Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI DAROMADLILIGIGA IJTIMOIY VA DEMOGRAFIK OMILLARNING TA’SIRINI BAHOLASH
Iminov Mansurbek Ilhomjon o‘g‘li
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklari daromadliligiga ijtimoiy va demografik omillarning ta’sirini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda aholining yoshi, jinsi, ta’lim darajasi, bandlik holati va urbanizatsiya kabi omillar banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, daromadlilik, ijtimoiy omillar, demografik omillar, O‘zbekiston, ekonometrik modellashtirish, urbanizatsiya, moliyaviy ko‘rsatkichlar, bank tizimi, statistik ma’lumotlar. Bank tizimi iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy va demografik omillarga sezgir bo‘lib, ushbu omillar banklarning daromadliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodiyotda aholining demografik tuzilishi va ijtimoiy holati banklarning faoliyatiga qanday ta’sir qilishi haqida keng qamrovli tadqiqotlar kam uchraydi. Ushbu maqola mazkur bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan bo‘lib, ijtimoiy va demografik omillarning tijorat banklari daromadliligiga ta’sirini baholashni maqsad qiladi. Tadqiqotning asosiy savollari quyidagicha: Qaysi demografik omillar banklar daromadliligiga ko‘proq ta’sir qiladi? Urbanizatsiya darajasi banklarning moliyaviy natijalariga qanday ta’sir ko‘rsatadi? So‘nggi yillarda dunyo miqyosida bank sektorida xizmatlar diversifikatsiyasi, raqamli transformatsiya va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvlar banklarning asosiy daromad manbalarini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu jarayonda ijtimoiy-demografik omillar ya’ni aholi yosh tarkibi, daromadlar darajasi, ta’lim saviyasi, bandlik, shaharlashuv va raqamli savodxonlik bank xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirishda muhim omil sifatida maydonga chiqmoqda. Shu sababli, ushbu tadqiqot mavzusi zamonaviy moliyaviy tizim va banklar strategiyasida dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Tijorat banklari faoliyatida daromad manbalarining shakllanishi bevosita mijozlarning ehtiyojlari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy xatti-harakatlari, moliyaviy savodxonligi va xizmatlarni qabul qilish qobiliyatiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, demografik omillar banklar uchun nafaqat xizmatlar segmentatsiyasi, balki marketing, risk boshqaruvi va xizmatlarni raqamlashtirish strategiyalarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aholining qarishi, migratsiya, ta’lim https://scientific-jl.com 1 3 0 61-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali darajasining o‘zgarishi va shaharlashuv demografik transformatsiyalarning asosiy yo‘nalishlaridir. Ushbu omillar moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘zgartirib, banklar daromadlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa aholi tarkibi doimiy yoshargan holda shakllanmoqda, bu esa bank xizmatlarini zamonaviylashtirish, ayniqsa raqamli xizmatlarga tayyorlik darajasini oshirishni taqozo etadi. Jahon miqyosida chakana bank mahsulotlari bozorining hajmi 2023-yilda 1 854,6 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 1 979,6 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda, o‘sish sur’ati esa yillik 6,7 foizni tashkil etmoqda. Bu esa global miqyosda bank xizmatlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi (Retail banking global market report 2024, 2025). O‘zbekistonda esa aholi sonining o‘sishi, urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi va raqamli texnologiyalarni keng joriy etilishi bank sektorida yangi ehtiyojlarni yuzaga keltirmoqda. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘i 30 yoshdan kichik bo‘lib, bu yosh guruhining bank xizmatlariga bo‘lgan raqamli ehtiyojlari sezilarli darajada ortib bormoqda (Statistika agentligi, 2024). Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, banklar demografik tarkibga asoslangan strategiyalar ishlab chiqish orqali o‘z daromadlarini ko‘paytirishga erishmoqda. Jumladan, rivojlangan Yevropa davlatlarida aholining qarib borayotgani sababli banklar yoshi kattaroq mijozlarga mo‘ljallangan maxsus xizmat turlarini ishlab chiqmoqda. Maykl Berleman (2023) tadqiqotida Yevropa bank tizimida aholining qarish tendensiyasining bank rentabelligiga ta’siri simulyatsiya modeli asosida baholangan. Unda aholining kamayishi mijozlar bazasini qisqartirgan bo‘lsa-da, yoshi katta mijozlarning barqaror jamg‘arma xatti-harakatlari va kredit intizomi hisobiga bank rentabelligi saqlanib qolayotgani aniqlangan. Shuningdek, Kapelush (2007) o‘z tadqiqotida jamg‘arma va kredit xatti- harakatlarini belgilovchi asosiy ijtimoiy-demografik omillar sifatida respondentlarning jinsi, yoshi, bolalarning mavjudligi va ta’lim darajasini ko‘rsatgan. Bu esa bank xizmatlarini ishlab chiqishda mijozlar demografik profillarini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. O‘zbekiston tijorat banklari uchun dolzarb bo‘lgan asosiy ijtimoiy- demografik omillar quyidagilardan iborat: - aholining yosh tarkibi va moliyaviy savodxonligi darajasi; - shaharlashuv darajasi va bank infratuzilmasining hududiy taqsimoti; - aholi daromadlari va bandlik darajasi; - raqamli texnologiyalarni j
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklari daromadliligiga ijtimoiy va demografik omillarning ta’sirini baholashga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklari daromadliligiga ijtimoiy va demografik omillarning ta’sirini baholashga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: tijorat banklari, demografik omillar, daromadlilik, moliyaviy ko‘rsatkichlar, ijtimoiy omillar, bank tizimi, ekonometrik modellashtirish, O‘zbekiston, urbanizatsiya, statistik ma’lumotlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025