Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ TOʻLASH VA ISLOH QILISHNING BARQAROR YOʻNALISHLARI
QILISHNING BARQAROR YOʻNALISHLARI · G`aniyev Rahimjon · Ahmadjonov Oybek · M. G`oziyev
Исследователь · 2026
Аннотация
O'zbekiston Respublikasida soliq siyosatini isloh qilish, soliq to'lovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, daromadlarini oshirish orqali amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritib berilgan. Tadqiqotda soliq tizimidagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning hal etishning tashkiliy yo'nalishlari ko'rsatib o'tilgan. Jumladan, raqamlashtirish, soliq ma'murchiligining sodda va soliq yuki optimal bo'yicha olib boriladigan ishlab chiqarishga alohida e'tibor beradi. Maqola yakunida soliq solish yanada samarali faoliyat yuritishini ta'minlash bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so`zlar: digitalizatsiya, komponent, soliq stavkasi, transparan, komunikatsiya, e-soliq, raqamli texnologiya. Soliq tizimi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi. O'zbekistonda bu tizimni takomillashtirish orqali iqtisodiyotni yaxshilash va investitsiya muhitini yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari: Soliq yuklarining kamaytirilishi – bu tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish va iqtisodiy o‘sish uchun zarur sharoitlar yaratadi.Soddalashtirilgan soliq tizimi – kichik va o‘rta biznes uchun soddalashtirilgan soliq tartiblari joriy etilayotgani kuzatilmoqda, bu esa yangi tadbirkorlarni jalb qiladi.Digitalizatsiya – soliq to‘lovlarini elektron tarzda amalga oshirish tizimi rivojlanmoqda, bu esa soliq to‘lovchilar uchun qulayliklar yaratadi.Shuningdek, investitsiyalarga oid turtki beruvchi dasturlar ishlab chiqilmoqda, bu esa xorijiy va mahalliy investorlarning qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida O'zbekiston iqtisodiyoti o‘sib, barqaror rivojlanishgaerishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Soliq tadbirkorlik, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari uchun qulay tartiblar yaratilmoqda. Ushbu tartiblarda quyidagi asosiy jihatlarga e'tibor qaratmoqda: Soddalashtirilgan soliqlar – kichik biznesga yuklanadigan soliq miqdori qisqartirilmoqda, bu esa tadbirkorlikni rag'batlantiradi. Yangilliklar va bonuslar – yaratilgan yangi ish o'rinlari uchun soliq imtiyozlari va subsidiyalar ko'zda tutilgan, bu https://scientific-jl.com 2 3 6 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bizning iqtisodiyotimizda yangi imkoniyatlar ochadi.Hujjatlar va ruxsatnomalar – tadbirkorlik faoliyatini boshlash va olib borish uchun zaruriy hujjatlarni tartibga solish jarayoni soddalashtirilmoqda. Moliya va kredit olish imkoniyatlari – kichik biznes uchun arzon kreditlar va moliyaviy yordam dasturlari taklif etilmoqda.Ushbu chora- tadbirlarga asoslanib, O'zbekistonda kengayib borayotgan tadbirkorlik muhitining rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish va ish o'rinlarini yaratishda muhim ro`l o'ynaydi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari orqali iqtisodiyotimizni barqarorlashtirishga erishish mumkin. Soliq stavkalarining pasaytirilishi va iqtisodiyotga ta'siri, soliq stavkalarining pasaytirilishi iqtisodiyotga turli yo'sinlarda ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu jarayonning asosiy jihatlari quyidagilardir. Soliq yukining kamayishi- soliq stavkalari pasayganda, fuqarolar va korxonalar uchun soliqlar kamayadi, bu esa ularning xususiy sarflarini oshirishga imkon beradi. Kamaytirilgan soliq yuklari ishchilar va ish beruvchilar uchun xarajatlarni qisqartiradi, natijada iste'mol va investitsiyalar ko'payadi. Iqtisodiy o'sish soliq yukini kamaytirish, xarid qilish qulayligini oshirib, kelajakdagi iqtisodiy o'sishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Odamlar ko'proq pulga ega bo'lishsa, iste'mol sarflari oshib, iqtisodiyotning o'sishini rag'batlantiradi. Byudjetga ta'siri esa soliq stavkalarining pasaytirilishi qisqa muddatda byudjet daromadlarining kamayishiga olib kelishi mumkin, bu esa davlat moliyasida muammolar yaratadi.Agar byudjet daromadlari pasaysa, davlat ijtimoiy dasturlar va xizmatlarni moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.Uzoq muddatli ta'sirlar qisqa muddatda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishi mumkin, ammo uzoq muddatda davlat byudjetining barqarorligini ta'minlash zarur. Agar xarajatlar qisqarishi va davlat qarzlari oshishi kuzatilsa, bu iqtisodiy o'sish sur'atlarini susaytirishi mumkin.Umuman olganda, soliq stavkalarining pasaytirilishi iqtisodiyotning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadi va bu jarayonning ijobiy va salbiy tomonlarini muvozanatlash zarur. Iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun davlatning byudjet siyosatini ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish muhimdir. Raqamli soliq boshqaruvi va uning ahamiyati. Raqamli soliq boshqaruvi sohasida amalga oshirilayotgan innovatsiyalar soliq to'lovchilar va davlat organlari o'rtasidagi munosabatlarni sezilarli darajada o'zgartirmoqda. Quyidagi asosiy jihatlar raqamli soliq boshqaruvining muhim komponentlaridir: Soliq mobil ilovasi :Soliq mobil ilovasi orqali fuqarolar va tadbirkorlar soliqlarni to'lash, hisobotlarni topshirish va soliq tarixlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladilar.Ushbu ilova yordamida soliq
Доказательный фрагмент
«O'zbekiston Respublikasida soliq siyosatini isloh qilish, soliq to'lovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, daromadlarini oshirish orqali amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюO'zbekiston Respublikasida soliq siyosatini isloh qilish, soliq to'lovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, daromadlarini oshirish orqali amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transparan, Kalit so`zlar: digitalizatsiya, komponent, e-soliq, raqamli texnologiya., soliq stavkasi, komunikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025