Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIKADA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI
Zamonova Farangiz Qo’ldosh qizi · Matkarimova Jamila Durdiyevna
Исследователь · 2026
Аннотация
This work highlights the causes of deviant behavior in the pedagogical process, the factors influencing its formation, and ways to prevent it. The topic is analyzed based on modern pedagogical and sociological approaches, and the role and influence of deviance in society are analyzed through the sociological theories of Anthony Giddens. The importance of the interaction of school, family, and social environment is also substantiated. The main goal of the work is the early identification, analysis of negative types of behavior encountered among young people, and demonstration of ways to turn them in the positive direction through educational work. Kalit so’zlar: Ijtimoiylashuv, axloqiy me’yorlar, deviant xatti-harakatlar, psixologik muammolari, oilaviy muhit, o‘smirlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik, jinoiy faoliyat, “Jinoyat va jazo”, madaniy va institutsional omillar. Ключевые слова: Социализация, моральные нормы, девиантное поведение, психологические проблемы, семейная среда, правонарушения среди https://scientific-jl.com 2 5 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali подростков, преступная деятельность, "Преступление и наказание," культурные и институциональные факторы. Keywords: Socialization, moral norms, deviant behavior, psychological problems, family environment, juvenile delinquency, criminal activity, "Crime and Punishment," cultural and institutional factors. Bugungi davrda ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki shaxs kamolotini shakllantirish, uning ijtimoiylashuvi hamda psixologik barqarorligini ta’minlash vazifasini ham bajaradi. Ushbu jarayonda o‘quvchilarning xulq-atvori, ularning ijtimoiy muhitga moslashuvi, axloqiy me’yorlarga amal qilishi muhim o‘rin tutadi. Afsuski, so‘nggi yillarda yoshlar orasida deviant xatti-harakatlar – ya’ni jamiyat tomonidan qabul qilingan qoidalarga zid bo‘lgan xulq-atvor shakllari ko‘payib bormoqda. Shunday holatlar maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta maktablar, kasb-hunar maktablari va hatto oliy ta’lim muassasalarida ham kuzatilib kelinmoqda. Pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri bu – shaxs tarbiyasi va rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘lib, bu borada deviant xulq-atvorning sabablarini aniqlash, uni oldini olish hamda tuzatish choralari muhim ahamiyatga ega. Mazkur mavzuni o‘rganish dolzarbligi aynan shu jihatlar bilan belgilanadi: bugungi kunda esa bolalar va o‘smirlarning psixologik muammolari, oilaviy muhit, axborot vositalarining ta’siri, tengdoshlar bilan muloqot kabi omillar deviant xulq-atvorga sabab bo‘lishi ham mumkin. Shu boisdan, pedagogikada bu muammoni chuqur o‘rganish, unga qarshi samarali strategiyalar ishlab chiqish dolzarb ilmiy va amaliy masalalardan biri hisoblanadi. Har qanday jamiyatda doimiy e’tiborga muhtoj odamlar mavjud. Bular o‘z navbatda jismoniy, ruhiy hamda ijtimoiy rivojlantirishida chetga chiqishi, og‘ishi bor bo‘lgan odamlar hisoblanadi. Ular doim guruh bo‘lib ajralishga, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan bo’ladi. Bunday insonlarga nisbatan deviatsiya yoki deviant xulq-atvor so‘zlari ko’p ishlatiladi. Deviatsiya deb jamiyatda o ‘rnatilgan huquqiy, ijtimoiy, axloqiy qoida va me’yorlariga mos kelmaydigan xattiharakat va xulq-atvorlarga aytiladi. Odatda deviant xulq-atvor o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. O‘spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkab davr hisoblanadi. Uni yana o‘tish davri ham deb ataladi. Kattalar bu davrda bolalarga e’tiborli bo‘lishlari, o‘smirlarni tarbiyalash usullarini to‘g‘ri tanlash va ulardan foydalanishlari kerak bo’ladi. O‘smir psixologiyasi haqida ma’lumotga ega emaslik, oilada tarbiyaning noto‘g‘ri usuldan foydalanish, bola va ota-onalar o‘rtasida konfliktli holatlarni yuzaga kelishi natijada musobatlarga shikast yetadi. Oiladagi salbiy, beshafqat muhit ma’lum turdagi o‘smirlardagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni paydo bo ‘lishiga zamin yaratadi hamda ularda atrofdagilarga nisbatan qarama qarshi ruhda harakatlanib, tajavuzkorona buzuvchilar sifatini namoyon qilishadi. Bola baxtli, https://scientific-jl.com 2 6 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali mustahkam va sog‘lom oilada muloqot qilsa, u o‘ziga va atrof muhitga ishongan, atrofdagi madaniyat me’yorlarini adolatli qabul qiladigan, odobli shaxs sifatida shakllanib boradi. Bola o‘z kelajagiga ma’lum bir tarzda yo‘naltiriladi. O‘smirlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan yoshlarning ko‘piligi disfunksional oilalarda tarbiyalangan. Hozirgi kunda deviant xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: Jinoyatchilik. Biror davlatda o‘rtanilgan qonun va me’yorlarda nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabat jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. Narkomanlik va ichkilikbozlik. Narkotik moddalardan foydalanish va ichkilikbozlik deviant xulq- atvorning keng tarqalgan turlaridan biridir.
Доказательный фрагмент
«This work highlights the causes of deviant behavior in the pedagogical process, the factors influencing its formation, and ways to prevent it.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis work highlights the causes of deviant behavior in the pedagogical process, the factors influencing its formation, and ways to prevent it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Socialization, moral norms, deviant behavior, psychological, oilaviy muhit, psixologik muammolari, Kalit so’zlar: Ijtimoiylashuv, “Jinoyat va jazo”, axloqiy me’yorlar, o‘smirlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik, madaniy va institutsional omillar., deviant xatti-harakatlar, jinoiy faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025