Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LANGAR OTA ZIYORATGOHI: QAMASHI TUMANIDAGI TARIXIY- MADANIY MEROS
MADANIY MEROS · Sobirov Firdavs Anvar o‘g‘li
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan Langar ota maqbarasi va ziyoratgohi tarixiy, diniy va madaniy jihatdan o‘rganiladi. Ziyoratgohning me’moriy xususiyatlari, diniy ahamiyati, Katta Langar Qur’onining ahamiyati hamda tasavvufiy maktabdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada Chiroqchi tumanidagi Langar ota ziyoratgohi bilan qisqacha solishtirish ham keltirilib, ularning o‘zaro farqlari va umumiy jihatlari yoritiladi. Kalit so‘zlar:Langar ota, Qamashi tumani, Katta Langar Qur’oni, maqbara, tasavvuf, me’morchilik, madaniy meros, Chiroqchi tumani. Annotation. This article examines the historical, religious, and cultural significance of the Langar Ota shrine and mausoleum located in the Qamashi district of Qashqadaryo. The study includes architectural features, spiritual value, the importance of the Katta Langar Quran manuscript, and its role in the Sufi tradition. A brief comparison with the Langar Ota shrine in Chiroqchi is also presented. Keywords.: Langar Ota, Qamashi district, Katta Langar Quran, mausoleum, Sufism, architecture, cultural heritage, Chiroqchi district. O‘zbekiston hududida joylashgan muqaddas ziyoratgohlar xalqimiz tarixida, ma’naviy hayotida va madaniyatida muhim o‘rin egallaydi. Bu joylar avlodlar xotirasida chuqur iz qoldirgan, ular orqali diniy e’tiqodlar, milliy qadriyatlar va tarixiy ong shakllanib kelgan. O‘zbekistonning qadimiy ziyoratgohlari orasida "Langar" nomi bilan tanilgan bir necha muqaddas maskanlar mavjud. Ulardan eng mashhurlari Qamashi va Chiroqchi tumanlarida joylashgan. Ular tarixiy jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lsa-da, har birining o‘ziga xos diniy, me’moriy va madaniy o‘rni mavjud. Ularning paydo bo‘lishi, xalq orasidagi mavqei, me’moriy tuzilmasi va zamonaviy holati o‘ziga xos tadqiqot obyektidir. Langar ota maqbarasi Qamashi tumanining Ko‘kbuloq mahallasida, Katta Langar qishlog‘ida joylashgan. XV asrda bunyod etilgan ushbu ziyoratgoh Shayx Abulhasan Ishqiy va uning nasl-nasabiga mansub shayxlar dafn etilgan muqaddas joy hisoblanadi va tarkibida Langarota masjidi ham bo’lib, maqbara masjiddan teparoqda qurilgan. Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasiga o'xshash ushbu maqbara pishiq https://scientific-jl.com 1 4 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali g'ishtdan qurilgan, eshik va derazalari jimjimador naqshlar bilan ziynatlangan. “Langar” atamasi mozor, karvonsaroy, ziyoratgoh degan ma’nolarni bildiradi. Ziyoratgoh hududi qadimda karvon yo‘llari ustida joylashgan bo‘lib, bu yerda nafaqat diniy, balki ijtimoiy-ma’naviy faoliyatlar ham olib borilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, ushbu hududda dastlabki diniy maktab XVI asrda Shayx Abulhasanning shogirdlari tomonidan tashkil etilgan. Maqbaraning shimoliy tomonida joylashgan mehmonxona va kutubxona binolari XIX asr oxirlarida mahalliy aholi mablag‘lari evaziga ta’mirlangan. Ziyoratgoh atrofi har yili Navro‘z va Ramazon hayitlarida keng ko‘lamli diniy-ma’naviy tadbirlarga mezbonlik qiladi. Ushbu tadbirlar davomida Qur’on tilovati, tasavvufiy seminarlar va xalq o‘yinlari uyushtiriladi. Langar ota maqbarasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yildagi qarori asosida “Madaniy meros ob’ekti” sifatida ro‘yxatga olingan. Ziyoratgohda hozirda mahalliy imom domlalar boshchiligida haftalik diniy suhbatlar, tarixiy-ma’naviy ekskursiyalar o‘tkaziladi. Mahalliy xalq orasida Shayx Abulhasan haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Jumladan, tuya uchinchi bor cho‘kkan joyga masjid qurish vasiyati, duolarning ijobat bo‘lishi, va Katta Langar Qur’onining mo‘jizaviy ta’siri haqida ko‘plab og‘zaki hikoyalar tarqalgan. Mahalliy xalq orasida Shayx Abulhasan haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Jumladan, tuya uchinchi bor cho‘kkan joyga masjid qurish vasiyati, duolarning ijobat bo‘lishi, va Katta Langar Qur’onining mo‘jizaviy ta’siri haqida ko‘plab og‘zaki hikoyalar tarqalgan. Rivoyatlardan birida aytilishicha, Shayx Abulhasan o‘zining oxirgi safaridan qaytayotganda, karvon yo‘li bo‘ylab yurib, aynan Langar hududida tushgan ilhom bilan yerga sajda qilgan. Bu sajda qilgan joy keyinchalik maqbara qurilgan hududga aylangan. Yana bir mashhur rivoyatga ko‘ra, Shayx duolar qilgan paytda osmondan nur yog‘ilgan va shu nur qabr ustida uzoq vaqt saqlanib turgan. Bu holatni ko‘rgan odamlar ziyoratgohni mo‘jizakor deb bilib, har yili muayyan kunlarda shu joyga yig‘ilib kelgan. Ayrim mahalliylar tilida saqlanib qolgan yana bir hikoyada, ziyoratgoh yaqinidagi daraxtlar shifobaxsh ekani va Shayx duo qilganida ular barg chiqarib, qurg‘oqchilikni bartaraf etgani haqida so‘zlanadi. Hozirgi kunda ham ayrim odamlar bu yerga kelib, o‘z tilaklarini aytib, atrofidagi tuproqqa yuzlarini tekkizib, shafoat tilashadi. Shuningdek, kechasi tushida Shayx Abulhasanni ko‘rganlar bu ziyoratgohga borishni qarz deb hisoblashadi. Rivoyatlarda Shayxning kitoblarini suvga tashlab, ular quruqlikda buzilmay qolganligi ham eslab o‘tiladi. Ushbu rivoyatlar zamirida mahalliy xalqning
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan Langar ota maqbarasi va ziyoratgohi tarixiy, diniy va madaniy jihatdan o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan Langar ota maqbarasi va ziyoratgohi tarixiy, diniy va madaniy jihatdan o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Langar Ota, Qamashi district, Katta Langar Quran, mausoleum, Chiroqchi tumani., tasavvuf, Kalit so‘zlar:Langar ota, maqbara, Qamashi tumani, Katta Langar Qur’oni, me’morchilik, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025