К содержанию
РецензированоUZ2026

DASTLABKI SUD MUHOKAMASI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Ermatova Shaxzoda Toir qizi (DASTLABKI SUD MUHOKAMASI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH)

Исследователь · 2026

Аннотация

mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoyat- protsessual qonunchiligida muhim institutlardan biri bo’lgan dastlabki sud muhokamasi institutining nazariy va amaliy asoslari tahlil etilgan. Sud- huquq tizimida islohotlarning chuqurlashuvi fonida ushbu institutning ahamiyati, huquqiy mohiyati, qo’llanilish amaliyoti va mavjud muammolari o’rganilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi (Rossiya, AQSH, Fransiya) asosida taqqoslama tahlil o’tkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirishga doir aniq takliflar berilgan. Kalit so’zlar: dastlabki sud muhokamasi, jinoyat- protsessual huquq, sud ishi, sudyalar vakolati, protsessual tenglik, aybsizlik prezumpsiyasi, sud islohoti, xalqaro tajriba, O’zbekiston qonunchiligi. Sud- huquq islohotlari jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, aybsizlik prezumpsiyasini amalda ta’minlash va sud adolatining samaradorligini oshirishda dastlabki sud muhokamasi instituti muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur bosqich sud ishini yuritishda aniqlashtiruvchi, yuritishni to’xtatuvchi, ayrim hollarda esa ishni yengillashtiruvchi protsessual ahamiyatga ega bo’lgan qarorlarni qabul qilish uchun xizmat qiladi.1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan sud- huquq sohasidagi islohotlar jarayonida sud muhokamasining dastlabki bosqichini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangani bejiz emas. Ushbu maqolada ana shu institutning huquqiy asoslari, amaliy muammolari va uni takomillashtirish bo’yicha takliflar tahlil qilinadi. Dastlabki sud muhokamasi institutining joriy etilishi zamonaviy huquqiy davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish va inson huquqlarini ishonchli himoya qilish tamoyillarining uzviy tarkibiy qismlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan sud-huquq islohotlari fuqarolarning sud orqali himoya huquqini to‘laqonli ta’minlash, jinoyat protsessi ishtirokchilari, ayniqsa ayblanuvchi va jabrlanuvchining manfaatlarini muvozanatlashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, dastlabki sud muhokamasi instituti nafaqat protsessual bosqich sifatida, balki aybsizlik prezumpsiyasi, ochiqlik, adolat va 1 https://parliament.gov.uz/articles/1554 https://scientific-jl.com 1 3 5 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali taraflarning tengligi kabi tamoyillarni ro‘yobga chiqaruvchi vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida dastlabki sud muhokamasi instituti belgilangan bo‘lsa-da, amaliyotda ba’zi hollarda sudlar bu bosqichni formal tarzda o‘tkazmoqda. Ayrim hollarda esa ish mazmunan ko‘rib chiqilmasdan sudlovga yuboriladi, bu esa aybdor tarafining ustunligini oshirib, protsessual tenglik tamoyiliga zid holatlarni yuzaga keltiradi. Mazkur institutni real ishlaydigan mexanizmga aylantirish uchun qonunchilikda uni yanada aniqroq tartibga solish, sudya vakolatlarini kengaytirish, taraflarning suddagi ishtirokini majburiy qilish, sud muhokamasiga tayyorgarlik reglamentini joriy etish lozim. Dastlabki sud muhokamasi jinoyat ishi bo‘yicha asosiy sud muhokamasiga tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, aynan shu yerda ishning sud muhokamasiga tayyor yoki tayyor emasligi, protsessual huquqbuzarliklarning mavjudligi, ayblovning asoslanganlik darajasi va ishni yuritish tartibi aniqlanadi. Shu bosqichda sudya ish bo‘yicha dastlabki huquqiy baho beradi. Qonunchilikda belgilanganidek, sud jinoyat ishini sudlovga qadar ko‘rib chiqish orqali ish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlaydi, ehtimoliy protsessual xatoliklarni bartaraf etish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 406- moddasida dastlabki sud muhokamasiga oid normalar belgilangan. Mazkur jarayonda sud ayblov xulosasining asoslanganligini, ish sud muhokamasiga tayyormi- yo’qligini va protsessual huquqiy tartiblarga rioya qilinganini baholaydi. Xalqaro tajribaga murojaat qilsak, dastlabki sud muhokamasi instituti Rossiya, Fransiya, AQSH kabi davlatlarda huquqiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, Rossiyada sud tayyorlov yig‘ilishi tarzida yuritiladi va unda ish sud muhokamasiga tayyormi yo‘qmi degan masala muhokama qilinadi. AQSHda “pretrial hearing” degan nom bilan yuritilib, bu bosqichda taraflar kelishuvga erishish imkoniga ega bo‘ladi, dalillarni istisno qilish yoki tasdiqlash, taraflar o‘rtasida bahsli masalalarni aniqlashtirish imkoniyati mavjud. Fransiyada esa sudya ushbu bosqichda ish bo‘yicha barcha dalillarni yig‘ib, keyingi sud muhokamasi bosqichiga tayyorlaydi. Bu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, dastlabki sud muhokamasi nafaqat ishni protsessual tayyorlash, balki sud adolatining ishonchliligini oshirishga xizmat qiluvchi institut sifatida e’tirof etiladi. Ilmiy adabiyotlarda bu institut “sud protsessining filtrlovchi bosqichi” sifatida baholanadi. Ya’ni, dalil va hujjatlar etarli bo‘lmagan, protsessual xatolarga boy yoki ayblovda aniqlik yetishmaydigan ishlar su

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoyat- protsessual qonunchiligida muhim institutlardan biri bo’lgan dastlabki sud muhokamasi institutining nazariy va amaliy asoslari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoyat- protsessual qonunchiligida muhim institutlardan biri bo’lgan dastlabki sud muhokamasi institutining nazariy va amaliy asoslari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O’zbekiston qonunchiligi., xalqaro tajriba, aybsizlik prezumpsiyasi, sud ishi, sudyalar vakolati, sud islohoti, protsessual tenglik, jinoyat- protsessual huquq, Kalit so’zlar: dastlabki sud muhokamasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники