Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUVLARNING SHO’RLANISHINI KAMAYTIRISH VA UNING OLDINI OLISH USULLARI VA TEXNOLOGIYASI
Durduqulov Fozil O‘tkirovich
Исследователь · 2026
Аннотация
Uzbekistan is facing a water shortage due to global climate change. The demand for water for the population of Central Asian countries is mainly met through transboundary rivers. According to research, currently, due to climate change and increasing global temperatures, the glacier reserves that supply water to the Amu Darya and Syrdarya rivers are expected to decrease by 15-20 percent. Keywords. Desalination, salinization, groundwater, cardiovascular, kidney diseases, Reverse osmosis, condensation, Аннотация. Дефицит воды в Узбекистане становится все более острой проблемой из-за глобального изменения климата. Потребности населения стран Центральной Азии в воде удовлетворяются в основном за счет трансграничных рек. Согласно исследованиям, в настоящее время ожидается, что из-за изменения климата и повышения глобальной температуры запасы ледников, обеспечивающих водой реки Амударья и Сырдарья, сократятся на 15–20 процентов. Ключевые слова. Опреснение, засоление, грунтовые воды, сердечно- сосудистые заболевания, заболевания почек, обратный осмос, конденсация, KIRISH. Suvlarning sho‘rlanishini kamaytirish va uning oldini olish usullari texnologiyasi. Suv resurslarining sifat jihatidan yomonlashuvi, xususan, sho‘rlanish jarayoni hozirgi kunda global ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Suvning sho‘rlanishi — bu suv tarkibida erigan tuzlar miqdorining ortib borishidir. Bu holat ekotizimlar, qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi sifatiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O‘zbekiston hududida bu muammo dolzarb bo‘lib, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suvlarning sho‘rlanishi yil sayin https://scientific-jl.com 1 0 9 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali kuchayib bormoqda. Suvlarning sho‘rlanishi tabiiy omillar (geologik qatlamlardan tuzlarning erib chiqishi) bilan bir qatorda, inson faoliyati, ayniqsa, noto‘g‘ri sug‘orish tizimlari, sanoat chiqindilari va drenaj tizimlarining yetarli darajada samarali ishlamasligi bilan bog‘liq. Ushbu maqolada suvlarning sho‘rlanish sabablarini tahlil qilamiz, uni kamaytirish va oldini olishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni ko‘rib chiqamiz va mavjud yechimlar samaradorligini baholaymiz. Suvlarning sho‘rlanish sabablari. Suv resurslarining sho‘rlanishi bir nechta omillar ta’sirida yuzaga keladi. Ushbu omillarni tabiiy va antropogen sabablarga ajratish mumkin. Tabiiy sharoitlarda suvlarning sho‘rlanishi quyidagi omillar hisobiga sodir bo‘ladi. Geologik qatlamlardan tuzlarning erishi. Tuproq ostida joylashgan mineral qatlamlardan erigan tuzlar yer osti suvlari orqali sirtga chiqadi. Bu holat ayniqsa tekislik hududlarida, sho‘rxok yerlar va cho‘l zonasiga yaqin joylarda ko‘p uchraydi. Kam yog‘in va bug‘lanish balandligi. Qurg‘oqchil iqlim sharoitida yog‘ingarchilik yetarli bo‘lmaydi, suv zaxirasi kam bo‘ladi, ammo bug‘lanish darajasi yuqori. Bu esa suvdagi tuzlarning kontsentratsiyasini oshiradi. Yomg‘irli davrda erigan tuzlarning yuzaga chiqishi. Ba’zida yomg‘ir suvlarining yer ostiga chuqur singmasligi va erigan tuzlarni sirtga olib chiqishi natijasida suvlar sho‘rlanadi. Inson faoliyati natijasida suvlarning sho‘rlanishiga sabab bo‘ladigan asosiy omillar quyidagilardir. Noto‘g‘ri sug‘orish tizimlari. Ko‘plab mintaqalarda sug‘orishda ochiq kanallar va ortiqcha suv ishlatiladi. Bu suv yer ostiga singib, erigan tuzlar bilan yana qayta sirtga chiqadi va sho‘rlanishni kuchaytiradi. Samarasiz drenaj tizimlari. Drenajlar sho‘rlangan suvlarni kerakli darajada chiqarib yubormasa, ular tuproqqa qayta singib, yer osti suvlarini sho‘rlantiradi. Sanoat chiqindilari. Kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari tomonidan chiqarilgan chiqindilar tarkibida ko‘p miqdorda tuzlar bo‘lib, ular daryolar va yer osti suvlarini ifloslantiradi. Qayta foydalanilayotgan suvlar. Qishloq xo‘jaligida foydalanilgan suvlarni qayta ishlamasdan foydalanish ham sho‘rlanishni kuchaytiradi, chunki bu suvlar allaqachon yuqori tuz miqdoriga ega bo‘ladi. Sho‘rlanish oqibatlari. Suvlarning sho‘rlanishi ekologik muhit, inson salomatligi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyida ushbu oqibatlar asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bayon qilinadi. Ekologik oqibatlar. Biologik xilma-xillikning kamayishi. Sho‘rlangan suvlar ko‘plab suv organizmlari, xususan, baliqlar, o‘simliklar va mikroorganizmlar hayoti uchun xavf tug‘diradi. Bu esa butun ekotizim muvozanatini buzadi. Yer osti suvlarining ifloslanishi. Sho‘rlanish jarayoni tuproq qatlamlaridan yer osti suvlariga o‘tadi, bu esa ichimlik suvi sifatini ham pasaytiradi. Tuproq degradatsiyasi. Sho‘rlangan suv bilan sug‘orish natijasida tuproq strukturasida o‘zgarishlar yuz beradi. Natijada tuproq unumdorligi kamayadi va cho‘llanish kuchayadi. Iqtisodiy oqibatlar. Qishloq xo‘jaligida hosildorlikning pasayishi. Sho‘rlangan suv va tuproq sharoitida ekinlar o‘sishi cheklanadi, ularning o‘zlashtira oladigan oziq moddalari kamayadi. Natijada hosil miqdori
Доказательный фрагмент
«Uzbekistan is facing a water shortage due to global climate change.»
Образец извлечения
Демо-превьюUzbekistan is facing a water shortage due to global climate change. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Desalination, salinization, groundwater, cardiovascular, kidney, buyrak kasalliklari, Kalit so’zlar. Desalatsiya, kondensatsiya, yer osti suvlari, sho‘rlanish, yurak-tomir, Obrat osmos
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025