К содержанию
РецензированоUZ2026

GERMANIYANING TA’MINOT ZANJIRLARINI BOSHQARISH TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI · Bahodirov Jahongirmirzo Bahriddin oʻgʻli

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Germaniyaning ta’minot zanjirlarini boshqarish tajribasi tahlil qilinadi. Germaniyaning yuqori samaradorlikka ega logistika tizimlari, innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda qo‘llanilayotgan ilg‘or amaliyotlari ko‘rib chiqiladi. SCOR modeli va uning Germaniya sanoatidagi qo‘llanilishi hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni muhokama qilinadi. Germaniya kompaniyalarining ta’minot zanjirlarini boshqarishdagi muvaffaqiyatlari, ularning global bozorlar uchun raqobatbardoshligini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati batafsil bayon etiladi. Maqola, Germaniya ta’minot zanjirlarining boshqarilishidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish orqali boshqa mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Germaniya, ta’minot zanjiri, logistika, SCOR modeli, ekologik barqarorlik, samaradorlik, ishlab chiqarish, texnologiyalar, innovatsiyalar, raqobatbardoshlik, global bozorlar, sanoat, ta’minot zanjirini boshqarish. Ta’minot zanjiri boshqaruvi — bu yakuniy mahsulot yoki xizmatni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan faoliyatlarni boshqarishni anglatadi. Ushbu faoliyatlar xom ashyodan boshlab, mahsulot yoki xizmatning mijozga yetkazilishigacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.1 Bugungi kunda bu soha iqtisodiyotning turli tarmoqlarida raqobatbardoshlikni oshirishda va samaradorlikni ta’minlashda muhim rol oʻynamoqda. Germaniya ta’minot zanjirlarini boshqarish sohasida oʻzining innovatsion yondashuvlari va texnologik taraqqiyoti bilan dunyo miqyosida yetakchi davlatlardan biridir. Jahon Bankining Logistika samaradorligi indeksi hisobotida Germaniya logistika ko‘rsatkichlari bo‘yicha doimiy ravishda yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgani qayd etilgan. 2022-yilda Germaniya Logistika samaradorligi indeksi bo‘yicha 4.2 ball to‘plagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 2.5 ballni tashkil etgan. Hisobotda 1 The World Bank. Supply Chain Management: An introduction and practical toolset for procurement practitioners. – First edition. – Washington, DC: The World Bank, 2023. – 138 p. – URL: https://thedocs.worldbank.org/en/doc/1c3b517f003b53a2e2e170e93124be84-0290032023/original/World-Bank-Supply- Chain-Management-Guidance.pdf – E-mail: pubrights@worldbank.org https://scientific-jl.com 2 1 4 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Germaniyaning transport infratuzilmasi, bojxona jarayonlari va xalqaro yetkazib berish tizimlarining mukammalligi alohida ta’kidlangan.2 Bu koʻrsatkichlar Germaniya ta’minot zanjirlarining samarali boshqarilishi va butun iqtisodiyotdagi muhim oʻrnini koʻrsatadi. Ushbu maqolada Germaniyaning ta’minot zanjirlarini boshqarishdagi tajribasi va uning boshqa davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston uchun qanday foydali boʻlishi mumkinligi tahlil qilinadi. Germaniyaning ilgʻor tajribalaridan oʻrganish, nafaqat samaradorlikni oshirish, balki raqobatbardoshlikni mustahkamlash va logistik infratuzilmani yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. ✔ Germaniyaning ta’minot zanjirlarini boshqarish tizimi. Germaniya – Yevropaning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakat bo‘lib, uning ta’minot zanjiri boshqaruvi tizimi butun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va namuna sifatida qabul qilinadi. 2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya Jahon Iqtisodiy Forumining global raqobatbardoshlik indeksi bo‘yicha 6-o‘rinni egallagan. Bu, o‘z navbatida, uning ta’minot zanjiri boshqarish sohasidagi yuksak natijalari va samaradorligini ta’kidlaydi. Germaniyaning iqtisodiy kuchi avtomobilsozlik, sanoat ishlab chiqarish va logistika sohalaridagi rivojlanishiga asoslangan. Masalan, Germaniya avtomobil sanoati 2022-yilda global bozorning 18 % ini egallagan va yiliga 5 milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.3 Bu sohaning muvaffaqiyati Germaniyaning ta’minot zanjirlarida mukammallikni ta’minlashga qaratilgan aniq strategiyalarga asoslangan. Avtomobilsozlik sohasida ishlab chiqarish jarayonlari va logistika tizimlari o‘zaro moslashtirilgan bo‘lib, bu kompaniyalarga mahsulotlarni tez va samarali yetkazib berishga imkon beradi. Germaniyada ta’minot zanjirlarini boshqarish tizimining samaradorligi yuqori darajadagi transport infratuzilmasi, mukammal bojxona jarayonlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Germaniyaning ta’minot zanjirlarini boshqarish tizimi avtomobil sanoatidan tortib, boshqa sanoat tarmoqlarigacha bo‘lgan keng ko‘lamdagi sektorlarda yuqori samaradorlikni ta’minlab kelmoqda. Ushbu tizimlar faqatgina mahalliy bozor uchun emas, balki global miqyosda ham muvaffaqiyatli ishlaydi, bu esa Germaniyaning dunyo iqtisodiyotidagi o‘rnini mustahkamlaydi. Ta’minot zanjirlarining yuqori samaradorligi Germaniya kompaniyalariga raqobatbardosh bo‘lish, xarajatlarni kamaytirish va yuqori sifatli mahsulotlarni iste’molchilarga tez yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. 2 Sharipov K.A., Karimov N.G., Qurbonov S.I. (bosh muhar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Germaniyaning ta’minot zanjirlarini boshqarish tajribasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Germaniyaning ta’minot zanjirlarini boshqarish tajribasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Germaniya, global bozorlar, sanoat, ekologik barqarorlik, ta’minot zanjirini boshqarish., samaradorlik, raqobatbardoshlik, texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’minot zanjiri, logistika, ishlab chiqarish, SCOR modeli
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники