К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’MINOT ZANJIRLARIDA ZAXIRALARINI BOSHQARISH

Ziyodullayeva Sitora Faxriddin qizi

Исследователь · 15 · 74–88 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida zaxiralarni boshqarish masalasi har tomonlama yoritilgan. Avvalo, ta’minot zanjiri tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va asosiy vazifalari bayon etilgan. So‘ngra zaxira tushunchasining mohiyati, uning inglizcha atamasi va amaliyotdagi o‘rni izohlanadi. Zaxiralar turlari, ularning ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonidagi funksiyalari tahlil qilinib, har bir tur o‘ziga xos vazifalarni bajarishi ta’kidlanadi. Maqolada, shuningdek, ta’minot zanjirlarida mahsulot yoki xizmatlarni turli shakllarda – sotish, ijaraga berish, almashtirish yoki boshqa usullar bilan iste’molchiga yetkazishdagi strategiyalar ko‘rib chiqilgan. Bu strategiyalar doirasida zaxiralarning samarali boshqarilishi tashkilotlarning bozor talablariga moslashishida, xarajatlarni kamaytirishda va raqobatbardoshligini oshirishda qanday ahamiyat kasb etishi ochib beriladi. Bundan tashqari, maqolada nazariy qarashlar bilan birga amaliy tavsiyalar ham berilib, zaxira boshqaruvida axborot texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy yondashuvlar asosida rejalashtirish va optimal zaxira miqdorini belgilashga doir takliflar ilgari suriladi. Maqola ta’minot zanjiri va logistika sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan talaba va mutaxassislar uchun foydali nazariy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: ta’minot zanjiri, zaxira boshqaruvi, zaxira turlari, strategik rejalashtirish, funksional ta’minot, samaradorlik, moslashuvchanlik, innovatsion model, logistika, ishlab chiqarish jarayoni. Kirish. Bugungi global iqtisodiyotda korxonalar o‘rtasidagi raqobat nafaqat yakuniy mahsulot sifati, balki mahsulotni o‘z vaqtida va samarali yetkazib berish qobiliyati orqali ham belgilanmoqda. Shu jihatdan ta’minot zanjiri muhim rol o‘ynaydi. Ta’minot zanjiri — bu mahsulot yoki xizmatning dastlabki xom-ashyo shaklidan tortib to iste’molchigacha yetib borishigacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, optimallashtirish va samarali boshqarish esa “Ta’minot zanjirini boshqarish” (Supply Chain Management – SCM) nomi bilan tanilgan ilmiy-amaliy yo‘nalishga asos soldi. SCM sohasi ilk bor 1980-yillarda nazariy tushuncha sifatida shakllangan bo‘lib, hozirga kelib turli xil sanoat tarmoqlarida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Zamon https://scientific-jl.com 2 0 2 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bilan hamnafas ravishda, SCM doirasida qo‘llanilayotgan metod va texnologiyalar ham takomillashmoqda. Ayniqsa, zamonaviy biznes sharoitida zaxiralarni to‘g‘ri boshqarish korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim omil hisoblanadi.1 Zaxiralar – bu ishlab chiqarish, sotuv va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlovchi vositalardir. Ular noto‘g‘ri boshqarilgan taqdirda katta moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, zaxiralarni boshqarish tizimi SCM ning ajralmas komponenti hisoblanadi. U optimal miqdordagi zaxirani saqlash, ortiqcha yoki kamchilik holatlarining oldini olish, xarajatlarni kamaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida zaxiralarni boshqarishning nazariy asoslari, amaliy usullari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holatlari hamda bu boradagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqsad – o‘zbek iqtisodiyotidagi korxonalar uchun foydali bo‘lgan ilmiy xulosalar chiqarish va samarali boshqaruv mexanizmlarini taklif etishdir. ✔ Zaxira turlari va ularning funksiyalari. Ta’minot zanjiri – bu o‘zaro bog‘langan ishtirokchi kompaniyalar guruhi bo‘lib, ular o‘z manbasidan boshlab, tayyor mahsulot yoki xizmat holatiga kelguncha bo‘lgan jarayonda qiymat qo‘shadigan jarayonlarda ishtirok etadilar va ushbu mahsulot yoki xizmatlar belgilangan yakuniy iste’molchilarga yetkaziladi.2 Ta’minot zanjirida zaxiralar muhim o‘rin tutadi, chunki ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlab beradi. Zaxiralar turli xil shakllarda bo‘lishi mumkin va ular har xil funksiyalarni bajaradi. Quyida asosiy zaxira turlari va ularning vazifalari ko‘rib chiqiladi: Xom-ashyo  ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan asosiy 1. zaxiralari materiallar zaxirasi bo‘lib, ular ishlab chiqarishning boshlanishi uchun tayyor holda saqlanadi. Yarim tayyor  ishlab chiqarishning muayyan bosqichidan o‘tgan, 2. mahsulot ammo hali yakuniy mahsulotga aylantirilmagan zaxiralari materiallar. Bu zaxira turi ishlab chiqarish bosqichlari orasidagi muvozanatni ta’minlaydi.  iste’molchiga yetkazib berishga tayyor bo‘lgan 3. mahsulotlar. Ular mijozga xizmat ko‘rsatish 1 Felea M., Albastroiu Nastase I. Defining the Concept of Supply Chain Management and its Relevance to Romanian Academics and Practitioners // Amfiteatru Economic. – 2013. – Vol. 15, No. 33. – P. 74–88. – URL: https://www.researchgate.net/publication/283141883_Defining_the_Concept_of_Supply_Chain_Management_and_its_Relevance_to _Romanian_

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida zaxiralarni boshqarish masalasi har tomonlama yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida zaxiralarni boshqarish masalasi har tomonlama yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moslashuvchanlik, strategik rejalashtirish, Kalit so’zlar: ta’minot zanjiri, funksional ta’minot, samaradorlik, zaxira turlari, zaxira boshqaruvi, innovatsion model, ishlab chiqarish jarayoni., logistika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники