К содержанию
РецензированоEN2025

NEYRONLARNING BIOFIZIKASI: IMPULSLAR QANDAY UZATILADI?

Ismoilov Diyorbek Shahobiddin o`g`li · Absaidov Elburis Toxir o`g`li · Исмоилов Диёрбек Шахобиддинович (Факультет лечения, 1-й курс) · Абсаидов Эльбурис Тахирович (Факультет лечения, 1-й курс)

Исследователь · 2025

Аннотация

This article explores the biophysics of neurons, specifically how nerve impulses are transmitted. Neurons, the primary functional units of the nervous system, transmit impulses through physical processes in the cell membrane. The article thoroughly analyzes biophysical processes such as the structure of neurons, membrane potential, action potential, and the role of ion channels. The processes of depolarization and repolarization, ion movement, and their passage through the membrane are studied. Additionally, the mechanisms of signal transmission between neurons in synapses, chemical neurotransmitters, and electrical synapses are discussed. The article highlights the importance of neuronal biophysical activity in medicine, particularly in the diagnosis and treatment of neurological disorders. The results of this research will help to better understand the functioning of the nervous system and serve as an important scientific basis for the development of neurotechnologies. https://scientific-jl.com 2 6 5 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Keywords: neurons, biophysics, action potential, ion channels, synapse, neurotransmitters, nervous system, neurological disorders, epilepsy, Parkinson's disease, Alzheimer's disease. Kirish. Inson organizmida asab tizimi juda muhim rol o‘ynaydi, chunki u barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradi. Neyronlar — asab tizimining asosiy hujayralari bo‘lib, ular elektr va kimyoviy signalni uzatish orqali tana va miya o‘rtasidagi aloqa o‘rnatadi. Asab impulslarining neyronlardan miya va orqa miya orqali boshqa qismlarga uzatilishi insonning normal hayot faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonlarning to‘g‘ri va samarali ishlashi markaziy asab tizimining sog‘lom ishlashining asosini tashkil etadi. Neyronlarning biofizikasi asosan hujayra membranasidagi ion harakati, membrana potensiali va aksiya potensialining hosil bo‘lishi kabi jarayonlarni o‘rganadi. Bu jarayonlar asab impulslarining uzatilishini va neyronlararo aloqani ta’minlaydi. Bularning barchasi fiziologik jihatdan o‘ta murakkab va yuqori darajada boshqariladi. Biroq, ushbu jarayonlarning qanday ishlashini to‘liq tushunish, tibbiyot va biotexnologiyalarni rivojlantirishda, ayniqsa neyroloji kasalliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Maqolaning maqsadi neyronlarning biofizikasi asosida impulslarning qanday uzatilishini tushuntirish, ushbu jarayonning biofizik xususiyatlarini o‘rganish va uning tibbiyotdagi amaliy ahamiyatini ko‘rsatishdir. Asosiy qism. Neyronning tuzilishi va vazifasi: Neyronlar asab tizimining asosiy funktsional birligi bo‘lib, ular organizmning barcha qismlaridan markaziy asab tizimiga signallarni uzatish va qaytarib olishni ta'minlaydi. Neyronlarning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Dendritlar: Neyronning bu qismi tashqi signallarni, ya’ni boshqa neyronlardan yoki sensor hujayralardan kelgan impulslari qabul qiladi. Dendritlar ko‘p miqdorda bo‘lib, signallarni neyronning hujayra tanasiga olib keladi. Hujayra tanasi (soma): Hujayra tanasida neyronning barcha biologik va biokimyoviy jarayonlari sodir bo‘ladi. Unga neyronning asosiy yashash va faoliyat markazi sifatida qaraladi. Hujayra tanasida genetik material — yadro mavjud bo‘lib, u neyronni boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilishni ta'minlaydi. Akson: Akson neyronning uzun qismi bo‘lib, u signalni hujayra tanasidan boshqa neyronlarga, mushaklarga yoki bezlarga uzatadi. Aksonlar ba’zan juda uzun bo‘lishi mumkin va ular myelin bilan qoplangan bo‘ladi, bu esa signal uzatishni tezlashtiradi. https://scientific-jl.com 2 6 6 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Neyronning vazifasi, asosan, markaziy asab tizimi orqali impulslarni uzatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har bir neyron o‘zining yuqori darajadagi biofizik va kimyoviy muvozanatini saqlab qolishi kerak. Membrana potensiali va aksiya potensiali : Membrana potensiali neyronlarning biofizik faoliyatida markaziy ahamiyatga ega. Hujayra membranasining ichki va tashqi qismlarida ionlarning harakati orqali potensial farq yuzaga keladi. Neyronning tinch holatda bo‘lganida membrana potensiali -70 mV atrofida bo‘ladi. Bu holatda Na⁺ ionlari neyronning tashqi qismlarida, K⁺ ionlari esa ichki qismlarida ko‘proq to‘planadi. Aksiya potensiali esa neyronning signal uzatish jarayonini ta’minlaydi. Aksiya potensiali quyidagi jarayonlar orqali sodir bo‘ladi: Depolarizatsiya: Neyronning membranasida Na⁺ ion kanallari ochilib, Na⁺ ionlari hujayraga kiradi. Bu membrana potensialining ijobiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Repolarizatsiya: Na⁺ ionlari kanalini yopishdan so‘ng, K⁺ kanallari ochiladi va K⁺ ionlari neyronning ichkarisidan chiqib ketadi. Bu jarayon neyronning asl holatiga qaytishini ta’minlaydi. Aksiya potensiali faqatgina ma'lum bir potensialni bosib o‘tganida (ko‘pincha -55 mV), neyronning membranasida ion kanallari

Доказательный фрагмент

«This article explores the biophysics of neurons, specifically how nerve impulses are transmitted.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the biophysics of neurons, specifically how nerve impulses are transmitted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
neurons, biophysics, action potential, ion channels, synapse, asab tizimi, Altsgeymer kasalligi., Parkinson kasalligi, nevrologik kasalliklar, Kalit so‘zlar: neyronlar, neyromediatorlar, ion kanallari, biofizika, epilepsiya, aksiya potensiali, sinaps
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники