К содержанию
РецензированоUZ2026

MUTOLAA MADANIYATI TUSHUNCHASI VA UNING SHAKLLANISHIDA ODATIY USLUBLARDAN FOYDALANISH

Nurmurodova Ozoda Zokirjon qizi

Исследователь · 30-42 · 2026

Аннотация

This article provides comparative information aimed at thoroughly explaining the concept of reading culture through various definitions and analyses. It also highlights the significance of reading culture in the lives of today’s youth, emphasizing the crucial role of family and school teachers in shaping this culture. In addition, a small project is presented as a potential solution to existing problems. Keywords: reading, book, reader, text, project, school, library. Bugungi kunda mutolaa madaniyati tushunchasi va uning jamiyatimizdagi o‘rni naqadar beqiyos ekanligi o‘z isbotini topmoqda. XXI asrdagi mutolaa resurslari va mutolaa jarayoni 17-, 18-, 19- asrlarga qaraganda juda ham katta tafovutga ega. Nimagaki, foydalanuvchilar oldingi davr kitobxonlariga qaraganda yangi asr avlodlari hamda qabul qilayotgan, eshitayotgan, ko‘rayotgan ma’lumotlarini turlicha analiz qiladi, o‘zlari uchun moslashtiradi va bu jarayonda ma’lum bir to‘siqlarga ham duch kelish ehtimoli yo‘q emas. XXI asrda mutolaa madaniyati ta’lim standartlariga erishish, kelajagimizni ta’minlash uchun kuchli qurol sifatida ishlatilishi kerak. Chunki mutolaa madaniyati tushunchasi shu qadar keng tushunchaki, uni tushunib yetishimiz uchun bizni chegaralab qo‘ygan oddiy badiiy adabiyotlarni o‘qish jarayoni tushunchasini yorib o‘ta olishimiz kerak. Mutolaa qilish bu ma’lumotlar oqimini to‘g‘ri boshqara olishdir. Odamlar qanchalar ko‘p o‘qish jarayonini boshdan kechirsa, ular shu qadar jamiyatdagi muommolarni anglay oladi va ularga yechim topish jarayonini tezlashtirib beradi. Mutolaa shunday jarayonki, siz uni ichiga kirib borganingiz sayin u sizni jamiyatning haqiqiy yuqori qatlamiga olib chiqib boraveradi. Bu borada davlatimiz raxbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev shunday deydi: “Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan https://scientific-jl.com 2 8 5 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz”. Aynan mana shunday jarayonda kutubxonalar doimiy ravishda mana shunday oddiy tushunchalarni jamiyatga yetkazib berish va singdirish uchun xizmat qiladi, lekin ular aynan yuqori mutolaa madaniyati ega bo‘lgan jamiyatni tarbiyalashda asosiy ma’suliyatni bo‘yniga ola olmaydi. Biz kutubxonalarni bilim menejerlariga qiyoslashimiz mumkin, ular ma’lumotlarni doimiy ravishda himoya qiladi va foydalanuvchi va ma’lumot o‘rtasidagi tashkilotchi vazifasini bajaradi hamda shu orqali kuchli salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shadi. Bu juda ham oddiy jarayon. Bundan tashqari, ko‘p kitob o‘qiydigan insonlar o‘zlarining mutaxassis bilimlari tufayli o‘z tengdoshlariga ko‘proq yetakchi sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyo tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, eng rivojlangan hududlarda asosiy sababchi sifatida ta’lim keltiriladi[1]. Kitob o‘qish har bir insonning boshqa koinotga bo‘lgan sehrli parvozidir. Siz kitob olib uni mutolaa qilish uchun hech qachon keksalik qilmaysiz, yoshlik qilmaysiz yoki yaxshi yoki yomon odamlar guruhiga ajratilmaysiz. Mutolaa nafaqat bolalar yoki juda aqlli odamlar uchun balki o‘qishni istagan har bir kishi uchundir. Mutolaa qilish uchun xohlagan kutunxonagizga yoki kitob do‘koniga borishingiz mumkin va siz faqatgina o‘zizga mos kitobni tanlashigiz kerak va shu qadar qudratli kuch sizning qo‘lingizda paydo bo‘ladiki, agar uni to‘g‘ri boshqara olsangiz sizga tuganmas imkoniyatlar eshigini ochib bera oladi. Aniq ko‘rinib turibdiki siz mutolaa jaroyonisiz hech bir sirli kuch orqali ma’lumotlar xazinasiga egalik qila olmaysiz va aslida ham aynan mana shunday jarayonda siz tog’ri mutolaa madaniyati jaroyoni bilan to‘qnashishingiz kerak bo‘ladi. Bularaga esa aslida biz bugungi kunda e’tiborsizlik qilish orqali yuzaga kelib qolayotgan ba’zi muommolarning oddiygina yechimi bo‘lgan mutolaa madaniyatini rivojlantirish strategiyasi, bolalarni hayotining juda erta davridanoq kitobxonlik bilan tanishtirish, ularning sinflarida kutubxonalar tashkil etish va bolalarga o‘qishni o‘rgatadigan o‘qituvchilarni tayyorlash orqali erishishimiz mumkin[2]. Mutolaa qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ldik, xo‘sh shu o‘rinda o‘qish va mutolaa so‘zlarining tag ma’nolari nimda ekan? O‘qish - bu bir qator yozma belgilarni ko‘rib chiqish va ulardan ma'no olish jarayoni va bu yozma matnni ko‘rib chiqadigan va yozma lingvistik xabardan ma’lumotlarni o‘zlashtira boshlangan aqliy jarayon. Mutolaa jarayoni kitobxon matn bilan o‘zaro aloqada o‘qishni tashkil qiladigan ijodiy jarayon sifatida ham qaraladi[3]. https://scientific-jl.com 2 8 6 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Bu kitobxon va matn o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonidir. Yana shunday tariflar k

Доказательный фрагмент

«This article provides comparative information aimed at thoroughly explaining the concept of reading culture through various definitions and analyses.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides comparative information aimed at thoroughly explaining the concept of reading culture through various definitions and analyses. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reading, book, reader, text, project, school, library, maktab, kitobxon, Kalit so‘zlar: mutolaa, kitob, loyiha, matn, kutubxona.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники