К содержанию
РецензированоUZ2026

KAM TA’MINLANGAN KO‘P BOLALI OILALAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI.

OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI. · Doniyarova Saida · Xamidova Sevara · Ilmiy rahbar SamDUKF Raqamli texnologiyalar · Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

Исследователь · 2026

Аннотация

This article analyzes modern technologies for conducting social work with low-income large families in the Republic of Uzbekistan. The relevance of the topic is reflected in the increasing number of groups in need of social protection and the consistent development of state policy aimed at supporting them. The article systematically examines the legal status of low-income large families, the criteria for their identification, existing problems and solutions. It also reveals individual, group and collective forms of social work, the formation of an information and resource base, practical mechanisms for cooperation between state and non-state organizations. Based on the problems encountered in practice, existing opportunities and proposals to eliminate them, conclusions are drawn on increasing the effectiveness of social work. The article is of scientific and practical importance for specialists, researchers and students working in the field of social work. Kalit so’zlar: kam ta’minlangan oila, ko’p bolali oila, individual yondashuv, guruhli ish texnologiyasi, ijtimoiy himoya, integratsiya, mahallabay ishlash. Ключевые слова: малообеспеченная семья, многодетная семья, индивидуальный подход, групповая технология работы, социальная защита, интеграция, работа по соседству. Keywords: low-income family, large family, individual approach, group work technology, social protection, integration, neighborhood work. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar jamiyatning barcha qatlamlariga, xususan, aholining ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj guruhlariga e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalar bilan samarali ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb masalaga aylangan. Chunki bunday oilalar, odatda, ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va psixologik muammolarga duch keladi. Bu esa ularning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘sqinlik qiladi. Ijtimoiy ish esa ana shu to‘siqlarni bartaraf etishga, oilalarning ichki resurslarini safarbar qilishga va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim vositadir. Kam ta’minlangan ko‘p bolali oila — bu iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy resurslari chegaralangan, to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan tarkibga ega, tarkibida kamida to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan, o‘rtacha oylik daromadi belgilangan yashash minimumidan past bo‘lgan, davlat tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj deb e’tirof etilgan oila hisoblanadi. Oila kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarga ko‘ra, to‘rt nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oila hisoblanadi. Shuningdek, agar oilaning bolalaridan biri yoki bir nechasi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan va 22 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p https://scientific-jl.com 2 2 7 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bolali oila sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Oila to‘g‘risida”gi Qonun, “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlar oilalarni qo‘llab-quvvatlashni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab bergan. Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi mexanizmlar esa kam ta’minlangan qatlamlar, xususan, ko‘p bolali oilalarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratdi. Bu kabi yondashuvlar jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirishga, ijtimoiy tenglikka erishishga xizmat qilmoqda. Ijtimoiy ishda kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalarni aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Ular bilan ishlashda, avvalo, oiladagi bolalar soni, oila a’zolarining bandlik darajasi, mavjud daromad manbalari, sog‘liq holati, yashash joyi va uy-joy sharoitlari, bolalarning maktabga qatnashi, sog‘lig‘i va psixologik muammolari hisobga olinadi. Kam ta’minlangan oila sifatida tan olinishi uchun, odatda, ularning daromadi belgilangan yashash minimumidan past bo‘lishi kerak. Bu holat tuman va shahar hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda tegishli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari tomonidan maxsus mezonlar asosida aniqlanadi. Ijtimoiy ishchilarning asosiy vazifasi nafaqat muammolarni aniqlash, balki ularni tizimli tarzda bartaraf etish, oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, zarur hollarda ularni psixologik, huquqiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bunda ijtimoiy ish texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. Ular orasida individual, guruhli va jamoaviy ish uslublari keng qo‘llaniladi. Individual yondashuvda ijtimoiy ishchi har bir oila bilan alohida ishlaydi, oilaning ichki muhitini o‘rganadi, ehtiyojlar tahlil qilinadi, har bir a’zoning muammosi alohida ko‘rib chiqiladi. Bu orqali oilaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki va tashqi omillar aniqlanadi hamda ular bo‘yicha individual yordam dasturi ishlab chiqiladi. Guruhli ish texn

Доказательный фрагмент

«This article analyzes modern technologies for conducting social work with low-income large families in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes modern technologies for conducting social work with low-income large families in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
low-income family, large family, individual approach, group work, Kalit so’zlar: kam ta’minlangan oila, guruhli ish texnologiyasi, ko’p bolali oila, mahallabay ishlash., individual yondashuv, ijtimoiy himoya, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники