К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARDA TASHABBUS KO‘RSATISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA LOYIHA METODINING O‘RNI

Kadirova Omadxon · Gʻofurjonova Mohlaroyim

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishda loyiha metodining o‘rni ochib berilgan. Loyiha metodi bolalarning mustaqil fikrlash, mas'uliyatni his qilish, hamkorlikda ishlash, o‘z g‘oyalarini ilgari surish kabi muhim ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita sifatida talqin etiladi. Mualliflar bolalarning tashabbuskorligini rivojlantirishda loyiha faoliyatining pedagogik ahamiyati va uning amaliy tatbiqiga oid tavsiyalarni keltirgan. Annotation: This article reveals the role of the project method in developing initiative skills in preschool children. The project method is interpreted as an effective tool for forming essential skills such as independent thinking, responsibility, teamwork, and promoting one's ideas. The authors provide pedagogical significance and practical recommendations for applying project activities to foster children's initiative. Kalit so‘zlar: loyiha metodi, tashabbuskorlik, mustaqillik, bolalar faoliyati, pedagogik yondashuv. Keywords: project method, initiative, independence, children's activity, pedagogical approach. KIRISH. Hozirgi ta'lim tizimi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bolalarning mustaqil fikrlashi, tashabbus ko‘rsatishi va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim davrida bola shaxsi shakllanishi va ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi muhim bosqich hisoblanadi [1]. Ushbu bosqichda bolaning tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish ta'lim va tarbiyaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, loyiha metodi bolalarning mustaqil fikrlash, rejalashtirish, ijodiy yondashuv va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita bo‘lib xizmat qiladi [2]. https://scientific-jl.com 2 8 9 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ASOSIY QISM. Loyiha metodining mohiyati va uning pedagogik asoslari Loyiha metodi – bu bolalarni o‘zlarini qiziqtirgan mavzular asosida faoliyatga jalb etish, ular orqali amaliy natijalarga erishishni ko‘zlovchi yondashuvdir. Bu metod orqali bolalar tanlagan mavzusi asosida maqsad qo‘yadi, rejalar tuzadi, materiallar to‘playdi, faoliyatni bajaradi va natijani baholaydi [3]. Mazkur metod bolalarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi: Tashabbus ko‘rsatish va mustaqil fikrlash; Mas'uliyatli bo‘lish; Guruhda ishlash va fikr almashish; Muammo yechish yo‘llarini izlash; O‘z faoliyatini rejalashtirish va natijalarni baholash [4]. Bolalarda tashabbuskorlikni shakllantirishda loyiha metodining afzalliklari Bolalar uchun loyiha metodi erkin tanlov, izlanish va ijod qilish imkonini beradi. Bola o‘ziga qiziq bo‘lgan mavzuni tanlash orqali faol ishtirokchi bo‘lib qoladi. Bu esa uning tashabbus ko‘rsatishiga, o‘z fikrlarini ilgari surishiga va natijani kutish motivatsiyasini oshiradi [5]. Masalan, "Bizning bog‘imiz" loyihasida bolalar o‘simliklar parvarishi haqida ma’lumot to‘plashadi, kuzatishlar olib borishadi, tajribalar o‘tkazishadi va natijalarni taqdim etishadi. Bunday jarayonlar bolada tashabbus, liderlik va ijtimoiy faoliyatga tayyorlikni rivojlantiradi [6]. Pedagogning roli va rivojlantiruvchi muhit Loyiha faoliyatida pedagog yo‘naltiruvchi, rag‘batlantiruvchi va tashkilotchilik vazifasini bajaradi. U bolalarning g‘oyalarini hurmat qiladi, faol ishtirokni qo‘llab-quvvatlaydi va har bir bolaning imkoniyatlarini hisobga oladi [7]. Shuningdek, muhit ham loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishida muhim omildir. Rivojlantiruvchi muhit bolalarda izlanishga, kashf qilishga, tajriba o‘tkazishga imkon yaratadi. Tashabbuskorlikni rag‘batlantirish uchun pedagoglar bolalarni erkin ifoda etishga, o‘z fikrini aytishga, jamoada ishlashga o‘rgatishlari kerak [8]. XULOSA. Xulosa qilib aytganda, loyiha metodi maktabgacha yoshdagi bolalarda tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik va hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim pedagogik vositadir. Bu metod orqali bola o‘z qiziqishlariga mos faoliyatni amalga oshiradi, natijani ko‘radi va o‘ziga nisbatan ishonch hosil qiladi. Pedagoglar ushbu metodni puxta o‘zlashtirgan holda, ta'lim jarayoniga tatbiq etsalar, bolalarning tashabbuskorligini muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimova N.K. "Maktabgacha ta'lim psixologiyasi". Toshkent, 2020. https://scientific-jl.com 2 9 0 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 2. Usmonova R. "Innovatsion pedagogik texnologiyalar". Samarqand, 2019. 3. G‘aniyeva N.S. "Loyiha faoliyatini tashkil etish asoslari". Toshkent, 2021. 4. Xolmurodova M. "Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv". Andijon, 2022. 5. Shodmonova D. "Tarbiyada tashabbuskorlikni rivojlantirish". Buxoro, 2020. 6. Mamatqulova S. "Bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish". Farg‘ona, 2021. 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi metodik tavsiyalari. 8. Jalilova Z.X. "Loyiha

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishda loyiha metodining o‘rni ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishda loyiha metodining o‘rni ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
project method, initiative, independence, children's activity, pedagogik yondashuv., bolalar faoliyati, Kalit so‘zlar: loyiha metodi, tashabbuskorlik, mustaqillik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники