Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUD KOSHGʻARIYNING “DEVONI LUGʻOTIT TURK” ASARIDAGI MAISHIY TERMINLAR TAHLILI
MAISHIY TERMINLAR TAHLILI · Ibragimova Xolida Ulug‘bek qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
This article pays special attention to the issues of analyzing the everyday terms given in Mahmud Kashgari's work "Devonu lug‘otit turk". The purpose of the study is to study the specific features of everyday terms in the old Turkic (Uzbek) language based on the analysis of the work "Devonu lug‘otit turk", and this goal has been partially achieved in the article.. Key words: "tandir" (traditional oven), "kashiq" (eating utensil), Bosag‘aq, Keregu, O‘tov, Tugul, Ash, Qavut, Bo‘z, Yag‘, Et. XI asrning oxirlari XII asrlarning boshlarida turkiy urug‘ qabilalarning umumturkiy xalq so‘zlashuv tilida qo‘llagan so‘zlari, u 135 davrlardagi yozma yodgorliklarda aks etgan. Bu davrlarda irrigatsiya va melioratsiyaga oid ba’zi so‘zlar parallel ravishda turkiy, mo‘g‘ul tillarida ishlatilgan. Mana shular natijasida XI asrlardagi qabilalar va xalq tilining so‘z xazinasi boyigan, kasb-hunar sohalarida boy leksika yuzaga kelgan edi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarni Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” (DLT) dagi quyidagi dalil tasdiqlaydi. DLTga kiritilib izohlangan bosh so‘zlar (omonimlar bilan birga) 7243 tadir. Shulardan X-XI kasb-hunar terminlari 1561 tadir. Shu narsa diqqatga sazovorki, DLTda qayd etilgan bu 1561 ta so‘z–terminlarning 400 ga yaqini o‘sha davrning yozma adabiyotida, chunonchi "Qutadg‘u bilig"da ham qo‘llanilgan. D.P. Aytbayev DLTdagi gidrologiya (suvshunoslik) ga oid so‘zlarni maxsus o‘rganib, bu sohaga tegishli so‘zlar 1200 dan ortiqligini aniqlagan. Shundan 218 tasi 1-tomda, 447 tasi 2-tomda, 562 tasi 3-tomda mavjudligini hisoblab chiqqan. Muallif ushbu maqolasida Mahmud Koshg‘ariyning DLT asaridan suvshunoslik atamalari manbai sifatida foydalanish, o‘lkamiz hududining o‘sha davrdagi gidrografiyasi haqida https://scientific-jl.com 2 7 9 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tegishli tasavvur hosil qilishga hamda uning hozirgi kundagi holati bilan solishtirishga imkon berishini alohida ta’kidlaydi. Terminlarning qo‘llanish, tarqalish ko‘lami muayyan terminologik sistema bilan cheklangan bo‘lib, ular insonning faoliyati doirasidagi aniq uslubda harakat qiladi, voqelanadi. Terminologik leksika o‘z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot doirasiga ko‘chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo‘llanadigan so‘z va so‘z birikmalarini qamrab oladi. Umumadabiy til doirasiga o‘tgan termin o‘z terminologiyasi, terminologik maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan ajralib qoladi. Termin ta’rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko‘pdan-ko‘p mulohazalar bildirilgan. Deyarli barcha ta’riflarda termin maxsus ilmiy- texnikaviy tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi tarzida tavsiflanadi. O.Vinokurning fikricha, termin - har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili ongli shakllantiriladi. Zero, termin o‘z-o‘zidan, stixiyali tarzda paydo bo‘lmaydi, balki zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi. A.S.Gerdning mulohazasiga ko‘ra termin ilm-fan taraqqiyotining muayyan bosqichida mavjud tushunchalarning asosiy xususiyatlarini aniq va to‘laligicha aks ettiruvchi maxsus terminologik ma’noga ega tabiiy va sun’iy til birligi, ya’ni so‘z yoki so‘z birikmasidir. A.S.Gerdning mulohazasiga ko‘ra termin ilm-fan taraqqiyotining muayyan bosqichida mavjud tushunchalarning asosiy xususiyatlarini aniq va to‘laligicha aks ettiruvchi maxsus terminologik ma’noga ega tabiiy va sun’iy til birligi, ya’ni so‘z yoki so‘z birikmasidir. O.S.Axmanovaning ta’kidlashicha, terminologiya qaysidir fan o‘z taraqqiyotining oliy darajasiga erishgandagina yuzaga chiqadi, ya’ni termin muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so‘ng tan olinadi. Terminni notermindan farqlashning muhim vositasi uni ilmiy asosda ta’riflashning mumkin emasligidadir. V.G.Gak terminning ta’rifini berish qatori, uning mohiyatini ochadi va terminning biror bir til so‘z boyligidagi o‘rnini belgilaydi. U ilmiy ishlarda terminga lug‘aviy birliklarning alohida turi tarzida qaralishiga e’tiroz bildiradi hamda termin-funksiya, leksik birliklar qo‘llanishining bir qo‘rinishi, degan g‘oyani ilgari suradi. V.P.Danilenkoning e’tirof etishicha, jamiyatda sodir bo‘ladigan har qanday jarayonning in’ikosi dastavval terminologiyada o‘z ifodasini topadi yoki muayyan terminlarning tranformatsion o‘zgarishi oqibatida voqelanadi. Terminologiya turli-tuman maktab, ilmiy yo‘nalish va aniq fikrlarga xos ketegorial apparatni ifodalovchi, terminlar sistemasiga birlashgan maxsus tushunchalar yig‘indisi, majmui tarzida qaraladi. Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlarning paydo bo‘lishi, ularning hayotga tatbiq qilinishidagi to‘siqlar, yasalish pritsiplari va usullari xususida turfa g‘oyalar, nuqtai nazarlar ko‘zga tashlanadi. Termin so‘zi interpretatsiyasining substansional, funksional, dervatsion, semantik va pragmatik prinsiplari e’tirof etilmoqda. https://scientific-jl.com 2 8 0 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – m
Доказательный фрагмент
«This article pays special attention to the issues of analyzing the everyday terms given in Mahmud Kashgari's work "Devonu lug‘otit turk".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article pays special attention to the issues of analyzing the everyday terms given in Mahmud Kashgari's work "Devonu lug‘otit turk". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "tandir" (traditional oven), "kashiq" (eating utensil), Bosag‘aq, Keregu, O‘tov, Et., “qoshiq” (ovqatlanish asbobi), Tugul, Kalit so‘zlar: “tandir” (an'anaviy pech), Yag‘, Bo‘z, Ash, Qavut
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025