К содержанию
РецензированоUZ2026

TO'QIMACHILK KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada to‘qimachilik korxonalarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, raqamli texnologiyalar, standartlashtirish tizimlari va sifat menejmenti vositalaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Mahsulot sifatini oshirishda ISO standartlari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xomashyo va tayyor mahsulotlarning xalqaro talablariga mosligini ta’minlash kabi jihatlar tahlil qilinadi. Maqolada sifat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: To‘qimachilik, sifat menejmenti, ISO standartlari, avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, raqobatbardoshlik, mahsulot sifati, standartlashtirish. KIRISH. To‘qimachilik sanoati bugungi global iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi, chunki u nafaqat iste’molchilar uchun zarur mahsulotlarni yetkazib beradi, balki millionlab ish o‘rinlarini ham yaratadi. Ammo ushbu sektorning rivojlanishi yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashga bog‘liq. Mahsulot sifati korxonaning bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashi, raqobatbardoshligini oshirishi va iste’molchilar ishonchini qozonishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, zamonaviy yondashuvlar orqali sifatni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy to‘qimachilik korxonalari mahsulot sifatini boshqarishda innovatsion texnologiyalar va xalqaro standartlarga asoslangan tizimlardan foydalanmoqda. Xususan, ISO 9001 sifat menejmenti tizimi, Lean Manufacturing, Six Sigma kabi yondashuvlar korxonalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, masalan, IoT (Internet of Things) va big data (katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish) mahsulot sifatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatini taqdim etmoqda. Shu bilan birga, ekologik barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish masalalari ham mahsulot sifatini boshqarish tizimining ajralmas qismiga aylangan. Bugungi kunda iste’molchilar faqat sifatli mahsulotlarni emas, balki ekologik toza https://scientific-jl.com 1 8 7 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali mahsulotlarni ham talab qilmoqda. Bu esa korxonalardan mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarni oqilona ishlatish va chiqindilarni kamaytirishni talab qiladi. Mazkur maqola to‘qimachilik korxonalarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini tahlil qilish, ularning afzalliklarini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi — mahsulot sifatini oshirish orqali to‘qimachilik sanoatining samaradorligini va xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ta’minlashdir. Shu bilan birga, maqolada sifat boshqaruvi tizimlarining amaliy natijalari va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari ham muhokama qilinadi. To‘qimachilik korxonalarining barqaror rivojlanishi va muvaffaqiyati mahsulot sifatiga bevosita bog‘liq ekan, ushbu mavzu o‘z dolzarbligini saqlab qoladi va ko‘plab tadqiqotlarni talab qiladi. MATERIAL VA USULLAR. Tаshkilоtdа аmаlgа оshirilаdigаn vа sifаt mеnеjmеnti tizimigа kiritilgаn hаr bir jаrаyon umumlаshtirilgаn ko’rinishdа tаqdim qilinishi kеrаk. Tаshkilоtdа ro’y bеrаdigаn hаr bir jаrаyon uchun, jаrаyonni zаrur nаtijаsi (kirishi) ni tа’minlаsh uchun jаrаyonni bоshqаrish mеzоn vа usullаri bеlgilаnishi kеrаk. Hаr bir jаrаyonni аmаlgа оshirish uchun zаrur rеsurslаrgа (хоdimlаr, qurilmа, mаtеriаllаr vа jаrаyonni bаjаrish usullаri vа х.k.) ehtiyojlаrni аniqlаsh kеrаk. Tаshkilоtdаgi jаrаyonlаrni hаr biri nаzоrаt оstidа (jаrаyon mоnitоringi) аmаlgа оshirilishi kеrаk. Jаrаyonni chiqish mа’lumоtlаrini o’lchаsh vа ulаrni bu jаrаyon uchun rеjаlаshtirilgаn tаlаblаrgа muvоfiqligini bаhоlаsh kеrаk. Аmаlgа оshirаyotgаn hаr qаndаy jаrаyon – bu kirish mа’lumоtlаrini muvоfiq rаvishdа chiqishlаrgа o’zgаrtiruvchi fаоliyat hisoblanadi. Rеsurslаr bilаn o’zаrо аlоqаdоrligi mаjmuini mujassamlashtirgan holda jаrаyonning umumiy mоdеli ishlab chiqildi va u sхеmа ko’rinishidа shakllantirildi (1-rasm). https://scientific-jl.com 1 8 8 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Ishlab chiqarish (tehnologik jarayon): - Usullar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada to‘qimachilik korxonalarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, raqamli texnologiyalar, standartlashtirish tizimlari va sifat menejmenti vositalaridan foydalanish masala…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada to‘qimachilik korxonalarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, raqamli texnologiyalar, standartlashtirish tizimlari va sifat menejmenti vositalaridan foydalanish masala… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: To‘qimachilik, raqamli texnologiyalar, standartlashtirish., avtomatlashtirish, ISO standartlari, mahsulot sifati, raqobatbardoshlik, sifat menejmenti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники