К содержанию
РецензированоUZ2026

ADABIYOTSHUNOSLIKDA XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV IJODINING UMARALI NORMATOV TOMONIDAN BAHOLANISHI

Raximova Ro‘shana O‘lmasboy qizi · Kalit so‘zlar: Xudoyberdi To‘xtaboyev · Umarali Normatov, bolalar adabiyoti · Keywords: Khudoyberdi To‘xtaboyev · Umarali Normatov, children's literature

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodining o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘rni va uning Umarali Normatov tomonidan adabiy baholanishi tahlil qilinadi. Normatovning ilmiy fikrlari asosida To‘xtaboyev asarlarining realizm va fantastika uyg‘unligi, qahramonlarning tabiiyligi, syujet qurilishi va tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: Xudoyberdi To‘xtaboyev, Umarali Normatov, bolalar adabiyoti, realizm, fantastika, syujet, tarbiya. Annotation: This article analyzes the role of Khudoyberdi To‘xtaboyev’s works in Uzbek children's literature and their literary evaluation by Umarali Normatov. Based on Normatov’s scientific views, the article highlights the combination of realism and fantasy in To‘xtaboyev’s works, the naturalness of characters, plot construction, and the educational significance of his writings. Keywords: Khudoyberdi To‘xtaboyev, Umarali Normatov, children's literature, realism, fantasy, plot, education. Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zbek bolalar adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yosh avlod tarbiyasiga xizmat qiluvchi sermahsul asarlari bilan e’tirof etilgan yozuvchidir. Uning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi”, “Besh bolali yigitcha” kabi asarlari nafaqat bolalar, balki kattalar auditoriyasi orasida ham o‘ziga xos mavqega ega. To‘xtaboyevning ijodi orqaligina emas, balki yaratayotgan obrazlar, ulardagi axloqiy va ma’naviy mezonlar orqali ham bolalarning tafakkurini shakllantirish, ularni fikrlashga undash borasida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, uning badiiy merosi adabiyotshunoslar tomonidan hamon dolzarb tadqiqot mavzusi bo‘lib qolmoqda. Adabiyotshunoslikda Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodini chuqur tahlil qilishda bir qancha muhim jihatlar e’tiborga olinadi. Bular jumlasiga yozuvchining fantastik va realistik elementlarni uyg‘unlashtirishdagi mahorati, bolalar psixologiyasiga mos til uslubining qo‘llanishi, shuningdek, jamiyatdagi muammolarni bolalar nigohi bilan tasvirlash kabi xususiyatlar kiradi. Ammo shu bilan birga, To‘xtaboyev asarlarini nazariy asoslarda chuqur o‘rganishga doir izlanishlar yetarli darajada tizimli olib borilmaganligini ham ta’kidlash kerak. Umarali Normatov — o‘zbek adabiy tanqidchiligining salmoqli vakillaridan biri bo‘lib, bolalar adabiyotini tahlil qilishga https://scientific-jl.com 2 7 5 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali alohida e’tibor qaratgan. Ayniqsa, u Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodini o‘zining bir necha ilmiy maqolalarida atroflicha o‘rgangan. Normatovning “Sarguzasht sardori” asari orqali To‘xtaboyev qalamiga mansub badiiy qahramonlar, syujet va konfliktlar, badiiy tafakkur va g‘oyaviy mazmun yuzasidan bergan baholari nafaqat yozuvchining adabiyotdagi o‘rnini aniqlashga, balki bolalar adabiyotining rivojlanishidagi umumiy yo‘nalishlarni anglashga ham xizmat qiladi. Mazkur maqola Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodining adabiyotshunoslikda, xususan Umarali Normatov tomonidan berilgan baholar asosida tahlil qilinishiga bag‘ishlanadi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, u yozuvchining adabiy merosini zamonaviy tanqidiy nigohda qayta ko‘rib chiqish va uni adabiy jarayon bilan uyg‘un holda o‘rganishga harakat qiladi. Bu esa nafaqat tarixiy, balki metodologik nuqtayi nazardan ham muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodining eng asosiy badiiy xususiyatlaridan biri — bu sarguzasht va fantastika elementlarining ijtimoiy motivlar bilan uyg‘unlashganligidir. Yozuvchi bolalar va o‘smirlar dunyosini aks ettirishda real hayotiy muammolarni ertakona, sarguzashtli syujetlar orqali yoritgan. Masalan, “Sariq devni minib” asarida qahramonlarning orzu-umidlari, hayotga bo‘lgan qarashlari sarguzasht yo‘li bilan ifodalanadi, ammo bu voqealar orqali o‘quvchiga halollik, do‘stlik, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar singdiriladi. To‘xtaboyev qahramonlari — real hayotdan olingan, xalq orasidan chiqqan, oddiy bolalar bo‘lib, ular orqali yozuvchi jamiyatdagi turli muammolarga ishora qiladi. Bu qahramonlar xarakterining shakllanishi hayotiy voqealarga, ijtimoiy muhitga bog‘langan bo‘lib, o‘quvchini o‘ziga tortadi. Ular ideal emas, balki xatolari bilan birga tasvirlangan bo‘lib, bu jihat ularning tabiiyligini ta’minlaydi. Jumladan, “Sehrli qalpoqcha”, “Besh bolali yigitcha” kabi asarlarda qahramonlar hayotda duch keladigan sinovlar orqali shakllanadi, bu esa ularni yanada ishonchli va chuqur xarakterga ega qiladi. Yozuvchining tili o‘ta xalqchil, sodda va samimiydir. U bolalarning kundalik nutqiga yaqin bo‘lgan iboralar, hazil-mutoyiba, kinoya va o‘xshatmalardan mohirona foydalanadi. Bu esa asarlarni yosh kitobxonlar uchun qiziqarli va tushunarli qiladi. Shuningdek, To‘xtaboyev o‘z asarlarida o‘zbek xalq maqollari, iboralaridan keng foydalanib, milliy ruhni mustahkamlaydi. U nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun ham muhim ijtimoiy va axloqiy saboqlarni sodda tilda yetkazadi. To‘xtaboyevning bu jihatlari uning asarlarini nafaqat badiiy, balki

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodining o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘rni va uning Umarali Normatov tomonidan adabiy baholanishi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodining o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘rni va uning Umarali Normatov tomonidan adabiy baholanishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khudoyberdi To‘xtaboyev, Umarali Normatov, children's literature, tarbiya., bolalar adabiyoti, syujet, realizm, Kalit so‘zlar: Xudoyberdi To‘xtaboyev, fantastika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники