К содержанию
РецензированоUZ1996

SCOR (SUPPLY CHAIN OPERATIONS REFERENCE) MODELDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI · Umarova Mohira Shavkatovna

Исследователь · 1996

Аннотация

Ushbu maqolada SCOR modeli (Supply Chain Operations Reference) ta’minot zanjirining samaradorligini baholashda qo‘llanilishi va uning afzalliklari tahlil qilinadi. SCOR modeli 1996-yilda ishlab chiqilgan va ta’minot zanjirining barcha jarayonlarini tizimli tarzda boshqarishga yordam beradi. Modelning asosiy jarayonlari (rejalashtirish, ta’minlash, ishlab chiqarish, yetkazib berish, qaytarish) ta’minot zanjirini optimallashtirishda muhim o‘rin tutadi. 2022-yilda yangilangan raqamli versiya (SCOR Digital Standard) tizimning uzluksiz va dinamik ishlashini ta’minlab, kompaniyalarga tezkor moslashish va samarali boshqaruvni amalga oshirish imkonini beradi. SCOR modelidan foydalanish tashkilotlarga operatsion samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish, va benchmarking orqali raqobatbardoshligini kuchaytirish imkoniyatini yaratadi. Model kompaniyalarga ta’minot zanjirini boshqarishda strategik qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: SCOR modeli, ta’minot zanjiri, standartlashtirish, KPI, samaradorlik, benchmarking, raqamli ta’minot, rejalashtirish, optimallashtirish, operatsion boshqaruv. Annotation: This article analyzes the use of the SCOR model (Supply Chain Operations Reference) in assessing the effectiveness of the supply chain and its advantages. The SCOR model was developed in 1996 and helps in systematically managing all processes of the supply chain. The model’s main processes (planning, sourcing, manufacturing, delivering, and returning) play a crucial role in optimizing the supply chain. The 2022 updated digital version (SCOR Digital Standard) ensures the continuous and dynamic operation of the system, enabling companies to quickly adapt and implement efficient management. The use of the SCOR model provides organizations with the opportunity to improve operational efficiency, reduce costs, and strengthen competitiveness through benchmarking. The model helps companies in making strategic decisions in supply chain management. Keywords: SCOR model, supply chain, standardization, KPI, efficiency, benchmarking, digital supply chain, planning, optimization, operational management https://scientific-jl.com 1 6 3 61-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Kirish. Bugungi global bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlashda ta’minot zanjirining samaradorligi muhim omillardan biri hisoblanadi. Har qanday mahsulot yoki xizmatning o‘z vaqtida, sifatli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yetkazilishi ta’minot zanjiri tizimining qanday boshqarilishiga bevosita bog‘liqdir. Shu sababli, tashkilotlar ta’minot zanjiri faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilish va baholab borishga intilmoqda. Bunda zamonaviy boshqaruv modellaridan foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Shunday modellar orasida Supply Chain Operations Reference (SCOR) modeli alohida o‘rin tutadi. SCOR modeli — bu dastlab Ta’minot zanjiri kengashi (hozirda ASCM tarkibida) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan jarayonlarga asoslangan model bo‘lib, u turli sohalarda qo‘llaniladigan, ta’minot zanjirini boshqarishda standart diagnostik vosita sifatida xizmat qiladi.1 SCOR modeli tashkilotlarga o‘z ta’minot jarayonlarini tizimli tahlil qilish, har bir bosqichdagi samaradorlikni baholash va takomillashtirish yo‘llarini aniqlashda yordam beradi. Aynan shu jihatlari sababli SCOR modeli bugungi kunda ko‘plab korxonalar tomonidan afzal ko‘rilmoqda. SCOR modelining mazmuni va tarkibiy qismlari. SCOR modeli (Supply Chain Operations Reference) – bu ta’minot zanjiri faoliyatini tahlil qilish, baholash va takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan kompleks model hisoblanadi. U turli sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarga o‘z ta’minot jarayonlarini standartlashtirish, o‘lchash va optimallashtirish imkonini beradi. SCOR modeli ta’minot zanjirini tashkil etuvchi asosiy funksiyalarni aniq ravishda belgilaydi va ularni umumiy tilga soladi. Shu orqali u tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlik va solishtirma tahlil imkoniyatini yaratadi. Zamonaviy texnologiyalar va raqamli tizimlarning tez sur’atlarda rivojlanishi ta’minot zanjiri boshqaruviga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. An’anaviy chiziqli modeldan farqli o‘laroq, hozirgi ta’minot zanjirlari ko‘proq asosiy jarayonlar o‘rtasida dinamik va murakkab o‘zaro aloqadorlikni talab qiladi. Bu ehtiyoj SCOR modelining raqamli shaklga o‘tkazilishini taqozo etdi. SCOR modeli 1996-yilda boshqaruv bo‘yicha konsalting firmasi PRTM (hozirda PricewaterhouseCoopers LLP (PwC) tarkibida) va AMR Research tomonidan ishlab chiqilgan hamda Ta’minot zanjiri kengashi tomonidan tasdiqlangan.2 SCOR raqamli standarti (Digital Standard — DS)3 2019-yilda chiqarilgan va 2022-yilda yangilangan. Bu modelni raqamlashtirish orqali undan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, oldingi versiyalarda tasvirlangan chiziqli tizim o‘rniga yanada dinamik, 1 APICS Dictionary and Learn It App”. www.apics.org Retrieved 2016-07-14. URL: http://www.apics.org/sites/apics- supply-

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada SCOR modeli (Supply Chain Operations Reference) ta’minot zanjirining samaradorligini baholashda qo‘llanilishi va uning afzalliklari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada SCOR modeli (Supply Chain Operations Reference) ta’minot zanjirining samaradorligini baholashda qo‘llanilishi va uning afzalliklari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
SCOR model, supply chain, standardization, KPI, efficiency, ta’minot zanjiri, rejalashtirish, optimallashtirish, standartlashtirish, benchmarking, samaradorlik, raqamli ta’minot, operatsion boshqaruv., Kalit so‘zlar: SCOR modeli
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники