar berish. Ta’lim jarayoni va kasb tanlovchilarning psixologik, fiziologik salomatligi. Yosh davrlar psixologiyasi va kasb tanlash masalalari. Kalit soʻzlar: Yetuk insonni tayyorlashda meditsina, psixologiya va falsafiy bilimlarning o‘rni. Kasb–inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgatlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasbga yo‘naltirish borasidagi ilk bilimlar va tavsiyalar maktabdan to‘plab boriladi.Kasb tanlashda ta’lim muassasining va pedagogpsixologlarning ahamiyati katta. O‘qituvchi o‘zi tarbiyalayotgan o‘quvchilarga ta’lim berib borar ekan, shu bilan birga ularni kasb tanlashlariga ham yordam beradi. Bizga ma’lumki, maktabning kelajakda kasb tanlashga imkoniyati bo‘lgan yoshlarga ta’lim berishdan iborat asosiy vazifasi -bu o‘quvchilarning fan asoslarini faol, ongli, mustahkam va tizimli ravishda egallashini ta’minlashdir. Bular asosida o‘qituvchi o‘quvchilarga ma’lum bir kasblarni tanlashlari uchun tavsiyalar berib boradi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari bu o‘qituvchi va o‘quvchi hisoblanadi. Bu yerda ta’lim beruvchi pedagogni va ta’lim oluvchi o‘quvchi nazarda tutiladi. Bular birgalikda ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki ta’lim olayotgan o‘quvchi va ta’lim beruvchi o‘qituvchining o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Bular esa o‘z navbatida ta’lim olishga o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. O‘qituvchi ta’lim berish davomida bolalarning iqtidoridan va qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib, maktabdan keyingi uzluksiz ta’limni qaysi yo‘nalishiga ta’lim olish uchun kirishlariga yordam beradi. Maktabdan kasbiy maslahat berish uchun o‘qituvchi o‘zi ham kasbiy maslahat to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi kelib chiqadi. Kasbiy maslahat bu asosan yoshlarga kasblar haqida ilmiy asoslangan maslahat berish bo‘lib, u asosan yoshlarni qobiliyati, manfaatlari, https://scientific-jl.com 1 4 3 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qiziqishlari, intilishlari asosida kasb tanlashlariga yordam beruvchi sohadir. Kasbiy maslahat har bir kasb haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi shuningdek kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, mehnat faoliyati, kasbning ijtimoiy–iqtisoiy va sanitar-gigienik statusi, kasbga o‘qitish va insonga kasb qo‘yadigan talablar haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Bunda inson psixik xususiyatlariga, meditsina va jismoniy ko‘rsatkichlariga va kasbga mos kelmaslik to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Kasbiy maslahat yosh davrlariga qarab, ma’lumot darajasiga qarab va unda ishtirok etayotgan o‘qituvchilariga, ota-onalarining ishtirokiga qarab muvaffaqiyatli chiqadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga ta’lim berish davomida ularni kasb tanlashlariga yo‘llanmalar berar ekan shunung bilan birga ularni psixologik va jismoniy salomatligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Kasb tanlovchi hisoblangan o‘quvchilar o‘zlarini ruhan va jismonan sog‘lom ekanliklarini meditsina ko‘rigidan o‘tib tasdiqlashlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari maktab psixolog-lari va shifokorlari har doim ularni kuzatib boradilar. Psixik xusuxiyatlari yoshiga qarab rivojlanib borayotgan o‘quvchi o‘zidagi psixologik xususiyatlarni kuzatish orqali o‘zgarib borishini bilib boradi. Boladagi diqqat, sezgi, fahm-farosat, xarakter, tafakkur qilish, qobiliyat va boshqa psixologik xususiyatlar o‘quvchining rivojlanib borishi bilan o‘zgarib, takomillashib boradi. Ayniqsa bu o‘smirlik davrida juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘sib borayotgan bolada jismonan o‘zgarishlar ham sodir bo‘lib boradi. O‘quvchining jismonan imkoniyatlari ko‘payadi. O‘zini va jismoniy kuchini boshqarish, tanasidagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali, o‘zida kattalarga o‘xshash tomonlar paydo bo‘lishini ko‘radi. Bular esa uni psixologik jihatidan kattalardek tutishga, o‘zini ma’lum bir kasbda ko‘rishga intiltiradi. Umuman olganda o‘quvchidagi psixologik va jismoniy tomonlar asosan uning nerv-fiziologik tomonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Insondagi yuz berayotgan psixologik va jismoniy o‘zgarishlar uning miyasi bilan, psixofiziologik jarayonlar va nerv-fiziologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bularni o‘rgangan olimlar insonni kasbiga xos tomonlarini ham ko‘rsatib berganlar. Insonni jismoniy va ruhiy sog‘ligini o‘rgangan olimlar qatoriga I.M.Sechenov, I.P.Pavlovni ko‘rsatish mumkin. Kasb bilan bog‘liq masalalar ko‘proq keyinchalik K.M.Gurevich nomi bilan bog‘liqdir. K.M.Gurevich kasb masalasi bilan shug‘ullanar ekan insondagi individual–psixologik xususiyatlarning asosida psixofiziologik jarayonlar yotishini ko‘rsatib, I.P.Pavlov, B.M.Teplov olib brogan ishlarga suyangan holda tushuntirib berishga intiladi. O‘quvchilarni yoshi katta
Доказательный фрагмент
«Kasbga yo‘naltirish va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tushunchasi va uning sharxi.»
Образец извлечения
Демо-превьюKasbga yo‘naltirish va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tushunchasi va uning sharxi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologiya va falsafiy bilimlarning o‘rni., Kalit soʻzlar: Yetuk insonni tayyorlashda meditsina
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025