К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU RAYHON BERUNIY ILMIY MEROSI

Murtozoeva Jayrona No'monjon qizi · Almurodova Hafiza Xasan qizi · Boshqaruv fakultetining II

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqola buyuk Sharq allomasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Beruniyning ilm-fanga qo‘shgan hissasi, uning tarbiya haqidagi qarashlari, metodologik yondashuvlari va zamonaviy fan taraqqiyotiga ta'siri yoritilgan. Xususan, uning astronomiya, matematika, geografiya, tibbiyot, farmatsiya, geologiya, tarix va madaniyat sohalariga oid ilmiy ishlari tahlil etilgan. Sharq allomalari orasida Beruniy ilmiy fikrning rivojlanishida qanday o‘ringa ega bo‘lgani ham yoritildi. Maqola ilmiy va tarbiyaviy jihatdan keng qamrovli tahlil asosida tayyorlangan bo‘lib, talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Abu Rayhon Beruniy, ilmiy meros, Sharq allomalari, tarbiya, metodologiya, astronomiya, tarix, madaniyat, ilm-fan rivoji Kirish: Insoniyat tarixida ilm-fanning taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan olimlar orasida Abu Rayhon Beruniy alohida o‘rin tutadi. U o‘zining keng qamrovli ilmiy ishlari, aniq metodologik tadqiqot usullari va chuqur ilmiy yondashuvi bilan nafaqat o‘z davrining, balki keyingi asrlarning ham ilmiy rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Beruniy o‘z faoliyati davomida astronomiya, matematika, geodeziya, farmakologiya, geologiya, tarix, etnografiya, tilshunoslik kabi ko‘plab sohalarda muhim asarlar yaratdi.Beruniy ilm-fan rivojiga yagona sohaga emas, balki ko‘plab tarmoqlarga birdaniga hissa qo‘shgan kam sonli allomalardandir. Ayniqsa, uning tajribaga asoslangan ilmiy tadqiqot usuli, aniq o‘lchovlarga asoslangan ilmiy farazlari, zamonaviy fan uchun ham dolzarbligini yo‘qotmagan.Sharq allomalari orasida Beruniyning o‘rni juda katta bo‘lib, uning "Al-Qonun al-Mas’udi", "Kitob al-Hind", "Mineralogiya haqida kitob" kabi asarlari nafaqat o‘z davrida, balki hozirgi kunda ham ilm-fan taraqqiyotida qimmatli manba sifatida baholanmoqda. Ayniqsa, uning inson tarbiyasi va bilishga bo‘lgan intilish haqidagi fikrlari, o‘rta asrlardagi tarbiyaviy qarashlarga yangi ruh bag‘ishladi.Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati va merosi, https://scientific-jl.com 9 6 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali u yaratgan ilmiy asarlar hozirgi kunda ham ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda. Ayniqsa, zamonaviy fan, texnika, falsafa va madaniyat sohalarida Beruniy merosi chuqur o‘rganilmoqda. Uning ilmga, haqiqat izlashga, mashaqqatli mehnat va tajribaga asoslangan qarashlari har bir zamon uchun ibrat manbai bo‘lib qolmoqda.Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy hayoti, ilmiy merosi, tarbiyaviy qarashlari va Sharq allomalari bilan ilmiy aloqalari batafsil yoritiladi. Asosiy qism: Abu Rayhon Beruniy: hayoti va ilmiy faoliyatining bosqichlari: Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yilda Xorazmning Kat shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan ilmga qiziqqan Beruniy o‘z davrining mashhur olimlari bilan muloqot qilgan va ulardan saboq olgan. U matematika, astronomiya, geografiya, farmakologiya, tarix, falsafa, geologiya kabi ko‘plab fan sohalarida yetuk bilim egallagan.Beruniy o‘z ilmiy faoliyatining dastlabki yillarida astronomik kuzatuvlar olib bordi. U o‘zining dastlabki tadqiqotlarini 17 yoshidayoq boshladi. Beruniyning ilmiy faoliyati Xorazmshohlar davlati, Gaznaviylar davlati va Hindiston hududida davom etdi. Xususan, u Hindistonda bo‘lgan yillarida mahalliy madaniyat va dinlarni chuqur o‘rgandi, bu esa uning "Hindiston" ("Kitob al-Hind") nomli mashhur asarini yaratishiga sabab bo‘ldi.U o‘z asarlarida aniq ilmiy metodologiyaga tayangan, tajriba va kuzatuv natijalariga tayanishni o‘z faoliyatining asosiy tamoyili sifatida belgilagan. Beruniy ilmiy natijalar va nazariyalarni ko‘r-ko‘rona qabul qilishni tan olmay, har bir ilmiy xulosani isbotlashga intilgan.Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining asosiy yo‘nalishlari .Astronomiya va matematika sohasidagi hissasi: Beruniy o‘z davrining yetakchi astronomi sifatida e’tirof etilgan. U Quyosh, Oy va yulduzlarning harakatini o‘rganib, astronomik kuzatuvlar uchun aniq usullar ishlab chiqqan. U yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofani o‘lchashga harakat qilgan va o‘z zamonasiga nisbatan ancha aniq natijalarga erishgan.Matematika sohasida esa Beruniy trigonometriyani mustaqil fan sifatida rivojlantirgan. Uning sinus va kosinus funksiyalari bo‘yicha bergan ta'riflari va formulalari hozirgi zamonaviy matematikada ham o‘z o‘rniga ega. Beruniy "sinus" va "kosinus" atamalarini aniq ifodalab, ularni ilmiy muomalaga kiritgan olimlardan biridir.Geografiya va geodeziya: Beruniy yer sharining shakli va o‘lchami haqida ilmiy asoslangan fikrlar bergan. U yerning sharsimonligini ilmiy dalillar bilan isbotlashga harakat qilgan va geografik uzunlik va kengliklarni aniqlash uchun aniq o‘lchov usullarini ishlab chiqqan.U yirik daryolar va tog‘ tizmalari haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plagan, dunyoning turli xalqlari va hududlari haqidagi geografik tasavvurni kengaytirgan.Beruniy dorivor o‘simliklar, mineral va hayvonot manbali dori vositalari haqida ham ilmiy asa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola buyuk Sharq allomasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola buyuk Sharq allomasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, metodologiya, Sharq allomalari, Kalit so‘zlar: Abu Rayhon Beruniy, tarix, ilmiy meros, ilm-fan rivoji, astronomiya, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники