К содержанию
РецензированоUZ2026

NERV TO’QIMASI

NERV TO’QIMASI · To’xtasinov Ibrohimjon Bahodirjon o’g’li · Soatova Feruza Bahodirovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur ishda nerv tóqimasi organizmning axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash va javob reaktsiyalarini shakllantirishdagi asosiy roli o‘rganiladi. Nerv tóqimasining tarkibiy qismlari — neyronlar va neyroglial hujayralar tuzilishi va ularning o‘ziga xos funksiyalari batafsil tahlil etilgan. Neyronlar o‘rtasidagi sinaptik aloqalar va impulslarning elektroximik mexanizmlari ilmiy asosda bayon qilingan. Markaziy va periferik nerv tizimi tuzilishi va funksional o‘zaro aloqalari, shuningdek, nerv tóqimasining normal va patologik holatlari yoritilgan. Ishda nerv tóqimasining organizm hayotiy faoliyatini boshqarishdagi biologik va klinik ahamiyati alohida ta'kidlangan. Ushbu material talabalarga va mutaxassislarga nerv tizimi faoliyatini chuqur tushunishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zi: Nerv to’qimasi, neyronlar, neyroglial hujayralar, nerv impulsi, sinaps, akson, dendrit, markaziy nerv tizimi, periferik nerv tizimi, reflektor faoliyat, axborot uzatish, neyrotransmitterlar, elektr impulsi, elektroximik jarayonlar, mielin qobiq, sinaptik uzatish, neyrofiziologiya, hujayraviy aloqa, nerv patologiyalari, regeneratsiya jarayonlari. Kirish: Nerv tóqimasi – bu organizmda axborot qabul qilish, uni qayta ishlash va zarur javob reaksiyalarini shakllantirish uchun ixtisoslashgan tizimdir. Bu tóqima inson va hayvonlarning hayot faoliyati va tashqi-muhit bilan uzviy aloqasini ta'minlaydi. Uning murakkab tuzilishi va funksional xilma-xilligi organizmning moslashuvchanligi va rivojlanishini belgilab beradi. Asosiy qism: Nerv tóqimasi tarkibi va tuzilishi: Neyronlar — nerv tóqimasining asosiy va faoliyat ko'rsatuvchi hujayralari. Ular tanachasi (soma), dendritlar va aksondan tashkil topgan. Neyroglial hujayralar — neyronlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi va himoya qiluvchi yordamchi hujayralar. Neyroglialar impuls o'tkazmaydi, lekin neyronlarning optimal faoliyati uchun zarur sharoit yaratadi. Neyronlarning turlari va funksiyasi: https://scientific-jl.com 3 2 4 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Affektor (sensor) neyronlar — tashqi yoki ichki muhitdan axborot qabul qiladi. Effektor (motor) neyronlar — effektor organlarga (muskul, bez) signal yuboradi. Oraliq (assotsiativ) neyronlar — afferent va efferent neyronlar o‘rtasida axborot almashuvini ta'minlaydi. Nerv impulslarining hosil bo‘lishi va tarqalishi: Neyronlar membranasida ionlar harakati natijasida hosil bo‘lgan elektroximik jarayonlar asosida nerv impulslari vujudga keladi. Akson orqali impuls o'tishi va sinaps orqali keyingi hujayraga uzatilishi nerv tizimi ishining asosiy mexanizmini tashkil etadi. Sinapslar va ularning ahamiyati: Sinaps — bu neyronlar o‘rtasidagi maxsus aloqa nuqtasidir. Kimyoviy yoki elektr signallar orqali axborot uzatiladi. Neyrotransmitterlar (masalan, asetilxolin, dopamin) sinapslarda impulslarning uzatilishini ta'minlaydi. Nerv tóqimasi turlari: Markaziy nerv tóqimasi (miya va orqa miya) — asosiy axborotni qayta ishlovchi va boshqaruvchi markaz. Periferik nerv tóqimasi (nervlar va gangliyalar) — markaziy tizimni organizmning boshqa qismlari bilan bog‘laydi. Nerv tóqimasining biologik va klinik ahamiyati: Organizmning harakati, sezgisi, ongli faoliyati va muvozanati nerv tóqimasi orqali amalga oshadi. Nerv tóqimasi shikastlanganda, masalan, insult yoki nevrologik kasalliklar paydo bo‘lganda, organizm faoliyatida og‘ir buzilishlar yuzaga keladi. Keling endi, dunyo bo’yicha nevrologik kasalliklarni o’sib borishini ko’rib chiqamiz. Dunyo bo’yicha nerv tizimi kasalliklari (insult,Altsgeymer,Parkinson,mignen va boshqalar) 2021-yilda taxminan 11,1million o’lim holatlariga sabab bo’lgan.Bu kasalliklar global o’lim sabablari ichida ikkinchi o’rinda turadi. Asosiy nerv tizimi kasalliklari va ularning global o’limga ta’siri (2021) Kasallik turi O’lim holatlari Izohlar (taxminiy) Insult (Stroke) 6,5 million Eng ko’p o’limga olib keluvchi nerv tizimi https://scientific-jl.com 3 2 5 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Altsgeymer va 1,9 million Asosan keksalarda demensiyalar uchraydi,o’sish tendensiyasiga ega Parkinson kasalligi 329 ming 1990-yilda beri o’lim holatlari 100%dan ortiq oshgan Mignen Kamdan kam Biroq o’limga olib keladi ,nogironlikka olib keladi Epilepsiya 126 ming Asosan past va o’rta daromatli mamlakatlarda yuqori o’lim ko’rsatkichi Global holat 2021-yilda 3,4 milliard odam( ya’ni dunyo aholisining 43%) nerv tizimi kasalliklaridan aziyat chekkan yoki ularning oqibatida vafot etgan. Nerv tizimi kasalliklari nogironlikka olib keluvchi asosiy sabab bo’lib,global kasallik yukining eng katta qismini tashkil etadi. So’ggi 30 yil ichida bu kasalliklar bilan bog’liq o’lim holatlari 39%ga oshgan. Nerv tizimi kasalliklari bo’yicha o’lim holatlari (55-74 yoshdagi erkaklar,har million aholiga) Mamlakatlar 1989-yil 2014-yil O’sish (%) Findlandiya 657 1070 +63% AQSH 481 690 +43% Buyuk 579 629 +9% Britaniya Daniya 346

Доказательный фрагмент

«Mazkur ishda nerv tóqimasi organizmning axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash va javob reaktsiyalarini shakllantirishdagi asosiy roli o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ishda nerv tóqimasi organizmning axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash va javob reaktsiyalarini shakllantirishdagi asosiy roli o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mielin qobiq, hujayraviy aloqa, neyrofiziologiya, regeneratsiya jarayonlari., Kalit so’zi: Nerv to’qimasi, neyronlar, sinaptik uzatish, markaziy nerv tizimi, axborot uzatish, neyrotransmitterlar, neyroglial hujayralar, elektr impulsi, sinaps, akson, reflektor faoliyat, elektroximik jarayonlar, dendrit, nerv impulsi, nerv patologiyalari, periferik nerv tizimi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники