К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’MINOT ZANJIRINI BOSHQARISHDA ERP TIZIMIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI.

FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. · Nusratullayeva Shoxsanam Sunnatillo qizi

Исследователь · 15 · 74–88 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ta’minot zanjirini boshqarish (SCM) jarayonlarida ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Ta’minot zanjiri ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, tashuvchilar, omborlar, chakana va ulgurji sotuvchilar, hamda mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Bu zanjirni samarali boshqarish korxonadan yuqori darajadagi muvofiqlashtirishni talab etadi. ERP tizimlari ushbu muvofiqlashtirishni real vaqt rejimida amalga oshirishga yordam beradi. Maqolada mahsulot, axborot va moliyaviy oqimlar asosida ta’minot zanjirining tuzilishi tahlil qilingan. ERP tizimlarining ushbu oqimlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniq misollar orqali yoritilgan. Shuningdek, maqolada mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan ilg‘or yondashuvlar va Big Data texnologiyalarining ta’minot zanjiridagi roli ham ko‘rib chiqilgan. Maqola yakunida ERP tizimlarining korxonalarda raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati xulosa qilinadi. Ushbu ilmiy ish amaliyotchi mutaxassislar va iqtisodiyot sohasida tadqiqot olib borayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: ta’minot zanjiri, ERP tizimi, mahsulot oqimi, axborot oqimi, moliyaviy oqim, Big Data, raqamlashtirish, boshqaruv samaradorligi, logistika, korxona raqobatbardoshligi. Kirish. Bugungi tezkor va raqobatbardosh biznes muhitida ta’minot zanjirini samarali boshqarish har qanday tashkilot uchun muhim omil hisoblanadi. Ta’minot zanjiri deganda faqatgina mahsulotning bir bosqichdan ikkinchisiga harakati emas, balki butun jarayonni yagona tizimda muvofiqlashtirish tushuniladi. SCM (Supply Chain Management) — bu yakuniy mahsulot yoki xizmatni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan faoliyatlarni muvofiqlashtirishni anglatadi. Bu faoliyatlar xom ashyodan boshlanib, mahsulot yoki xizmatning yakuniy mijozga yetkazilishigacha bo‘lgan jarayonni qamrab oladi.1 Ushbu jarayonni samarali tashkil etishda ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlarining o‘rni beqiyosdir. ERP tizimlari biznesning turli 1 The World Bank. Supply Chain Management: An introduction and practical toolset for procurement practitioners. – First edition. – Washington, DC: The World Bank, 2023. – 138 p. – URL: https://thedocs.worldbank.org/en/doc/1c3b517f003b53a2e2e170e93124be84-0290032023/original/World-Bank-Supply- Chain-Management-Guidance.pdf – E-mail: pubrights@worldbank.org https://scientific-jl.com 1 9 6 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali jarayonlarini yagona axborot bazasida birlashtirib, real vaqt rejimida boshqaruv va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Shunday ekan, ERP tizimlarining ta’minot zanjirini boshqarishda qanday afzalliklari mavjud? Ular tashkilotning umumiy samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Mazkur maqolada ta’minot zanjirini boshqarishda ERP tizimlaridan foydalanishning afzalliklari hamda ularning umumiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Ta’minot zanjiri — bu mahsulot yoki xizmat iste’molchiga yetkazilguniga qadar bo‘ladigan barcha bosqichlarni o‘z ichiga olgan murakkab tizimdir. Ta’minot zanjiri ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, tashuvchilar, omborlar, ulgurji va chakana sotuvchilar, boshqa vositachilar va hattoki bevosita mijozlarning o‘zini ham o‘z ichiga oladi.2 Har bir ishtirokchi o‘z funksiyasiga ega bo‘lib, mahsulot harakatining uzluksiz va samarali kechishini ta’minlaydi. Shu jarayonlarda axborot almashinuvi, moliyaviy hisob-kitoblar, logistika va xizmat ko‘rsatish sifatining barqarorligi muhim o‘rin tutadi. Aynan shu nuqtalarda ERP tizimlarining ahamiyati yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlari ta’minot zanjiridagi barcha ishtirokchilarning faoliyatini yagona axborot maydonida birlashtirishga xizmat qiladi. Bu tizimlar yordamida mahsulot harakati, zaxiralar holati, buyurtmalar, moliyaviy hisob-kitoblar va yetkazib berish muddatlari kabi muhim jarayonlar bir vaqtning o‘zida nazorat qilinadi va boshqariladi. Natijada, inson omiliga bog‘liq xatoliklar kamayadi, tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyati oshadi va resurslardan samarali foydalanish ta’minlanadi. Masalan, ishlab chiqaruvchi zavod ERP tizimi orqali xom ashyo zaxirasi kamayganini real vaqt rejimida ko‘rib, avtomatik ravishda yetkazib beruvchiga buyurtma beradi. Yetkazib beruvchi esa shu tizim orqali buyurtmani qabul qiladi, mahsulot jo‘natiladi va transport kompaniyasi ombor bilan bog‘lanib, mahsulot qabul qilinishini ta’minlaydi. Shu tarzda barcha ishtirokchilar yagona platformada ishlaydi, bu esa vaqt va xarajatlarni kamaytiradi. Bundan tashqari, ERP tizimlari orqali mijozlarning talablarini oldindan prognoz qilish, mahsulotni ishlab chiqarish rejasini optimallashtirish va bozor sharoitlariga tez moslashish imkoniyati yaratiladi. Bu esa tashkilotning raqobatbardoshligini oshiradi. ERP tizimlarining afzalliklaridan biri. ta’minot zanjirida mavjud bo‘lgan asosiy oqimlarni birgalikda boshqarishidir. Ta’minot zanjirini boshqarish uchta asosiy oqimga b

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ta’minot zanjirini boshqarish (SCM) jarayonlarida ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ta’minot zanjirini boshqarish (SCM) jarayonlarida ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ERP tizimi, raqamlashtirish, axborot oqimi, logistika, Kalit so‘zlar: ta’minot zanjiri, mahsulot oqimi, korxona raqobatbardoshligi., boshqaruv samaradorligi, Big Data, moliyaviy oqim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники